[ void | int ] ism();
yozuv nom konstruksiyasi o’rniga til qoidalariga mos ravishda konkret ismni ko’rsatish zarur, ularning oldida esa yoki void yoki int yoki hech narsa qo’yilmasligini bildiradi. Figurali qavslar faqat bittasini tanlash talab etilgan elementlarni guruhlash uchun foydalaniladi. Kvadrat qavslar sintaksis elementi bo’lgan xollar alohida ta'kidlanadi.
1.2-rasm. Bajariluvchi dasturni yaratish bosqichlari
C++ tini o’rganishni eng oddiydan – alifbodan boshlaymiz, so’ngra yanada murakkabroq elementlarni o’zlashtirib ob’ekt – yo’naltirilgan dasturlash ichiga kirib boramiz va ularda adashmaslikka harakat qilamiz. Oxirida “aniq kirish protokolli inkapsularlangan abstraksiyalar” haqida, “agar obyekt nusxasi tuzuvchisiga kirish mumkin bo'lmasa, favqulotda holni xosil qilish”ning mumkin emasligi haqida oson va yoqimli ravishda mulohaza yurita olamiz.
Til alifbosi
C++ tilning alifbosi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Katta va kichik lotin xarflar va ta’kidlash ishorasi
0 dan 9 gacha arab raqamlar
Maxsus belgilar
" { } , ¦ [ ] ( ) + - / % * . \
' : ? < = > ! & # ~ ; ^
Bo’shliq simvollari: bo’shliq, tabulatsiya simvollari, yangi satrga o’tish simvollari.
Alifbosi simvollaridan til leksemalari shakllanadi:
identifikatorlar
tayanch (zahiralangan) so’zlar
amallar ishoralari
konstantalar
ajratuvchilar (qavslar, nuqta, vergul, bo’shliq belgilari)
Leksemalar chegaralari boshqa leksemalar ajratuvchilar yoki amallar ishoralari kabilar bilan aniqlanadi.
Identifikatorlar
Identifikator – bu daturiy obyektning nomi. Identifikatorda lotin xarflari, raqamlar va ta'kid belgilari ishlatiladi. Katta va yozuv harflari farqlanadi, sysop, SySoP, SYSOP- uchta turli nomlar. Identifikatorning birinchi simvoli bo’lib harf yoki tartib belgisi bo’lishi mo’mkin, lekin raqam bo’lmay nomlar orasiga bo’sh joy qoldirishmaydi.
MASLAHAT. Dasturlarni o’qishni yaxshilash uchun obyektlarga ma’noli ismlar berish lozim. Nomlarni yaratish qoidalari haqida shartnoma mavjud, u vengr notatsyiyasi deb ataladi (chunki uni millati bo’yicha vengr bo’lgan Microsoft kompaniyasi xodimi taklif etgan). Unga ko’ra identifikatorni tashkil etuvchi har bir so’z, bosma harf bilan boshlanadi, boshida miqdor tipiga mos keluvchi prefiks qo’yiladi, masalan, iMaxLength, IpfnSetFirstDialog. Boshqacha an’ana - nomni tashkil etuvchi so’zlarni ta’kid ishoralari bilan ajratiladi: maxjength, number_of_galosh.
Identifikator uzunligi standart bo’yicha chegaralangan, lekin ba'zi kompilyatorlar va komponovkachilar unga cheklashlar qo’yadi. Identifikator o’zgaruvchi, funksiya, tip va h.k.larni e’lon qilish bosqichida yaratiladi, shundan so’ng uni dasturning keyingi operatorlarida foydalanish mumkin. Identifikatorni tanlashda qo’yidagilarni e’tiborga olish lozim:
identifikator tayanch so’zlar va tilning standart obyektlari foydalanadigan nomlar bilan ustma – ust tushmasligi lozim.
identifikatorlarni ta’kid belgilari bilan boshlamaslik kerak, chunki ular sistema funksiyalari yoki o’zgaruvchilar nomlari bilan ustma -ust tushishi mumkin, bundan tashqari, bu dasturning mobilligini pasaytiradi.
tashqi o’zgaruvchilarni aniqlash uchun foydalaniladigan identifikatorlarga yig’uvchining cheklashlari qo’yiladi, turli yig’uvchilar yoki talqinlaridan foydalanish tashqi o’zgaruvchilar nomlariga turlicha talablar qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |