Tabiiy chegaralar uslubi guruhlar chegaralarini ma’lumotlar
tarkibida mavjud bo‘lgan o‘zaro farqlanishlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
belgilanishini ifodalab beradi. Bunda ob’ektlar bizni qiziqtirayotgan
atribut qiymatining o‘sib borishi tartibida joylashtirib chiqiladi, chegaralar
qiymatlardagi nisbatan keskin sakrashlar qayd qilinuvchi sohalar bo‘ylab
o‘tkaziladi.
Teng maydonlar uslubi poligonlarni har bir sinf tarkibida umumiy
maydoni bir xilda bo‘lishi asosida tasniflab chiqish imkonini beradi. Bu
uslub o‘zaro yaqin maydonga ega bo‘lgan poligonlar uchun qo‘llanilishi
yaxshi samara beradi. Maydonlarning katta ko‘lamda mavjudligi
sharoitida, ulardan eng kattasi sinfni tashkil qilishi mumkin. Bu maydon
119
o‘z tarkibiga maydoniga ko‘ra kichik o‘lchamdagi poligonlar bo‘yicha
atribut qiymatlari variatsiyalarini qamrab oladi.