Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 

 
1. TUPROQSHUNOSLIKDA GEOGRAFIK AXBOROT 
TIZIMLARI (GAT) ASOSLARI 
 
 
1.1. GAT haqida umumiy tushunchalar va ushbu fan sohasining 
vazifalari 
 
Geoinformatika  va  GAT  fan  sohasining  qaror  topishida  so‘zsiz 
ravishda,  birlamchi  eng  ulkan  muvafaqqiyatlardan  biri  -  bu  Kanada 
geografik axborotlar tizimining (CGIS -
 Canada Geographic Information 
System) 
ishlab  chiqilishi  bilan  bog‘liq  hisoblanadi.  1960-yillarda 
yaratilgan  ushbu  yirik  ko‘lamdagi  GAT  hozirgi  kunga  qadar  funksiya 
bajarishi va takomillashtirilishi davom ettirilmoqda. 
 
Kanada miqyosida GAT funksiyasi - Kanada Er resurslarini hisobga 
olish  xizmati  (
Canada  Land  Inventory
)  tomonidan  to‘plangan  ko‘p 
sondagi  ma’lumotlarni  tahlil  qilishda  va  keng  ko‘lamdagi  er 
maydonlaridan  turli  xil  maqsadlarda,  asosan  qishloq  xo‘jaligida 
foydalanishni  loyihalashtirish  rejalarini  ishlab  chiqishda  foydalanish 
mumkin  bo‘lgan,  tuproq  qoplami  haqidagi  statistik  ma’lumotlarni  tahlil 
qilishdan tashkil topgan.  
Ushbu  maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun,  er  maydonlarining 
qishloq  xo‘jaligida,  rekreatsion  maqsadlarda,  er  resurslaridan 
foydalanuvchilar  va  er  egalarini  o‘z  ichiga  qamrab  oluvchi,  erdan 
foydalanishning  murakkab  strukturasini  o‘zida  aks  ettiruvchi  -  ekologik 
va  Shuningdek,  o‘rmon  xo‘jaliklarini  tashkil  qilish  nuqtai  nazaridan 
yaroqlilik  darajasi  bo‘yicha  mavjud  ma’lumotlardan  foydalanish 
klassifikatsiyasini tuzib chiqish talab qilinadi.  
Hozirgi  vaqtda  GAT  kartografiya,  masofadan  turib  zondlash, 
statistika,  kadastr  va  meteorologik  ma’lumotlarni  qayta  ishlash,  dala-
ekspeditsiya tadqiqotlarini amalga oshirish, burg‘ulash ishlari natijalari va 
suv ostida zondlash ishlarini amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda, global, 
hududiy va mahalliy ko‘lamda foydalanilishi qayd qilinadi.  
«
Tuproqshunoslikda  GAT
»  fan  sohasining  maqsadi  -  bakalavr 
yo‘nalishida  ta’lim  oluvchi  talabalarda  zamonaviy  geoaxborot 
Kanada miqyosida GAT asoschisi - Rodjer Tomlinson (
Roger Tomlinson
)
hisoblanadi, ushbu tadqiqotchi rahbarligi ostida GAT yo‘nalishida ko‘plab
konseptual va texnologik masalalar ishlab chiqilgan va amaliyotda joriy
qilingan.


 

tizimlaridan  tuproqshunoslik  sohasida  foydalanish  haqidagi  umumiy 
tushunchalarni  xosil  qilish,  talabalar  tomonidan  zamonaviy  geoaxborot 
texnologiyalari  (GAT)  uslublarining o‘zlashtirilishi, geoaxborot  sohasida 
modellashtirish  bo‘yicha  mukammal  bilimlar  va  amaliy  ko‘nikmalarni 
xosil  qilish,  Shuningdek  tuproq  resurslarining  funksional-ekologik  sifat 
darajasini baholash ko‘nikmalarni qaror toptirishdan tashkil topadi.  
Bu maqsadni ro‘yobga oshirish uchun, quyidagi vazifalarni bajarish 
talab qilinadi: 

 
Geoaxborot  texnologiyalaridan  (GAT)  foydalanib,  makonda 
joylashgan  koordinatsiyalar  haqidagi  ma’lumotlarni  majmuaviy  tahlil 
qilish  bo‘yicha  tizimlashtirilgan  nazariy  bilimlar  va  amaliy  ko‘nikma- 
malakalarga ega bo‘lish; 

 
Tadqiqotchilik,  axborot-tahliliy,  oldindan  bashorat  qilish 
(prognozlash)  va  baholash  mazmuniga  ega  masalalarni  hal  qilishning 
ishchi  variantlarini  geoaxborotlar  sohasiga  oid  atamalar  asosida 
shakllantirish ko‘nikmalarini qaror toptirish

 
Relefning  raqamli  formatga  ega  bo‘lgan  modellaridan 
foydalanish  asosida,  tabiiy  tuproq  resurslarining  asosiy  tarkibiy  qismlari 
tavsiflari  bo‘yicha  tajriba  yo‘li  bilan  olingan  ma’lumotlarni  tahlil  qilish 
qobiliyatini rivojlantirish. 
 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish