177
4,5,1
Sog‘lom holatdagi o‘simliklar qoplami qizil, jigarrang, pushti va
yashil tusda ifodalanadi. Tuproqlar yashil yoki jigarrang,
urbanizatsiyalashgan (shaharlar) hududlar – oqish tusda, kulrang
va yashil–havrang, och havorangda aks
ettirilishi mumkin, yorqin
havorang bilan yaqinda kesilgan
hududlar, qizg‘ish
rang bilan esa
– qayta tiklangan o‘simliklar qoplami yoki siyrak o‘simliklar
ifodalanishi mumkin. Toza, havorang tusdagi suv juda to‘q ko‘k
rangda (deyarli qoramtir) ko‘rsatilishi mumkin, agar sayoz suv
yoki tarkibida ko‘p miqdorda aralashmalar mavjud bo‘lgan
suvlarni aks ettirish talab qilinsa, u holda nisbatan och tusli ko‘k
rangdan foydalaniladi. O‘rtacha infraqizil kanal qo‘shilishi
o‘simliklarning yoshini yaxshi darajada farqlash imkonini beradi.
Sog‘lom holatdagi o‘simliklar 4 va 5–kanallarda juda kuchli
darajada aks ettirilishi mumkin. Bu kombinatsiya bilan parallel
holatda 3–2–1 kombinatsiyadan foydalanish suv bosgan hududlar
va o‘simliklar qoplamini farqlash imkonini beradi. Bu
kombinatsiyaning yo‘llar va shosselarni aniqlashda foydalanish
uchun yaroqlilik darajasi kam hisoblanadi.
4,5,3
Bu yaqin, o‘rta IQ (infraqizil)– va ko‘rinuvchi qizil nur
kanallaridan tashkil topgan kombinatsiya suv va quruqlik
o‘rtasidagi chegarani aniq farqlash va faqat ko‘rinuvchi
diapazondagi kanallardan foydalanilganda yomon ko‘rinuvchi,
yashirin tarkibiy qismlarni qayd qilish imkonini beradi. Bunda
katta aniqlikda quruqlik ichida joylashgan suv ob’ektlarini
aniqlash mumkin. Bu kombinatsiya jigarrang, yashil va pushti
tonda berilgan, turli xil tusda o‘simliklarni ifodalaydi. Bu
kombinatsiya namlik darajasini tahlil qilish imkonini beradi va
tuproqlar va o‘simliklar qoplamini o‘rganishda foydali
hisoblanadi. Umumiy holatda, tuproqlarning namlik darajasi
qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik darajada to‘q tusda
ko‘rinadi, bu holat IQ diapazonning suvda yutilishi bilan bog‘liq
hisoblanadi.
7,5,3
Bu kombinatsiya tabiiy rangga yaqin bo‘lib, biroq shu bilan
birgalikda atmosfera va tutunlar holatini tahlil qilish imkonini
beradi. O‘simliklar to‘q tusli va och tusli yashil rangda,
urbanizatsiyalashgan hududlar oqish tusda, yashil–havorang va
malina rangida, tuproqlar, qum va minerallar juda ham turli xil
ranglarda ifodalanishi mumkin. O‘rta IQ– diapazonning suv, muz
va qor qoplamida deyarli to‘liq yutilishi qirg‘oq chiziqlarini juda
aniq belgilash va tasvirda suv ob’ektlarini aniqlash imkonini
beradi. Qaynoq nuqtalar (masalan, issiq buloqlar, vulqonlar va
yong‘inlar kabi) qizg‘ish yoki sariq rangda ifodalanadi. Bu
kombinatsiyadan ehtimollikdagi foydalanish holatlaridan biri –
bu, yong‘inlarni monitoring qilishdan tashkil topadi. Suv bosgan
hududlar 3–2–1 kombinatsiyadan farq qilib, juda to‘q tusli ko‘k
rangda va deyarli qoramtir tusda ifodalanadi, bunda ushbu
hududlar kulrang va yomon farqlanuvchi tavsifda ko‘rinadi.
178
5,4,3
4–5–1 kombinatsiya kabi, bu kombinatsiya qayta shifrlashda juda
ko‘p axborotlarni va rang kontrastlarini beradi. Sog‘lom
holatdagi o‘simliklar yorqin yashil rangda, tuproqlar esa –
pushti–binafsha rangda aks ettiriladi. Geologik jarayonlarni
o‘rganish
imkonini beruvchi, 7–kanalni o‘z ichiga oluvchi, 7–4–2
kombinatsiyadan farq qilib, bu kombinatsiya qishloq xo‘jaligi
ekin maydonlarini o‘rganish imkonini beradi. Bu kombinatsiya
o‘simliklar qoplamini o‘rganish uchun juda qulay bo‘lib, o‘rmon
jamoalarining holatini tahlil qilish uchun keng foydalaniladi.
5,4,1
7–4–2 kombinatsiyaga o‘xshash bu kombinatsiyada sog‘lom
holatdagi o‘simliklar qoplami yorqin yashil rangda aks ettiriladi,
ushbu holat mustasno qilinganda, bu kombinatsiya qishloq
xo‘jaligi ekin maydonlarini tahlil qilish uchun juda yaxshi
hisoblanadi.
7,5,4
Bu kombinatsiya birorta ko‘rinuvchi diapazonni o‘z ichiga
olmaydi va atmosferaning holatini optimal darajada tahlil qilishni
ta’minlaydi. Qirg‘oq chiziqlari aniq farqlanadi. Tekstura va
tuproqning namlik darajasini tahlil qilish uchun foydalanilishi
mumkin. O‘simliklar qoplami havorangda ko‘rinadi.
5,3,1
Bu kombinatsiya topografik teksturalarni ko‘rsatib beradi, shu
bilan bir vaqtda 7–3–1 kombinatsiya kabi, tog‘ jinslarini farqlash
imkonini beradi.
Yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqib, aytish mumkinki,
masofadan olingan tasvirlar materiallari er maydonlarining cho‘llanishini
aniqlash va baholashda tuproq qoplamining xaritalarini tuzib chiqishda
alohida darajada ahamiyatga ega hisoblanadi: ya’ni, turli xil relef
shakllari, o‘lchamlari, yonbag‘irlar nishabliklarining ekspozitsiyalari,
geologik tuzilish, tuproq xosil qiluvchi jinslarning tiplari, o‘simliklar
qoplami va boshqa holatlar haqida majmuaviy ma’lumotlarni beradi.
179
11.4.1.2–rasm. LANDSAT su’niy yo‘ldoshi orqali 2009–yil aprel
oyida Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hududi bo‘yicha olingan tasvirlar
(V.X.Sherimbetov tomonidan keltirilgan materiallar).
Do'stlaringiz bilan baham: