Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

Nazorat savollari: 
1
. Ma'lumotlar bazasini yaratishning asosiy vazifalari nimadan iborat? 
2. Ma'lumotlar bazasini yaratishning asosiy bosqichlari qanday? 
3. Ma'lumotlar bazasining kontseptual modeli nimani o'z ichiga oladi? 
4.  Kontseptual  modelni  mantiqiy  modelga  aylantirishda  qanday  fikrlar 
e'tiborga olinadi? 
5. ER-modeli nima? 
6. 
«mohiyat-aloqadorlik
 » modelining asosiy afzalliklari nimadan iborat? 
7. "Semantik model" tushunchasini tushuntiring. 
 
4.9.
 
SQL haqida umumiy ma’lumotlar 
 
SQL
 
[
ɛ
skju
ɛ
l
]

ingliz  tilida  -  «
structured  query  language
»  - 
«
so‘rovlarning strukturalanish tili
» degan ma’noni anglatadi) - bu tegishli 
ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimi  (MBBT)  orqali  boshqariluvchi, 
ihtiyoriy  relyasion  ma’lumotlar  bazasi  asosida  ma’lumotlarni  yaratish, 


 
84 
modifikatsiyalash  va  boshqarish  uchun  foydalaniluvchi  ketma-ketlik 
tartibiga ega bo‘lmagan, rasmiy dasturlar tili hisoblanadi.  
1970-yillarning  boshlariga  kelib, 
IBM
  kompaniyasining  ilmiy 
tadqiqot  laboratoriyalaridan  birida 
IBM  System  R
  deb  nomlangan 
relyasion  MBBT  tajriba  nusxasi  ishlab  chiqilgan,  keyinchalik  ushbu 
MBBT  yordamida  ma’lumotlarni  nisbatan  oddiy  tarzda  boshqarish 
imkonini beruvchi maxsus  
SEQUEL
 dasturlash tili yaratilgan. Qisqartma 
hisoblangan  -  SEQUEL  atamasi 
Structured  English  QUEry  Language
 - 
ya’ni,  «
so‘rovlarga  oid  strukturaga  solingan  ingliz  tili
»  degan  ma’noni 
anglatadi.  Keyinchalik    belgilangan  qoidalarga  asosan,  mavjud 
ma’lumotnoma 
tavsifidagi 
manbalarda 
[
https://ru.wikipedia.org/wiki/SQL-cite_note-3
 yazыk 
SEQUEL
] bu atama 
SQL
 shaklida ifodalangan.  
1986-yilda  birinchi  marta 
ANSI
 (
American  National  Standards 
Institute
)  tomonidan  SQL  standart  til  sifatida  qabul  qilingan  va  rasmiy 
shaklda  -  [,es  kju:'el] - 
es
-
kyu
-
el
  shaklida  ifodalangan.  SHunga 
qaramasdan, hatto ingliz tilida so‘zlashuvchi mutaxasislar tomonidan ham 
SQL  atamasi 
sikvel 
shaklida  o‘qilishi
  (
rus  tilida  ko‘pincha  holatlarda 

«
es-ku-el
» shaklida ifodalanadi) qayd qilinadi.  
Bunda  ushbu  ishlanmadan  maqsad  -  hatto  dasturlash  bo‘yicha 
maxsus  malakaga ega bo‘lmagan, har  qanday hoxlagan foydalanuvchilar 
uchun qo‘llash oson bo‘lgan, oddiy, ketma-ketlik tartibiga ega bo‘lmagan 
dasturlash  tilini  yaratishdan  tashkil  topgan.  Bu  yo‘nalishda  dasturi  tilini 
ishlab  chiqish  masalasi  bilan  asosan  -  Donald  CHemberlin  (
Donald  D. 
Chamberlin
)  va 
Rey  Boys
 (
Ray  Boyce
)  shug‘ullanishgan.  Shuningdek, 
optimizator qiymatini (
cost
-
based optimizer
) ishlab chiqish ishlari bilan - 
Pet  Selindjer
 (
Pat  Selinger
)  shug‘ullangan,  so‘rovlar  kompilyatori  ustida 
esa - 
Reymond Lori
 (
Raymond Lorie
) ish olib borgan.  
Qayd  qilish  kerakki,  SEQUEL  yuqorida  keltirilgan  maqsadda 
foydalaniluvchi  yagona  dasturlash  tili  hisoblanmaydi.  Jumladan,  Berkli 
nomidagi  Kaliforniya  universitetida  notijorat  yo‘nalishida 
Ingres
  MBBT 
ishlab  chiqilgan  (bu  dasturiy  til  hozirgi  vaqtda  keng  ommalashgan, 
notijorat  tavsifdagi  ishlab  chiqilgan 
PostgreSQL
  MBBT  turlari  uchun 
uzoq boshlang‘ich ajdodlardan biri hisoblanadi), 
Ingres
  MBBT  relyasion 
tavsifdagi ega bo‘lgan MBBT bo‘lib, biroq o‘zining xususiy 
QUEL
 tiliga 
ega  hisoblanadi,  lekin  bu  bu  dasturiy  maxsulot  SQL  dasturlash  tili  bilan 
solishtirilganda  mos  keluvchi  MBBT  son  miqdori  nuqtai  nazardan 
raqobatlashishga bardosh bera olmagan.  
Yangi  dasturlash  tilida  ishlay  oluvchi  dastlabki  MBBT  1979-yilda 
ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  1980-yillarning  boshlariga  kelib,  turli  xil  ishlab 


 
85 
chiqaruvchilar  tomonidan  bir  nechta  MBBT  variantlari  ishlab  chiqilgan 
bunda  ulardan  har  biri  o‘zining  xususiy  so‘rovlar  tiliga  egaligi  bilan 
tavsiflangan 
va 
shunday 
qilib, 
bitta 
MBBTdan 
boshqasiga 
ma’lumotlarning  o‘tkazilishini  kafolatlanishini  ta’minlash  maqsadida 
standart  tilni  ishlab  chiqish  ehtiyoji  yuzaga  kegan  (ya’ni, ushbu  dasturiy 
maxsulotlarda ishlab chiqilgan standartning ishlay olishi sharti bilan).  
SQL eng avvalo, relyasion ma’lumotlar bazasi tarkibida saqlanuvchi 
ma’lumotlarni  tavsiflash,  o‘zgartirish  va  ajratib  olishga  mo‘ljallangan 
mantiqiy - axborot tili hisoblanadi. Shuningdek, SQLni dasturlash tili deb 
ham  nomlash  mumkin,  bunda  ushbu  dasturiy  maxsulot  to‘liq  holatda 
tyuring 
hisoblanmaydi, 
biroq 
shu 
bilan 
birgalikda 
SQL/PSM
 
spetsifikatsiyadagi  standart  til  tarkibida  uning  ishlar  ketma-ketligi 
imkoniyatlarini kengaytirish masalasi ham e’tiborga olingan.  
Dastlab, 
SQL
  foydalanuvchilarning  ma’lumotlar  bazasi  bilan 
ishlashi jarayonida asosiy usullardan biri sifatida o‘rin tutgan va quyidagi 
operatsiyalar to‘plamini amalga oshirish imkonini bergan: 

 
Ma’lumotlar bazasi tarkibida yangi jadvallarni yaratish

 
Mavjud jadvallar tarkibiga yangi yozuvlarni qo‘shish; 

 
Yozuvlarni o‘zgartirish; 

 
Yozuvlarni o‘chirib tashlash; 

 
Bitta  yoki  bir  nechta  jadvalllar  tarkibidan  yozuvlarni  tanlab  olish 
(berilgan shartga mos kelgan holatda); 

 
Jadvallar struktura tuzilishini o‘zgartirish. 
Vaqt o‘tishi bilan, SQL murakkablashtirilgan  - ya’ni, uning tarkibi 
yangi konstruksiyalar bilan boyitilgan va o‘z navbatida, saqlanuvchi yangi 
ob’ektlarni  (masalan,  indekslar,  ma’lumotlar,  triggerlar  va  saqlanuvchi 
ishlar  ketma-ketligi)  tavsiflash  va  boshqarish  imkoniyatlari  yuzaga 
keltirilgan va dasturlash tiliga xos bo‘lgan belgilarga ega bo‘lgan.  
Barcha  amalga  oshirilgan  o‘zgartirilishlari  bilan  birgalikda,  SQL 
amaliy  dasturiy  ta’minot  va  ma’lumotlar  bazasi  o‘rtasida  yagona  aloqa 
mexanizmi sifatida qolishi qayd qilinadi. SHu bilan birgalikda, zamonaviy 
MBBT  va  Shuningdek,  MBBTdan  foydalaniluvchi  axborot  tizimlari 
foydalanuvchilarga so‘rovlarni vizual jihatdan tuzib chiqish vositalarining 
rivojlantirilishini taqdim etadi.  
 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish