Kitobat san’ati Grafika san’ati. O‘zbekiston kitob grafikasi san’atining tarixi, haqida ma’lumot berish



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/36
Sana10.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#652105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Toirova N 2-maktab 2022 kitobat san\'ati tavsiya (2)

353 varaq, hajmi 68 x53x22 sm. 
O’zbekiston musulmonlari idorasi 
kutubxonasida saqlanadi. 
Qog’ozning kashf qilinishi kitob tarixida yangi davr ochdi.
Ayrim 
ma’lumotlarga qaraganda, 
650 yillardayoq Samarqandda qog’ozli kitoblar 
bo’lgan. 
13-asrdan Yevropada qog’oz asosiy yozuv materiali bo’lib qoldi. 
Qog’oz kitobning ko’payishiga va tarqalishiga yangi imkoniyat ochdi. Kitob 
bezashga alohida ahamiyat berildi. Uning sahifalariga turli miniatyuralar, 
hoshiyalariga bezaklar ishlana boshladi. Asta-sekin 
xattotlik 
(kallegrafiya), 
muqovasozlik,
kabi kasblar ajralib chiqdi. Ayniqsa O’rta Osiyoda o’rta asrlarda 
xattotlik san’ati keng rivojlandi. Mashhur xattotlarning ko’p avlodlari kitob 
tayyorlash usulini- materiallar, siyoh, xat ko’chirish texnikasini takomillashtirib 
bordilar. 
10-12-asrlarda Movarounnahrda muayyan soha sifatida shakllangan 
kitobat 
san’ati 
14-15-asrlarda yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi. Har bir kitob 
qog’ozidan tortib muqovasigacha, siyohidan to bo’yoqlari-yu zarhaligacha 
ma’lum me’yordagi modda, reja vaqoida asosida tayyorlanadi, hatto kitobdan 
xushbo’y hid anqib turishi uchun ba’zan siyohga gulob yoki anbar qo’shilardi. 
Qo’lyozmalar nafis husnixat, zarafshon (tilla suvi sochish), suvli bo’yoqlar 
bilan hoshiyaga nafis naqshlar ishlab badiiy bezatildi. 15-16-asrlarda bir qancha 
iste’dodli xattot, musavvir, lavvoh va sahhoflar (Abdurahmon Xorazmiy, 
Sultonali Mashhadiy, Sultonali Xandon, Mirali qilqalam va b.) yetishdi. Hirot 
xattotlariga ustozlik qilib, kitobat san’ati ravnaqiga ulkan hissasini qo’shgan 



xushnavis xattotlardan Sultonali Mashhadiy edi. U Nizomiy, Hofiz, Sa’diy, 
Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqalarning asarlarini ko’chirib shuhrat qozondi. 
Sultonali tomonidan 50 dan ziyod kitob bizning davrimizgacha yetib kelgan. 
Temuriy hukmdorlar devonxonalari qoshida, xususan, Samarqand, Hirotda 
maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgan. Bunday kutubxonalar o’rta asrning 
o’ziga xos hunarmandchilik korxonasi bo’lib, ularda qo’lyozma kitoblarni 
to’plash va saqlash bilan birga kitobsozlik bilan bog’liq bo’lgan bir qancha 
amaliy ishlar bajarildi. Bunday saroy kutubxonalarining boshliqlari “kutubxona 
dorug’asi” yoki “kitobdor” deb atalgan. Ularning qo’l ostidagi ko’plab 
xushnavis xattot, naqqosh-musavvirlar, lavvoh, sahhoflar kitob yaratishga doir 
turli vazifalarni bajarishgan. Masalan, 15-asrning 1- yarmida Hirotda 
Ulug’bekning ukasi Boysunqur kutubxonasida 40 xattot va bir qancha naqqosh 
qo’lyozma asarlardan nusxalar ko’chirish va ularni bezash bilan band bo’lgan. 
Har bir qo’lyozma kitob bir necha mutaxassis qo’lidan o’tardi. 1425-29 yillarda 
Ja’far Boysunquriy tomonidan Abulqosim Firdavsiyning mashhur “Shahnoma” 
asari ko’chirilib, 20 ta turli mazmundagi rangdor miniatyuralar bilan bezatilgan. 
Noyob san’at asari sifatida bu kitob Tehron muzeyida saqlanadi. Husayn 
Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasi ham o’z davrida mashhur 
bo’lgan. Navoiy badiiy qo’lyozma san’atini rivojlanishiga katta hissaa qo’shdi. 
Uning bevosita ko’magi bilan Behzod, Sultonali Mashhadiy, Shoh Muzaffar 
kabi o’nlab kitobsoz ustalar yetishib chiqdi. Bu ustalarning uslub va an’analari 
keyingi yillardagi kallegrafiya san’atining asosini tashkil etdi. Turkistonda 
hattotlik yo’li bilan kitob tayyorlash uzoq vaqt davom etdi. Hatto kitob bosish 
kashf qilingandan keyin ham, dastlabki vaqtlarda kitoblar qo’lyozma yo’li bilan 
ko’paytirilar edi. 
Kitob nusxalarini ommaviy ko’paytirish yo’lidagi izlanishlar natijasida 
ksilografiya 
paydo bo’ldi. 15- asrning 40- yillarda Germaniyalik Iogann 
Gummenbrg tomonidan kitob bosish ixtiro qilinishi kitob taraqqiyotida yangi 



davr ochdi. Kitob bosish texnikasi asta-sekin takomillashib, boshqa 
mamlakatlarda ham tarqala boshladi. 
Turkistonda bosma usuli bilan kitob chiqarish O’rta Osiyo Rossiyaga qo’shib 
olingandan keyin tarqaldi. 1868 yilda Toshkentda Turkiston harbiy okrugi 
shtabining bosmaxonasi tashkil etildi. Shu bosmaxonada nashr etilgan rus olimi 
va sayyohi N. A. Severtsovning “Suh va Norin tizmalari etagidagi tog’li o’lka 
to’g’risida lavhalar” (rus tilida) kitobi Turkistondagi ilk bosma kitobdir. O’zbek 
tilidagi birinchi bosma kitob Shohimardon Ibrihimovning 1871 yil Xivada 
bosilgan “Kalindar”idir. Birin-ketin Turkistonning boshqa shaharlarida ham 
xususiy litografiyalar tashkil etildi. Bulardan Otaxon Abdaliyev (Xivada), 
Semyon Laxtin (Toshkentda), G’ulom Hasan Orifjonov (Toshkentda) 
litografiyalari mashhur. Bu bosmaxonalarda adabiy, falsafiy, diniy, tarixiy 
asarlar va darsliklar chiqarildi. 
Sobiq SSR davrida Oktabr to’ntarishidan so’ng sobiq sovet tuzumi davrida 
kitob bosish ishi birmuncha rivojlanib, ommaviy kitoblar yaratish ishiga katta 
ahamiyat berildi. Lekin kitobga, boshqa ommaviy vositalari kabi, KPSS va 
sobiq Sovet hukumatining qudratli mafkuraviy quroli sifatida qaraldi. Shu 
maqsadda juda ko’p nom va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiy 
siyosiy, badiiy, ilmiy kitoblar nashr etildi. Ayni vaqtda, 20-30-yillarda, 
O’zbekistonda asrlar mobaynida saqlanib kelingan qo’lyozma kitoblar, ayniqsa 
diniy, tarixiy mazmundagi kitoblar, keyinroq qatag’onga uchragan o’zbek 
yozuvchilarining asarlari yo’q qilina boshlandi: o’tda kuydirildi, suvga 
tashlandi. 
Istiqloldan keying yillarda kitob mahsulotlari mavzu-mundarijasida keskin 
o’zgarish bo’ldi. Tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga taalluqli kitoblarga alohida 
ahamiyat berildi. Qur’oni karimning o’zbektilidagi tarjimasi ikki bor nashr etildi 
(1991y., “Cho`lpon” nashriyotida; 2001 y., Toshkent Islom universititi 



nashriyotida). Imom Buxoriyning 4 jildli “Hadis”lari (1991-96 yillar, Qomuslar 
Bosh tahririyati), Amir Temur mavzusi bilan bog’liq o’nlab kitoblar chiqarildi. 
Alisher Navoiyning 20 jildli to’la asarlari (1998-2002, O’zbekiston FA “Fan” 
nashriyoti) chop etildi. Turli nashriyotlarda Forobiy, Berubiy.Ibn Sino, 
Najmiddin Kubro, Mahmud az Zamaxshariy, Mirzo Ulug’bek, Ahmad 
Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir va boshqalarning asarlari, 33 jildli 
“Xotira” kitobi chiqarildi. “O’zbekiston” nashriyotida O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I. A. Karimovning 10 jildli asarlari nashr qilindi (1997-2002). 
Hozirda I. A. Karimovning chop etilgan asarlari soni 100 dan oshgan. Mavjud 
nashriyotlar ommaning talab- ehtiyojlaridan kelib chiqib badiiy, ilmiy, 
ommabop, darslik va boshqa turdagi kitoblar nashr etmoqdalar. Kitoblarning 
badiiy va matbaa ijrosi ham jahon andozalariga javob beradigan darajada 
yuksalib bormoqda. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish