183-rasm. Zardo'zlik kashtali yollar bosh kiyimi -peshinaband
Peshonaband (183-rasm) aslida zardo'ziy do'ppi ustidan o'ralgan. XIX asr boshlarida ayollar zardo'ziy do'ppilarinning ikki xili mavjud bo'lgan. Xiyla eskiroqlari cho'qqinamo bo'lib, uni do'ppi kavushnok deyilgan, keyinroq, 90-yillarning so'ngiga kelib paydo bo'lgan, usti yassi va gardishi baland do'ppilarni do'ppi taqsimiy deyilgan.
Soch o'rimlarini qoplab turadigan uzun ≪dum≫li kultapo'shak bosh libosini yoshi katta ayollar kiyganlar. Sochlar har tomonga yoyilib ketmasligi uchun ≪dum≫ning tagidan 2-3 joyiga tugma ham qadalgan. Bosh qismining sirtiga guldo'ziy tarzidagi islimiy naqshlar bilan sidirg'a bezak berilgan.
Gardishning old qismi va ≪dum≫ning qirg'oqlari islimiy yoki ishkandar peshak kashtalari yo'sinida qilib engilgina gular tikilgan.
Chorsi sarandoz ro'moli ham zardo'shlik kashtalari bilan bezatilib, to'g'ri ikki buklanlan holda boshga tashlab yuborilgan.
Bunda ro'molning to'rttala uchi ham orqaga tushib turgan. Sarandozni do'ppining ustidan, peshonabandning ostidan taqilgan. Uchburchak rido ro'moli esa peshonabandning ustidan tashlab, bir uch orqaga, ikki uchi ko'krakka tushirib taqilgan. Sarandoz ro'mollari popukli kattakon zavod atlaslaridan qilingan. Ular kashtalarining g'oyat oddiy va Yaxlit tuzilishlari bilan ajralib turadilar, o'rtacha enlikdagi jiyak (hoshiya) bilan aylantirilib, islimiy naqshlar bilan toidirib chiqilgan, to'rttala burchagida bitta kashtasi, o'rtada umumiy markazga ega bo'lgan halqalardan iborat kattakon doira bo'lgan. Qalin to'qilgan, shoyi matodan qilingan ridolarga burchaklarida bodom kashtasi va o'rtasidan yarim doira nusxasi tikilgan.
Ayollar kiyimini modellashtirish
Ayollar ich kiyimlari mavsum bo'yicha va kechki va tungilarga bo'linadi. Xalat ertalabki va kechki pardozlash uchun mo'ljallangan kiyim kabi o'zining kompozitsion yechimi bo'yicha u kiyiladigan ich kiyim bilan bog'liq bo'lishi kerak.
Kuz va qishga mo'ljallangan kiyim isitish sifatga ega bo'lishi lozim, yupqa va elastik bo'lishi mumkin. Juda yupqa yanada qayishqoq ich kiyimlari yopishib turadigan siluetga ega bo'lishi kerak. Bunday kiyimlarga ko'ylak, mayka, kalta yengli futbolkalar va uzun pantalonlar kiradi. Trikotaj buyumlar va matolar rangli tolalar to'qilishi bilan tasvir hosil etuvchi yoki rangli tasvir bilan bezalishi mumkin.
Trikotaj bezagi sifatida bezakli tasvirli to'qilgan matolar tayyor kiyimlar esa rangiga mos keladigan zeyaklar mayin krujiva va bezak tasmalar bo'la oladi.
Kuz va qish uchun bo'lgan ich kiyimi uchun mo'ljallangan mato tiniq tusdagi ochiq va qoramtir rangli bo'lishi kerak, lekin ularning rangi yorqin bo'lmasligi kerak. Kuzgi va qishgi ich kiyimiga ko'ylak va pijamalar kiradi. Bunday kiyimlar konstruktsiyasi insonning tavsifi, erkinligini ta'minlashi kerak.
Uyqu uchun mo'ljallangan ich kiyimlar bichilgan bo'ladi. Ularni juda yupqa nafis matodan, silliq yoki naqshli to'qilgan, yorug' nozik tuslarda tayyorlashadi. Bunday kiyimlar uchun ingichka va keng beykalar, yoki asosiy mato tusida, ba’zida contrast tusdagi krujivalar ham pardozlashda qo'llanadi. Modellashtirishda qishki uyqu ich kiyimining yoqa o'mizi ko'p ochmaslik lozim, ular uzun yengli bo'lishi shart.
Bahorgi va yozgi kiyimlarni yengil va mustahkam matolardan tayyorlaydilar. Ularning silueti tanaga qisman yopishib turadigan yoki to'g'ri siluetli bo'lishi mumkin. Bahorgi va yozgi ich kiyimlarni asosan silliq trikotaj matodan, bezakli, gulli, shaffof va aksincha, yakrang pishiq to'qilgan va nihoyat zichlangan matolardan bichish usuli bilan tayyorlanadi. Shakllar juda turlicha bo'lishi mumkin. Yelka va ko'krak chiziqlari toraytirilgan kiyim ko'krak shaklini aniq takrorlashi va tanaga yopishishib turishi kerak.
Ular ingichka va keng bretelli, aylana yoki o'tkir qirkimli yoqa omizli bo'lishi mumkin. Bunday kiyimlarni bezash uchun turli xil beykalar, krujivalar (tor va keng), ryushlar, dekorativ va to'rli rezinkalar qo'llanadi.
Bunday kiyimlarni shaffof bo'lmagan kiyim tagidan kiyishadi. Ich kiyim juda och, to'k, to's yumshoq yoki juda yorug ranglarda bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |