Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

Nazorat savollari: 
1. Optik sensorlar nima? 
2. Optik sensorlarning qanday guruhlari mavjud? 
3. Katafot nima? 
 
10.7.2. Aniq dehqonchilik texnologiyalari
 
 
Qishloq  xo‘jaligida  boshqarishning  mohiyati  ifodalanishi  va 
samarali  holatda  ro‘yobga  oshirilishiga  urinishda  bir  qator  qarshilik, 
to‘siqlarga duch kelinadi. Birinchi o‘rinda - bu joy va shuningdek, erdan 
foydalanishning tavsiflari haqida va foydalanish rejimi bo‘yicha ishonarli 
ma’lumotlarning  mavjud  emasligi  bilan  bog‘liq  hisoblanadi.  Yirik 
xo‘jaliklar  rahbarlari  tomonidan  hatto,  ayrim  holatlarda  o‘ziga  qarashli 
bo‘lgan ekin maydonlari o‘lchamlarini aniq bilmaslik kuzatiladi, bu holat 
ushbu  er  maydonlari  o‘lchamlarining  turli  xil  tabiiy,  ma’muriy 
jarayonlarning ta’siri ostida doimiy o‘zgarishi qayd qilinishi bilan bog‘liq 
bo‘lishi  mumkin.  Oldingi  davrlarda  Rossiya  miqyosida  kartografik 
materiallar  tarkibining  yangilanishi  davlat  byudjet  mablag‘lari  hisobidan 
amalga  oshirilishi  belgilangan  bo‘lib,  hozirgi  vaqtda  bu  tartib  deyarli 
to‘liq  holatda  olib  tashlangan.  Bunda  kartografik  materiallarni  yangilash 
jarayoni odatda, 10-15 yil oldin tuzib chiqilgan va hozirgi kunda mavjud 
haqiqiy holatda aks ettirib bermaydigan xaritalar ustida amalga oshiriladi. 
Bundan tashqari, ekin maydonlarining turli xil uchastkalarida, shuningdek 
bitta  uchastkadan  boshqasiga  o‘tilganda  tuproqlar  qatlamining  va  ekin 
turlarining vegetatsiya davriga bog‘liq tavsiflari o‘zgarishi qayd qilinadi. 
Bu  yo‘nalishdagi  ma’lumotlar,  birinchidan  -  ekinlar  xosildorligini 
prognoz  qilish  va  tahlil  qilish  bo‘yicha  faoliyat  olib  boruvchi 
mutaxassislar  uchun  zarur  hisoblanadi,  ikkinchidan  -  har  bir  aniq  ekin 
maydonlari  yoki  uchastkalar  bo‘yicha  tadbiq  etiluvchi  agrotexnik  chora-
tadbirlarni  rejalashtirish  asosini  tashkil  qilishi  qayd  qilinadi,  aksincha 
holatlarda  esa  -  samaradorlikka  salbiy  ta’sir  ko‘rsatuvchi  sarf-  harajatlar 
va xosildorlikning yo‘qotilishidan qochib bo‘lmaydi.  
Sezilarli darajada «
ortiqcha
» sarf-harajatlarni talab qiluvchi yana bir 
manba  -  bu  qishloq  xo‘jaligi  texnikalaridan  past  samaradorlikda 


 
158 
foydalanish  bilan  bog‘liq  hisoblanadi.  Bu  ortiqcha  sarf-harajatlar 
qiymatini kamaytirish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin: 

 
Texnikalarning  barcha  harakatlanishlarini  avtomatik  tarzda  hisobga 
olish,  jumladan  bosib  o‘tilgan  yo‘l  va  ishlov  berilgan  er  maydonlarini 
hisoblash; 

 
Yoqilg‘i-moylash materiallarining (YOMM) talon-taroj qilinishining 
oldini olish (YOMM sarfini monitoring qilish tizimini joriy qilish); 

 
Texnikalarni  bazadan  ishlov  beriluvchi  ekin  dalalarigacha  olib 
borishning optimal marshrutlarini aniqlash; 

 
Xosilning  yig‘ib  olinish  joyidan  qabul  qilish  punktiga  etkazilishida 
optimal marshrutlarni aniqlash; 

 
Dala  ishlarini  bajarishda  texniklarning  joyini  o‘zgartirish  tezligini 
nazorat qilish.  
«
Aniq  dehqonchilik
»  (Precision  Farming)  deb  nomlangan  -  qishloq 
xo‘jaligi  maxsulotlarini  ishlab  chiqarishda  kompleks  texnologiyalar 
horijda  1990-yillardan  boshlab  faol  holatda  tashkil  qilina  boshlangan  va 
dunyo  miqyosida  qishloq  xo‘jaligi  fani  sohasida  ushbu  yo‘nalishdagi 
texnologiyalar  agrar  tarmoqqa  tegishli  tadbirkorlikni  (biznes)  nisbatan 
yuqori  sifat  darajasiga  olib  chiqish  imkonini  beruvchi  ilg‘or 
texnologiyalardan  biri  hisoblanadi.  Bu  texnologiyalar  zamonaviy  bozor 
sharoitida  muvafaqqiyatli  faoliyat  olib  borishda  quyidagi  keltirilgan  3  ta 
asosiy masalalarni hal qilishni ta’minlab berish quroli sifatida o‘rin tutadi 
-  ya’ni,  bunda  o‘z  vaqtida  ta’minlanuvchi  ob’ektiv  axborotlarning 
mavjudligi,  ishonarli  boshqaruvga  oid  qarorlarning  qabul  qilinishi 
imkoniyatlari va bu qarorlarni amaliyotda ro‘yobga oshirish imkoniyatlari 
masalalari nazarda tutiladi.  
Ixtisoslashtirilgan texnik vositalar va dasturiy ta’minot  yordamida ushbu 
keltirib  o‘tilgan,  uchta  o‘zaro  chambarchas  aloqadorlkidagi  masalalarni 
hal  qilish  mumkin.  Shuningdek,  quyidagi  keltirilgan  kenja  tizimlarni  o‘z 
tarkibiga  qamrab  oluvchi,  majmuaviy  dasturiy-texnik  vositalarni  tuzib 
chiqish natijasida maksimal samaradorlikka erishiladi: 
1.  Aniq  dehqonchilik  uchun  apparatlarga  oid  vositalar  -  parallel  holatda 
quyidagi jarayonlarni amalga oshirish tizimi: 

 
Tuproq sinov namunalarini olish va tuproq tahlillarini bajarish; 

 
Differensial kiritish tizimlari; 

 
Xosil datchiklari. 
2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini monitoring qilish: 

 
Er  maydonlarining  ishchi  holatdagi  uchastkalari  chegaralarini 
monitoring qilish; 

 
Er maydonlarining agrokimyoviy monitoring qilinishi; 


 
159 

 
Xosil holatini xaritaga tushirish; 

 
Joyning shart-sharoitlarini tahlil qilish; 
3. Texnikalarni monitoring qilish: 

 
GPS-navigatsiya  asosida  ma’lumotlarni  avtomatik  tarzda  yig‘ishni 
amalga oshirish; 

 
Texnikalarning joyini o‘zgartirish jarayoni vizualizatsiyasi; 

 
Qishloq xo‘jaligi ishlarini tezkor tavsifda hisobga olish; 
4. Texnologik rejalashtirish va boshqarish: 

 
Texnik-iqtisodiy rejalashtirish; 

 
Tezkor rejalashtirish; 

 
Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini tezkor tavsifda hisobga olish; 
5.
 
Ma’lumotlarning  nashr  qilinishi  va  Internet  tarmog‘i  orqali 
tarqatilishi.  
Nazorat savollari: 
1. "Aniq dehqonchilik" nima? 
2.  Kompleks  dasturiy  -  texnik  vositalar  qanday  imkoniyyatlar 
beradi? 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish