Klassifikator bo`yicha:
T/r
|
Lavozim nomi
|
MMSK bo‘yicha kodi
|
Xodimlar toifasi
|
Ta’limning eng past darajasi
|
538
|
Direktorning ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosari
|
1120
|
Boshqaruv
|
O/M
|
4-§. Direktorning moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha o*rinbosari
Lavozim vazifalari:
moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha texnikum xojalik faoliyatini boshqarish, yangi ouquv yiliga va kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ulaming sifatli bajarilishini ta’minlashni;
reja-moliya, buxgalteriya, xo‘jalik, transport, qurilish-ta’mirlash, o‘quvchilar turar joylari, mehnat muhofazasi, sport-sog‘lomlashtirish, dam olish, xavfsizlik (qo‘riqlash) bo‘limlari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish hamda umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini belgilangan tartibda nazorat qilishni;
texnikumning shtatlar jadvali va о‘qituvchilaming tarifikatsiya jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqqa kiritish hamda ulaming sifatli ijrosini ta’minlashni;
texnikumning o'qituvchi va xodimlari oylik asosiy va qo‘shimcha (ustama) ish haqlarining to‘g‘ri belgilanishi va ularni o‘z vaqtida to’lanishini ta’minlash hamda ulami moliyaviy nazorat qilishni;
IV guruh xarajatlarini tuzilgan shartnomalar, tasdiqlangan xarajatlar smetalari va ajratilgan limitlar asosida to‘lanishini tashkil etish hamda barcha moddiy resurslardan foydalanishda tejamkorlikka erishishni;
ta'lim xizmati ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo'yicha yillik rejani ishlab chiqish va uning sifatli bajarilishini ta’minlashni;
texnikumning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘laridan samarali foydalanish hamda mablag‘ bilan ta’minlashning muqobil manbalarini, shu jumladan, tashkilotlar, homiylar mablag‘larini, xorijiy investitsiyalami jalb etishni;
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida tegishliligicha ko‘mir, suyuq yoqilg'i, tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlami aniqlash va ma’lumotlami hududiy ta’lim boshqaruvi organlariga taqdim etish hamda qabul qilingan yoqilg’ilaming sifati va saqlanishini ta’minlashni;
texnikum hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlariga rahbarlik qilish, o‘ziga bo’ysunuvchi tegishli bo‘linma hamda texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishini muvofiqlashtirishni;
vakolat doirasida moliyaviy va xo‘jalik masalalarini hal etish, byudjet va byudjetdan tashqari moliyaviy mablagdami shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, mehnat, ishlab chiqarish, ijro intizomi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta’minlashni;
mehnat muhofazasi talablari, sanitariya-gigiyena va xavfsizlik texnikasi qoidalariga, mehnat muhofazasi talablariga javob beradigan ta’lim-tarbiyava mehnat sharoitlarini yaratishni amalga oshiradi.
Bilishi kerak;
texnikumning yillik va istiqbolli rejalarini bilishi, moliya hamda nazorat-taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlami tuzish xususidagi, shuningdek muassasaning moliya-xo‘jalik faoliyatiga, tuzilmasiga va uni rivojlantirish istiqbollariga tegishli barcha uslubiy, me’yoriy hamda boshqa hujjatlami bilish;
jihozlash me’yorlari asosida xonalarga kerak bo‘lgan jihozlami va ulami joylashtirilishini;
texnikum binosining texnik holatini, uning hududi, xonalar soni va o’lchamlarini, ta’lim muassasasi binosiga qo‘yiladigan texnik talablami;
boshqarish psixologiyasi yutuqlaridan foydalanishni, jamoada qulay psixologik muhit yaratishni;
texnikum faoliyatini tartibga soluvchi fuqarolik, boshqaruv, mehnat, byudjet, soliq qonunchiligini;
texnikum faoliyatiga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va yong'in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
iqtisodiyot yo‘nalishi bo'yicha oliy ma’lumot, soha yo‘nalishi bo‘yicha 3 yildan kam bo'lmagan amaliy ish staji;
professional ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko’nikmalarga ega bo‘lish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi. Klassifikator bo‘yicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |