175-rasm. Ayollarning an'anaviylik milliy kiyimi-ko'ylak
Mazkur kiyimlarning tarkibi, bichim-andazalari turli yoshdagi kishilar guruxlari uchun turlicha bo'lib, keyingi o'n yilliklar mobaynida bu sohada turfa o'zgarishlarni kuzatish mumkin.
Ayollarning an'anaviy kiyim-boshlari ko'ylak, lozim, chopon, mursak, to'n, peshmat, kamzul, nimcha, paranji- chachvon (shaxarlik ayollarning majburiy ustki kiyimi xisoblanib, ko'chaga chiqqan paytlarida ularni boshga yopinib yurganlar)lardan xamda, xilma-xil rumollar, rang-barang do'ppilar dan iborat bo'lgan. Poyafzallar esa maxsi, boshmoq kabi charmdan qilingan hamda rezinadan quyilgan kalishlardan tashkil topgan. Ayollar kiyim-kechagining nafisligi, ularning xilma-xil va go'zal bo'lishiga moxir o'zbek zargarlari tomonidan tayyorlangan zeb-ziynatlar yanada ko'rk qo'shgan.
O'tmishda xotin-qizlarning asosiy an'anaviy ichki kiyimi uzun ko'ylak hamda lozimdan iborat bo'lgan. Ko'ylakning etagi to'ppiqqacha tushib, etak qismi kengayib borgan. Qizlar kiyadigan ko'ylakning yokasi yotik bo'lib, chetlari boshqa rangdagi mato bo'agidan mariz bilan tikib bezatilgan. Yoqani ikkitomonidan brg'ich o'rnatilib, bog'lab yoki tugma bilan qadab kuyilgan. Turmush ko'rgan ayollar libosining Yoqasi ko'krak o'rtasida taxminan 25 santimetr uzunlikda kiyik olingan yirmoch shaklida bo'lib, ikki tarafi bog'ichlar bilan borlab, yoki bir tomoniga tugma yoxud o'rtasida to'g'nag'ichqadab yurilgan.
Buxoro va Samarkand viloyatlarida bunday yokalarning chetlariga zar iplar bilan tikilgan jiyak (zexi ko'rta) tikilgan. Ko'ylak englari tug'ri uzun olinib, bilaklar ustiga tushib turgan. Englari uzun va tor tikilgan ko'ylaklarning, eng davomiga aloxida tirsakdan to bilakkacha bo'lgan qismiga kashta bilan bezatilgan bo'lagi tiqilib kuyilgan. Kadimda ko'ylakning mana shu joyi ish paytida olinib yoki shimarilib kuyilgan. Bu ostin deb atalgan.
Ilgari ayollar uy xolatida bitta, kish paytida esa ustma-ust ikkita ko'ylak kiyib yurishgan. Paxtali qavima choponlar ayollar ustki kiyimining bir turi bo'lib, ular erkaklar choponidan farqli o'larok bichimi uzunrok, yokasi ochiqroq va kengroq bo'lgan.
Ayollar choponining yenglari erkaklar choponi engiga nisbatan kaltaroq va kengroqqilib tikilgan. Xorazm ayollarining paxtalik choponlari o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ular ustki qismi kulda kavilmay, tikuv mashinasida mayda yul-yul Qilib baxyalangan, tirsak qismida esa qo'lni chiqarib yuvmoq uchun 7 — 10 sm. hajmda yurmoch qoldirilgan. Ish paytida eng xalaqit berib, iflos bo'lmasligi uchun eng uchlari shimarib kuyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |