1-QISM
STRUKTURALI DASTURLASH
Dasturlashning an’anaviy texnologiyasi dasturning asosiy istemolchilari ilmiy muassasalar bo’lgan sharoitlarda hisoblash resurslari chegaralangan, qo’llab quvvatlash muommolari no’malum edi. Dastur sifatining asosiy mezonlari bo’lib, uning tor doirada tushuniladigan samaradorligi va kompaktligidir. Vaqt o’tishi bilan dasturlar shunchalik murakkablashdiki, ularni ishlab chiqishga katta jamoasining ko’p yillar mehnati sarf bo’lar edi, natijada sistemalar kechikib paydo bo’lar edi va minglab xatolarni o’z ichiga olar edi.
Dasturiy taminot inqirozi dasturning butun sikli - fikrlashdan tortib foydalanishni to’gatgungacha davomida umumiy xarajatlarni pasaytiradigan dasturlarni yaratishning yangi usulini ishlab chiqish zarurligiga olib keldi. Bunday texnologiya 70 -yillar boshlarida paydo bo’ldi va strukturali dasturlash deb ataladi. Uning asosida dasturlash nazariyasi va yo’qori malakali dasturchilar shaxsiy tajribasini muvofiqlab tuzish hamda dasturlarga qo’yilgan zamonaviy talablar va ularni ishlab chiqishning sanoat xarakterini hisobga olish yotadi.
Dastur qanoatlantirish lozim bo’lgan asosiy talab – maxsuslashtirishga to’liq mos ravishda ishlash va foydalanuvchi ixtiyoriy xarakatlariga adolat javob berishdan iborat. Bundan tashqari dastur buyurtma berilgan muddatga aniq chiqarilishi va zarur o’zgarish va qo’shimchalarni tezkor kiritishga yo’l qo’yishi lozim. Bunda joylashadigan xotira hajmi va algoritmlar samaradorligi afsuski bunda 2-chi darajali bo’lib qolmoqda. Boshqacha aytganda dasturning sifatining zamonaviy mezonlari – bu avvalo, ishonchlilik hamda dasturi va uning hamrohlarini ishlab chiqishni aniq rejalashtirish imkoniyati hisoblanadi.
Bu maqsadlarga erishish uсhun dastur oddiy strukturaga ega bo’lishi, yaxshi o’qiladigan va oson takomillashuvchi bo’lishi kerak.
Srtukturali dasturlash – ma’lum qoidalar asosida ishlab chiqarish muddatini va xatolar sonini kamaytirish hamda dasturlarni takomillashtirish imkoniyatini osonlashtirishga imkon beruvchi dasturlarni yaratish texnologiyalaridir. Strukturali yondashuv loyiha ishlab chiqishning barcha bosqichlari: maxsuslashtirish, loyihalash, dasturlash va testlashni o’z ichiga oladi.
Ayniqsa C++da dasturlashda ma’lum tartibga rioya qilish juda muhim. Bu til shunday katta puxtalik va katta imkoniyatlarga egaki, agar boshidan boshlab qattiq chegaralarga qo’yilmasa, dastur tezda sozlab bo’lmaydigan ulkan boshqarib bo’lmaydigan maxluqqa aylanadi.
Dasturlashga strukturali yondashuv yetarlicha yirik loyihalarni muvofiqiyatli yaratishga imkon berdi, lekin dasturiy ta’minot murakkabligi osha bordi va ularni bartaraf etish uchun yanada rivojlangan vositalar talab qilinar edi. Strukturali dasturlash (S.D) g'oyalari obyektli-yo’nalgan dasturlash (O.Y.D) – juda katta dasturiy sistemalarning tuzilishi va boshqaruvi oddiyligiga erishishga imkon beruvchi texnologiyalarda o’zining keying rivojiga erishdi.
Dasturlarni yaratishning yagona eng yaxshi usuli mavjud emas. Turlicha turdagi va saviyadagi masalalarni yechish uchun dasturlashning turli texnologiyalarini qo’llashni talab etadi. Oddiy xollarda dasturlarni strukturali yozish sirlarini egallash yetarli murakkab loyihalarni yaratish uchun esa nafaqat tilni to’liq hamda erkin egallash, balki dasturlarni loyixalash va sozlash prinsiplari, standart va boshqa kutubxonalar imkoniyatlari va h.k.lar haqida tasavvurga ega bo’lishi lozim. Odatda masala qancha murakkab bo’lsa, uni yechish uchun zarur bo’lgan jixozlarni egallashga shunchalik ko’p vaqt talab etiladi.
Biz bu tilning tarkibi va asosiy konstruksiyalarni – dasturlarni yozish uchun zarur, lekin yetarli bo’lmagan ma’lumotlarni o’rganishdan boshlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |