13
ham, kundalik hayotda har birimiz har kuni geografik atlaslar yoki
xaritalarga murojaat qilishga ehtiyoj sezmaymiz. Biroq, agar geoaxborot
texnologiyalari shunchaki, kompyuter xotirasiga joylashtirilgan oddiy
elektron xaritalardan ko‘ra, kengroq mazmun-mohiyatga egaligi haqida
fikr yuritilsa, u holda boshqacha tasavvur xosil bo‘ladi. SHu bilan
birgalikda, «
geografik axborotlar tizimi
, ya’ni
GAT - geoaxborotlar
tizimi
» tushunchasi odatdagi xaritalar bilan chambarchas aloqadorlikka
ega hisoblanadi. O‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, har qanday hoxlagan
geografik xarita er yuzasining modeli hisoblanadi va undan
foydalanuvchilarning tahlil ob’ekti sifatida o‘rin tutadi. Mutaxassis
qandaydir hodisa yoki ob’ektning xarita joylashish holati va uning yuzaga
kelishi qonuniyatlari, boshqa ko‘rsatkichlar bilan aloqadorligini baholash
uchun xarita bir marta ko‘z yugurtirishning o‘zi etarli holat hisoblanadi
(1.3.1-rasm).
Oddiy misol sifatida - xaritada bitta punktdan ikkinchisigacha
bo‘lgan oraliq masofani aniqlashni keltirib o‘tish mumkin. Nisbatan
murakkab tavsifga ega bo‘lgan masala sifatida esa - qiyshiq shakldagi
ob’ektlarning yuza maydonini aniqlashni ko‘rsatish mumkin. Eng
murakkab tavsifga ega bo‘lgan masala - bu turli xil mavzularga oid
xaritalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashdan tashkil topadi,
masalan - qor barsi (
Uncia uncia
) biologik turi popuyasiyasining ushbu
tur tarqalgan hudud relefi bilan bog‘liqligi yoki tuproq tarkibining ona
jinslar geologik tavsiflariga bog‘liqligini aniqlash masalasini misol
sifatida keltirib o‘tish mumkin. Bu kabi misollar ro‘yxatini uzoq davom
ettirish mumkin.
1.3.2-rasm. GAT tahlil jarayonida turli xil ob’ektlarning makonda
joylashish holati bilan bog‘liq masalalar ro‘yxati
Uyning tavsiflari (qavatlar soni
va boshq.) qanday?
h
Uy qaysi yer
uchastkasida
joylashgan?
Maktab, magazin va boshq.
Uydan
qancha masofa
uzoqligida
joylashgan
Metro
stansiasi uydan qanday
masofa uzoqligida joylashgan
Yaqin masofada joylashgan aeraport
sho’vqini ta’sir ko’rsatadimi
Uy qaerda joylashgan?
14
Ilmiy tadqiqot olib boruvchi, sanoat miqyosida ishlab chiqarish
bilan shug‘ullanuvchi yoki boshqaruv sohasida faoliyat yurituvchi kishilar
keng ko‘lamdagi axborotlarni qayta ishlash zaruriyati bilan doimiy
ravishda to‘qnash kelishlari qayd qilinadi, bu ma’lumotlar turli xil
ob’ektlarning makon bo‘ylab joylashish holati, ularning xossa-
xususiyatlari, tavsiflarining vaqtga bog‘liq transformatsiyalanishini
tavsiflashdan tashkil topadi. Yakuniy holatda, ko‘rish mumkin bo‘lgan,
ya’ni vizual manzara xosil qilinadi, butun vizualizatsiya jarayoni esa - bu
xaritalarni tuzib chiqish jarayonidan tashkil topadi.
Rus tilidagi mavjud adabiyot manbalarida qabul qilingan
zamonaviy tushunchalarga muvofiq, geografik axborotlar tizimi (GAT)
yoki (GIS -
geograficheskaya informatsionnaya sistema
; GIS -
geographic information system
) - bu hududiy rejalashtirish va boshqarish
masalalarini hal qilish uchun, ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta
ishlash, matematik modellashtirish va geografik nuqtai nazardan
integratsion tasavvurlarni xosil qilishni va atribut ma’lumotlar bilan
muvofiqlikni amalga oshirishni ta’minlovchi texnik, dasturiy va
axborotlarga oid vositalarning umumiy yig‘indisi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: