Kiyimga qo‘yiladigan talablar



Download 80,69 Kb.
bet2/29
Sana08.01.2022
Hajmi80,69 Kb.
#335227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Tikuvchilik materialshunosligi(1)

Kanoptola (penka), kanop va jut ko‘proq arqon, qop va tara gazlamalari, ip va shunga o‘xshash buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Jun har xil hayvonlar jun qoplamidan olingan toladir. Uning asosiy qismi (97-98%) qo‘ylardan, kamrog‘i (2%gacha) echkilardan olinadi. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha oqsilli tolalarga kiradi. Shuning uchun asosini keratin oqsili (90%) tashkli etadi. Keratinning mikromolekulalarida ko‘ndalang bog‘lamlarning mavjudligi jun tolalarini yuqori darajada elastikligi bilan tavsiflanadi. Peptid bog‘lamlarining mavjudligi esa kislotalar ta’siriga yuqori darajada barqaror va ishqorlar ta’siriga chidamsizligini belgilab beradi.Jun tolaning shakli silindrik bo‘lib, qipiqli, pardali (qobiqli), o‘zakli (kapsli) qatlamlardan tuzilgan. Tolaning bunday tuzilishi jun qoplami (tivit, qiltiq va o‘lik junlar) ga har xil ta’sir etadi. Junlar bir xil (asosan, bir xil tolali), aralash (har xil tolali- tivit, qiltiq va o‘lik junli) bo‘ladi. Tolalar ingichka, yarim ingichka, yarim dag‘al turlarga bo‘linadi. Junlar esa - mayin, yarim mayin, yarim dag‘al hamda dag‘al guruhlarga ajratiladi.

Mayin junlar tivitning bir xil, yarim mayin junlar biroz yo‘g‘onroq tivit va oraliq jun tolalaridan, yarim dag‘al junlar esa qo‘y zotlariga qarab bir xil va aralash bo‘lib, turli uzunlikdagi qiltiqli va oraliq jun tolalaridan hamda dag‘al junlar har xil jun tolalari (qiltiq, oraliq va olik junlar)dan tuzilgan.Jun tolalarining cho‘zilishi 25-50%, gigroskopikligi 17-15%, uzilish yuki 11 -19 sN/teksga teng. Uning tolalari quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: uzunligi va ingichkaligi, mustahkamligi, cho‘ziluvchanligi, kigizlanishi, gigroskopikligi, issiqqa, yorug‘lik va atmosferaga chidamliligi, kimyoviy barqarorligi hamda mikroblar ta’siriga chidamliligi.

Jun tolalari boshqa tolalarga nisbatan egik-bukikligi va kigizlanish xususiyatlari bilan ajralib turadi, har xil gazlamalar hamda boshqa buyumlar olishda ishlatiladi.



Tabiiy ipak. Ipak qurtlarining pillasidan olinadi. Pillani chuvitib olinadigan iplarning bir nechasi birgalikda qo‘shilib ipak xom ashyosining ipini tashkil etadi. Ularning uzunligi 600 dan 1500 m.gacha yetadi.

Pilla iplarining tarkibi fibroin (70-80%) va seretsin (20-30%) oqsillaridan tuzilgan. Undan tashqari, tarkibida kam miqdorda mineral va (1-1,7%), yog‘ mumli moddalar (0,5-3,2%) hamda pigmentlar ham mavjud.



Tabiiy ipaklar katta uzunlikka ega bo‘lganligi sababli yigirilmaydi. Ularning uzilishdagi mustahkamligi o‘rtacha 8-10 sN/teks, elementar iplarning mustahkamligi 3-4 sN/teksga, gigroskopligi 11%, uzilishdagi cho‘zilishi 20-22% ga teng va termik barqarorligi 100- 110°C ni tashkil etadi. Ipaklar ko‘ylakbop, bluzkabop gazalamalar, tikish iplari va boshqa buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Kimyoviy tolalar. Birlamchi materiallari bo‘yicha ikki kichik sinfga bo‘linadi: sun’iy va sintetik.
Sun’iy tolalar ikki: organik hamda noorganik guruhga bo‘linadi. Organik (sun’iy) tolalar selluloza va uning hosilalari asosida (viskoza, mis-ammiakli, atsetatli) olinadigan tolalardir. Noorganik tolalarga shisha, melalli tolalar hamda metallashtirilgan iplar kiradi.
Sintetik tolalar- smolalarning tabiatiga qarab, poliamidli (kapron, anidli), poliefirli (lavsan), poliakril-nitrilli (nitro), polivinilxloridli (xlorin, PVX), polivinil spirtli (vinol) va poliolefinli (polietilen, polipropilen) tolalarga bo‘linadi.Kimyoviy tolalar (iplar) yuqori molekulali tabiiy va sintetik moddalar hamda qisman shisha va metallardan olinadi. Ulardan kalava va (mono-, kompleksli, tarkibi o‘zgartirilgan) iplar olinadi.

Viskoza tolasi eng ko‘p (60% dan ortiqroq) tarqalgan kimyoviy tolalardan biri hisoblanadi. Uning asosiy xomashyosi yog‘och sellulozasidir. Tola fileradan ingichka tolachalar sifatida bosim ostida olinadi. Demak, viskoza tolasi ko‘plab elementar iplardan tuziladi. Viskoza tolasi ko‘p cho‘ziluvchan va kam mustahkam, ko‘plab yuvilishga chidamli. Issiqlikka chidamliligi juda yuqori, ho‘l paytida uzilishdagi mustahkamligi 50-60% ga kamayadi, ko‘p g‘ijimlanadi. Tolasi har xil gazlamalar va trikotaj ishlab chiqarishda ishlatiladi, kalta tolalari shtapelli tolalar deyiladi.

Download 80,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish