trilateratsiya
deb nomlanadi.
10.6.1-rasm. Trilateratsiy
Agar, bunda su’niy yo‘ldoshlardan birigacha bo‘lgan A oraliq
masofa aniq bo‘lsa, u holda qabul qilish qurilmasi yordamida ob’ektning
joylashish koordinatalarini aniqlash mumkin emas (ya’ni, ob’ekt su’niy
yo‘ldoshning atrofida aylana bilan tavsiflanuvchi, A radiusga ega bo‘lgan
sferaning hohlagan nuqtasida joylashgan bo‘lishi mumkin). Aytaylik,
qabul qilish qurilmasidan ikkinchi su’niy yo‘ldoshgacha bo‘lgan oraliq
masofa V aniq bo‘lsin. Bu holatda ham qabul qilish qurilmasi yordamida
joylashish koordinatalarini to‘liq aniqlash mumkin emas - ya’ni, bunda
ob’ekt berilgan ikkala sferaning o‘zaro kesishish sohasida (bu soha
yuqoridagi 9.9-rasmda ko‘k rang bilan belgilangan) qaerdadar
joylashganligini tahmin qilish mumkin. Uchinchi su’niy yo‘ldoshgacha
153
bo‘lgan oraliq S masofa aniq bo‘lgan vaziyatda, ob’ektning joylashish
koordinatalarini aniqlash 2 ta nuqtagacha qisqaradi (bu holat 9.9-rasmda
ikkita ko‘k katta o‘lchamdagi nuqtalar bilan belgilangan). Bu holat
ob’ekning joylashish koordinatalarini to‘liq aniqlash uchun etarli
hisoblanadi - gap shundaki, berilgan ushbu 2 ta nuqtadan faqat bittasigina
Er yuzasida (yoki bevosita unga juda yaqin sohada) joylashgan va
ikkinchisi esa - yolg‘ondakam koordinata bo‘lib, erning chuqur ichki
qismiga yoki er yuzasidan juda baland nuqtaga to‘g‘ri keladi. Shunday
qilib, nazariy jihatdan uch o‘lchamli navigatsiyani amalga oshirish uchun,
qabul qilish qurilmasidan uchta su’niy yo‘ldoshgacha bo‘lgan orqali
masofani aniq bilish etarli hisoblanadi.
Biroq, haqiqiy hayotda barchasi ushbu keltirilgan misoldagidek,
oddiy ko‘rinishga ega emas. Yuqorida keltirilgan misolda kuzatish
nuqtasidan su’niy yo‘ldoshlargacha bo‘lgan oraliq masofa mutloq
darajada aniqlikda bo‘lishi holatidagi xulosa chiqarish ifodalangan.
Ma’lumki, muhandislikda ma’lum darajadagi me’yoriy holatdan
chetga og‘ish qiymati (yuqoridagi bo‘limlarda ko‘rsatib o‘tilgan, qabul
qilish
qurilmalari
va
su’niy
yo‘ldoshlarga
o‘rnatilgan
soat
mexanizmlarning bir-biriga uyg‘unlashtirilishidagi aniqlik darajasi,
yorug‘lik nuri tezligining atmosfera holatiga bog‘liqligi va hakozo
sabablarga ko‘ra) ham sezilarli darajada ta’sirga ega hisoblanadi. SHu
sababli, qabul qilish qurilmasining joylashish joyini aniqlash uchun,
kamida uchta su’niy yo‘ldoshgacha bo‘lgan oraliq masofani o‘lchash talab
qilinadi.
To‘rtta (yoki undan ortiq sondagi) su’niy yo‘ldoshlardan signal
qabul qilish orqali, qabul qilish qurilmasi tegishli sferalarning o‘zaro
kesishish nuqtasini topishni amalga oshiradi. Agar, bu tavsifdagi nuqta
mavjud bo‘lmasa, u holda qabul qilish qurilmasining protsessori ketma-
ketlikdagi yaqinlashtirish uslubi yordamida, ushbu qurilmaga o‘rnatilgan
soat mexanizmini barcha qarab chiqilayotgan sferalarning bitta nuqtada
kesishishiga erishilgunga qadar korreksiyalashni amalga oshirish
funksiyasini ishga tushiradi.
Qayd
qilish
kerakki,
joylashish
koordinatalarini
aniqlash
jarayonining aniqlik darajasi nafaqat qabul qilish qurilmasidan su’niy
yo‘ldoshgacha bo‘lgan oraliq masofani nozik aniqlikda o‘lchash bilangina
bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki su’niy yo‘ldoshlarning joylashish joyi
haqidagi ma’lumotlardagi me’yoridan chetga og‘ish holatlariga ham
bog‘liq
hisoblanadi.
Orbitalarning
va
su’niy
yo‘ldoshlarning
koordinatalari nazorat qilinishi erda joylashgan 4 ta nazorat stansiyalarida
va shuningdek, AQSH Mudofaa vazirligi nazorati ostida faoliyat olib
154
boruvchi Aloqa tizimlari va boshqaruv markazi tomonidan amalga
oshiriladi. Nazorat stansiyalari barcha mavjud su’niy yo‘ldosh
tizimlarining holatini doimiy ravishda kuzatib boradi va ularning
orbitalari haqidagi ma’lumotlarni boshqaruv markaziga uzatadi, bu erda
su’niy yo‘ldoshlar traektoriyalari hisoblab chiqiladi va ularga o‘rnatilgan
soat mexanizmlariga tegishli tuzatishlar kiritiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan
ko‘rsatkichlar almanax tipidagi ma’lumotlar tarkibiga kiritiladi va su’niy
yo‘ldoshga uzatiladi, o‘z navbatida bu ma’lumotlar barcha funksiya
bajarayotgan qabul qilish qurilmalariga uzatib beriladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan tizimlardan tashqari, yana bir qator
navigatsiya jarayonini amalga oshirish aniqligini kuchaytiruvchi tizimlar
ham mavjud hisoblanadi - masalan, signallarni qayta ishlashning alohida
sxemalari interferensiya ta’sirida (su’niy yo‘ldoshdan bevosita uzatiluvchi
signallar bilan qaytuvchi, masalan inshootlardan qaytuvchi signallar bilan
o‘zaro ta’sirlashishi) yuzaga keluvchi xatoliklar darajasini kamaytirish
imkonini beradi. Ushbu o‘rinda matnni ortiqcha murakkablashtirib
yubormaslik uchun, biz ushbu qurilmalarning funksiya bajarish
tamoyillariga batafsil holatda to‘xtalib o‘tirmaymiz.
Yuqorida keltirilganidek, tizimga kirish qat’iy nazorat qilinishi
rejimi olib tashlanganidan keyin, fuqarolik maqsadlarida foydalaniluvchi
navigatsion qabul qilish qurilmalari yordamida joylashish joyini aniqlash
3-5 metrgacha xatolik bilan (balandlik 10 metr atrofidagi aniqlik
darajasida) amalga oshirilishidan keng miqyosda foydalanila boshlangan.
Ushbu keltirilgan ko‘rsatkichlar raqamlari bir vaqtning o‘zida qabul qilish
qurilmasining 6-8 tagacha su’niy yo‘ldoshdan signal qabul qilishi holatiga
tegishli hisoblanadi (ko‘pgina zamonaviy apparatlarla 12 kanalli qabul
qilish qurilmasi mavjud bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 12 ta su’niy
yo‘ldoshdan keluvchi signallarni qayta ishlash imkonini beradi).
Joylashish koordinatalarini aniqlashda xatoliklarni sifatli darajada
kamaytirish (bir necha santimetrgacha) imkonini beruvchi rejim -
differensial korreksiya
(DGPS - Differential GPS) tizim deb nomlanadi.
Differensial rejim ikkita qabul qilish qurilmasidan foydalanishni
nazarda tutadi - ya’ni, bunda ulardan bittasi joylashish koordinatalari aniq
bo‘lgan nuqtada joylashadi va «
baza sifatidagi
» qurilma deb nomlanadi,
ikkinchisi esa - oldingidek, mobil qurilma sifatida funksiya bajaradi.
«
Baza sifatidagi
» qabul qilish qurilmasi orqali olingan ma’lumotlar
harakatchan (mobil) apparat orqali yig‘ilgan axborotlarga tuzatishlar
kiritish
uchun
foydalaniladi.
Bunda
tuzatish
kiritish
jarayoni
ma’lumotlarni qayta ishlashning joriy vaqt (
on-layn
) rejimida va
155
shuningdek, «
off-layn
» rejimida, masalan kompyuter yordamida
bajarilishi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |