Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

Biz aerokosmik
 
faoliyat  uchun  alohida  davlat  agentligi  tashkil  etishimiz  kerak,  bu  bizni 
sohani rivojlantirishning barcha masalalarini murakkab tarzda hal qilishga 
imkon beradi ". 
Tuproqshunoslik  -  bu  fundamental  tavsifga  ega  bo‘lgan  fan  sohasi 
bo‘lib,  ushbu  fanning  joriy  rivojlanish  bosqichida  birinchi  o‘ringa 


 

matematik statistika, modellash, geoaxborot texnologiyalaridan (GAT) va 
ma’lumotlar  bazasidan  (MB)  foydalanish  masalalari  olib  chiqilishi  qayd 
qilinmoqda.  
Axborot kompyuter texnologiyalari tuproqshunos mutaxassislarning 
an’anaviy  tadqiqot  ishlarini  amalga  oshirishi  jarayoniga  tubdan  katta 
o‘zgartirishlar kiritilishiga olib keladi, jumladan kartografik materiallarni 
tuzib  chiqish  va  shuningdek,  ularni  tahlil  qilish  va  ulardan  foydalanish 
nuqtai  nazaridan  muhim  ahamiyatga  ega  hisoblanadi.  Ushbu  o‘rinda 
ma’lum  bir  hudud  haqidagi  asosiy  ma’lumotlar  manbai  sifatida  o‘rin 
tutuvchi  -  an’anaviy  qog‘oz  formatidagi  xaritalar  qo‘shimcha  va 
ikkilamchi darajada ahamiyatga ega bo‘lgan materiallarga aylanishi qayd 
qilinadi.  Hozirgi  vaqtda  xaritalar  bilan  birgalikda,  ma’lum  bir  hudud 
haqidagi asosiy axborotlar makon bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shaklidagi 
raqamli  formatda  saqlanishi  amalga  oshirilmoqda  va  bu  materiallarning 
yangi  yuqori  imkoniyatlarga  ega  bo‘lgan  yuksak  texnologiyalar 
yordamida  faol  holatda  saqlanishi  ta’minlanadi.  Masalan,  haqiqiy  vaqt 
lahzasi 
(
on-line

rejimida 
geografik 
ob’ektlarning 
joylashish 
koordinatalari  haqidagi    tegishli  ma’lumotlar  ushbu  ob’ektlarning 
joylashish holati, tanib olinishi va chegaralariga aniqlik kiritishni amalga 
oshiruvchi  kosmik  su’niy  yo‘ldosh  tizimlari  orqali  olinadi  va  bu 
ma’lumotlar yuqori darajada ruxsat etilish qiymatiga ega bo‘lgan kosmik 
tasvirlar materiallari orqali hamda yuqori darajada aniqlikka ega bo‘lgan 
lazer  nurlanishi  asosida  funksiya  bajaruvchi  texnologiyalar  va  boshqa 
zamonaviy  qurilmalar  yordamida  dala  sharoitida  amalga  oshiriluvchi 
o‘lchash  ishlari  asosida  tasdiqlanadi.  Davlat  chegaralarini  o‘z  ichiga 
oluvchi, katta hajmdagi, juda keng ko‘lamdagi makonni o‘z ichiga qamrab 
oluvchi raqamli formatga ega ma’lumotlar super-kompyuterlar xotirasida 
saqlanadi,  bu  raqamli  shakldagi  axborotlar  yuqori  uzatish  tezligiga  ega 
bo‘lgan kompyuter tarmoqlari bo‘ylab, turli xil hududlarda taqsimlangan 
tavsifda  faoliyat  olib  boruvchi,  geologik  ma’lumotlardan  hududiy 
rejalashtirish  va  boshqarish  kabi  muhim  ahamiyatga  ega  masalalarni  hal 
qilish  ustida  tadqiqotlar  olib  boruvchi  ko‘p  sondagi  foydalanuvchilarga 
etkazib beriladi.  
Ushbu taqdim etilayotgan o‘quv qo‘llanmasida geoaxborot tizimlari 
(GAT) haqidagi umumiy ma’lumotlar, ushbu sohaga oid asosiy atamalar 
va  tushunchalar  keltirilgan.  Shuningdek,  GAT  haqidagi  asosiy  qisqacha 
tavsiflar,  ma’lumotlarni  kiritish  va  raqamli  formatga  o‘tkazish,  bu 
jarayonlarning  afzalliklari  va  kamchiliklari  masalalari  muhokama 
qilingan. O‘quv qo‘llanmada amaliy tuproqshunoslik sohasida foydalanish 
mumkin  bo‘lgan  GAT  dasturiy  ta’minotiga  tegishli  dasturlar  haqida 


 

umumiy tasavvurlar bayon qilingan. Ushbu o‘quv qo‘llanmasida quyidagi 
keltirilgan Davlat miqyosidagi fundamental va amaliy loyihalarni bajarish 
davomida olingan materiallardan ham foydalanilgan: 

 
FM-4-065  raqamli  «Chotqol  tog’  tizmalarining  G‘arbiy 
tarmoqlarida  vertikal  mintaqalarda  tuproqlarning  kelib  chiqishining 
konseptual  jihatlari»  mavzusidagi  loyiha  (2007-2008  yillar  davomida 
bajarilgan); 

 
GNTP-7:  A-7-404  raqamli  «Er  resurslarini  muhofaza  qilish  va 
ulardan  oqilona  foydalanish  tizimini  takomillashtirish  maqsadida,  suv 
ta’sirida  yuzaga  keluvchi  eroziyani  aniqlash  va  baholashning  zamonaviy 
uslublari  va  texnologiyalarini  ishlab  chiqish»  mavzusidagi  loyiha  (2006-
2008 yillar davomida bajarilgan); 

 
KXFYO-5-003  raqali  «Arid  tog‘  mintaqasi  tuproqlari  xosil 
bo‘lishi    sharoitida  eroziyaga  uchragan  tuproqlarning  kelib  chiqishi, 
tarkibi,  xossalari  va  biologik  faolligining  hududiy  jihatdan  o‘ziga 
xosliklarini  aniqlash»  mavzusidagi  loyiha  (2012-2013  yillar  davomida 
bajarilgan) (2015-2016 yillar davomida bajarilgan); 

 
№KXF-5-042  raqamli  «Vertikal  va  gorizontal  mintaqalar 
bo‘yicha  tuproqlarning  degradatsiyaga  uchrash  jarayonlarini  aniqlash  va 
monitoring  qilishning  kompyuter  axborot  tizimlarini  ishlab  chiqish 
uslublarini  takomillashtirish»  mavzusidagi  loyiha  (2015-2016  yillar 
davomida bajarilgan). 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish