main() funksiyasi
Dastur ishga tushirilgandan so'ng boshqaruv uzatiladigan funksiya main nomiga ega bo'lishi lozim. U chaqirilgan sistemaga qiymatni qaytarishi va tashqi atrofdan parametrlarni qabul qilishi mumkin. Qaytariluvchi qiymat butun tipda bo'lishi lozim. Standart funksiyalar ikki formatni ko'zda tutadi:
// parametrlarsiz;
main(){ /* … */ } tipi
// parametrlari ikkita;
main(int argc, char* argv[]){ /* … */ } tipi
Dastur ishga tushirilganda parametrlar bo'shliqlar bilan ajratiladi. Dasturda parametrlar nomlari ixtiyoriy bo'lishi mumkin, lekin argc va argv lardan foydalanish qabul qilingan. Birinchi parametr (argc) dasturning o'zining nomini ham o'z ichiga oluvchi funksiyaga uzatiluvchi parametrlar sonini aniqlaydi, ikkinchi (argv) parametr char* tipidagi ko'rsatgichlar massiviga ko'rsatgich hisoblanadi. Massivning har bir elementi nul-simvol bilan tugaydigan C-satr ko'rinishida saqlanuvchi buyruq satri alohida parametriga ko'rsatgichni o'z ichiga oladi. Massivning birinchi elementi (argv[0]) bajarishi uchun ishga tushuriladigan faylning to'liq ismiga murojaat etiladi, navbatdagisi (argv[1]) birinchi parametrni argv[2] – ikkinchi parametrni va h.k.ni ko'rsatadi. argv[argc] parametr 0ga teng bo'lishi lozim.
Agar main() funksiya hech narsani qaytarmasi, chaqirilgan sistema muvaffaqiyatli yakunlashni bildiruvchi qiymatni oladi. Nol bo'lmagan qiymat xatoli tugallashni bildiradi. main() dagi qaytarish operatorini tashlash mumkin.
#include
void main(int argc, char* argv[]){
for (int i = 0; i}
Dasturni bajariluvchi fayli main.exe nomga ega bo'lsin va buyruq satridan chaqirilsin:
d:\cpp\main.exe one two three
Ekranga quyidagilar chiqadi:
D: \CPP\MAIN.EXE
one
two
three
Standart kutubxona funksiyalari
С++ dagi ixtiyoriy dastur tiplar, konstantalar, makroslar, funksiyalar va sinflar ta'riflar joylashgan standart kutubxonaga murojaatlarni o'z ichiga oladi. Ularni dasturda foydalanish uchun #include direktivasi yordamida tegishli e'lonlar joylashgan sarlavhali fayllarni dasturning berilgan matniga kritish talab etiladi. Kutubxona funksiyalarning o'zlari kompilinirlangan holda saqlanadi va komponovka bosqichida dasurga kiritiladi. C++ dasurlarida C kutubxonadan meros bo'lgan funksiyalardan foydalanishi mumkin. Использование классов стандартной библиотеки рассматривается в третьей части книги.
Kutubxona funksiyalarini ularning vazifalari bo'yicha guruhlarga ajratish mumkin: kiritish/chiqarish satrlarni qayta ishlash, matematik funksiyalar, dinamik xotira bilan ishlash, izlash va saralash va h.k. Kutubxona funksiyalari ro'yxati 6-ilovada keltirilgan. Quyida C uslubida kiritish/chiqarish funksiyalari, satrlar va simvollar bilan ishlash funksiyalari va matematik funksiyalar qisqacha sharhi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |