15- Qism
Matematik hisobimizni boshqarish va
undagi psixologiyalar.
Har qaysi treyder qancha kitoblarni o’qimasin qancha savdo
strategiyalarni bajarmasin, unga muvaffaqiyat bo’lmaydi. Chunki har
qanday savdo strategiya har qaysi tomondagi yo’nalishni ko’rsatadi va
sizni qayerga bozorda kirish kerak va qayerdan chiqish kerakligidan
adashtiradi.
Savdoning eng asosiy muhim qismi bu birinchi navbatda
Psixologiya rol o’ynaydi. Agarda bizda qo’rquv yoki maqsad bo’lmasa,
ishimiz planlashtirilmagan bo’lsa unda har qanday tomonga savdoga
kirsak bizda faqat zarar ketadi. Shuning uchun ham eng asosiy forexda
ishlashda matematik boshqaruv va psixologiya sanaladi. Agarda biz
hisobimizdagi summadan kam miqdorini bozorda ishlatsak unda biz
ancha kunga zararga turib qaytib biz analizlashtirilgan tomonga borsa
unda biz hech ham afsuslanmaymiz. Ba’zi bo’lajak treyderlar ya’ni
o’quvchi treyderlar o’zlarini sinash uchun virtual hisoblar ochib
ishlashadi. Ular o’rganishadi qayerda qanday qilib kirish kerak
ekanligini o’zlashtirishni boshlaydilar. Ularga virtual hisobda juda
muvaffaqiyatga erishadilar. Hattoki ular bir kunni ichida balansdagi
96
summani 1 baravarga ko’paytirishishadi. Agarda bunday bilimga ega
bo’lsalar ular real summa bilan boshlamoqchi bo’lishadi va boshida
yaxshi boshqarishadi va oxir oqibat hamma summani yo’qotishadi. Yana
ular virtual hisobda ishlashadi, hammasi yaxshi hattoki juda ham zo’r
savdolashishadi. Lekin real summaga kelsak ishlar chappasiga ketadi.
Bu yerda vertual bilan realni farqi nimada deysiz. Albatta psixologiyada,
chunki demoga biz oddiygina analizlashtirib va unga kam e’tibor
beramiz, chunki vertual hisobni olib bo’lmaydida, lekin real hisobni olib
bo’ladi. Shuning uchun ham real hisobda har tomonlama o’ylaymiz,
qayerda qanday agarda zararga ketsachi unda nima bo’ladi, marja
yetmasa nima qilaman yoki mana narx boryapti bozorda kiraymi agarda
hozir kirmasam narx uzoqga borib qoladi men esa bundan unumli
foydalana olmayman. Mana shuncha bizda xayollar o’tadi. Chunki har
birimiz ham foyda olishimiz kerakku. Bundan unumli foydalanishni
istaymiz. Lekin oxir oqibat bu biz o’ylagan natija bo’lmaydi. Biz narx
oxirida kelganda kiramiz yoki biz savdoda kirdikki qarama qarshi trend
boradi. Shuning uchun ham siz tendensiyani yoki bozorda kiradigan
joydan ulgurmadizmi demak savdoda kirish befoyda bu 50 ga 50
sanaladi. Yoki trend siz qo’ygan joydan foydaga boradi yoki qarama
qarshi zararga boradi. Taxmin bilan savdolashib bo’lmaydi chunki
taxmin ko’proq zararga ishlaydi. Birinchi navbatda bozorda
savdolashish jarayonida bizda dalilar kerak qayerda nima dalil bo’ldiyu
biz kirdik. Qanday axborotlar bo’lyapti, tendensiya, modellar qanday,
Ayiq pozitsiyasimi yoki Buqa yoki qarama qarshi tendensiya boradimi
buni ham inobatga olgan holda bozorga matematik analizmizni
buzmasdan savdoda qatnashishimiz kerak. Tasavvur qilamiz bizni
hisobimizda 200 dollar mablag’ mavjud. Biz uni qanchasini bozorda
ishlatishimiz mumkin, agarda matematik analizimizni inobatga olsak
10% da ko’pini biz ishlata olmaymiz. Shu 10% ni ham 2 yoki 3 martada
ishlatishimiz kerak. Aks holda tendensiya yangilik chiqgan paytda
to’g’ri kelsa biz 15- 20 minut ichida 100-150 punkt zaraga tushib
qolishimiz mumkin. Agarda biz 10% dan oshirsak bizda marja qolmaydi
va biz hisobimizdagi hamma summani yoqotishimiz mumkin. Shuning
uchun ham 200 dollardan biz ko’pi bilan 0.02 lot ochishimiz mumkin.
Bunda 0.01 lot biz kerakli joyda ishlatamiz agarda bizda zararga ketsa
va tendensiya qaytsa biz 0.02 lot qarama qarshi pozitsiyada kirishimiz
mumkin. Buning uchun ham bizni analizimiz tez o’zgarsa albatta.
97
Rasm- 15.1
Ko’plab shunday va’ziyatlar bo’ladiki biz bozorga dalil isbotlar bilan
kirgan taqdirda ham bizda zararga ketadi buning uchun qanday zararlarni
himoya qilish kerak. Agarda Rasm- 15.1 ko’rsatilgan joydan bozorga
kirsak biz zararga tushamiz. Shuning uchun bizni analizimiz to’g’ri
kelmadimi biz shu yerdan qarama qarshi pozitsiya sell ochishimiz mumkin.
Agarda biz qarama qarshi ( Xedj) ochsak buni 1 baravarga buy
pozitsiyasidan ko’ra ko’proq ochsak sell pozitsiyasi, unda biz foydaga
chiqamiz va 2 pozitsiyamizni yopamiz ham buy ham sell pozitsiyalarni.
Har doim buni yoddda saqlashimiz kerak, bizni hisobimizda har doim
eng kamida 1000 punkt marjada turishi kerak, hamma pozitsiyalarimizni
qo’shgan holatda.
Shunday holatlar bo’ladiki bizni analizmiz to’g’ri chiqadi lekin 100-150
punkt zararga borib keyinchalik foydaga boradi. Chunki har bitta analizga
aniqlik kiritguncha 100-200 punkt qarama qarshi tendensiyalar yoki qaytish
ehtimolini ko’rishimiz mumkin. Shunday holatda biz tushib qolsak qaytish
ehtimoliga va bizni ustiga ustak pozitsiyamiz bo’lsa unda biz faqatgina
qarama qarshi pozitsiya 1 baravar ko’paytirib hamma zararlarni foydaga
olib chiqib bilamiz.
98
Rasm- 15.2
Qanday biz analiz qilmasak bozorni to’liq qayerga boradi va qayerdan
qachon, qancha payt mudatda borishi mumkinligini biz umuman
bilmaymiz. Rasm- 15.2 Trend kanalidan kesib tushgan va trend kanaliga
yordamchi chiziq bo’ylab ketganda va shu yerdan tushgan. Albatta bunday
vaziyatda biz savdoda juda qulay vaziyat deb tushunamiz va savdoda
qatnashamiz. Lekin bu ozgina tushib fleyt jarayoniga borgan. Bu fleyt
jarayoni 140 punkt bo’lyapti va qaytib pasga tushishini ko’rib turibmiz.
Lekin bu 140 punkt zararni ushlab turish ham va juda uzoq payt fleyt
jarayoni borishi ham insonni umidini so’ndiradi. Shuning uchun ham bu
yerga toki bir analiz sizga isbotlab bermasa tendensiya jarayonini biz hech
harsa qila olmaymiz. Trend yo’nalishni analizlashtirish jarayonida biz
albatta 40-50 punktga kamida adashamiz. Hattoki Tendensiya
o’zgarganligini bilmay ham qolishimiz mumkin shuning uchun ham bizda
kanallar va matematik hisobimzini boshqarishimiz katta yordam beradi.
Toki bir analiz to’liq trend jarayonini ko’rsatmasa hech qachon sovdoda
kirish mumkin emas. Agarda trend kanalidan tendensiya chiqsa bizda toki
yangi bir trend kanali hosil bo’lmasin biz bozorda kira olmaymiz. Chunki
har xil vaziyat bo’lishi mumkin agarda bizda trend kanallar orqali biz
yo’nalishni olmasak. Shuning uchun ham bizda yo’nalishni Kanallar
modellar, va boshqa turdagi figuralar tendensiyani jarayonini isbotlab
beradi.
99
Rasm- 15.3
Savdoda qatnashish uchun ham albatta zararlarni va qanchaga biz
zararga ushlab qachon foyda ko’ra olishimizni bilib olishimiz kerak. Rasm-
15.3 ko’rsatilgani kabi Savdo jarayoni manashu joy sanaladi. Noaniqlik esa
kanaldan chiqgan jarayon sanaladi. Biz agarda savdoda foyda olishni
istasak noaniqlik joyda tendensiya boriganligi sababli shuncha zararga biz
turishimizga to’g’ri keladi va biz vaqt o’tgan sari bozorni pozitsiyamiz
foydaga borgan taqdirda pozitisyamizni yopishimiz mumkin. Shuning
uchun ham tendensiyani yo’nalishini toki aniqlaguncha o’tgan minimumlar
va maksimumlar keyingi minimum o’tgan maksimumdan o’tsa shundagina
biz tendnesiya yo’nalishini aniqlaymiz ungacha agarda bizni pozitsiyamiz
ochiq bo’lsa 100-150 punkt zararga turamiz.
Aslida har bir inson 200-300 aqsh dollari bilan savdolasha olmaydi.
Chunki inson ko’proq pul topishni va u hayotida yetarli darajada bo’lishi
xoxlaydi va ko’pchilik shu 200-300 aqsh dollarini 1000-2000 qilay deydi.
Lekin oxir oqiba bu ish bo’lmaydi. Chuni katta lot bilan kirish boshlanadi.
Tendensiya juda uzoq zararga borsa marjada pul yetmaydi. Shuning uchun
ham kamida 1500-2000 aqsh dollari kerak bo’ladi agarda kuniga 10-20
dollar ishlayman desa. Chunki uning har bir savdoda ochgan pozitsiyasi 0.1
lot maksimal holatda ochadi va 15-20 punkt olishi mumkin kuniga.
Manabu sal bo’lsa ham real holat sanaladi. Bozorda ko’p punkt olaman
yoki men trendni qanchaga borsa hammasini olaman degan gap yo’q
chunki har bir analizimizdagi holatlar ko’pi bilan 80% ishlashi mumkin va
20% esa tshunarsiz darajada borib biz kutgan narxdan kelmasligi mumkin.
Shuning uchun 200-300 aqsh dollari bilan boshlagan treyderning 1500-
2000 dollar bilan boshlagan treyderga farqi manashunda. Har bir
100
treyderning ham maqsadi pul ishlash sanaladi. Lekin esimizdan
chiqarmasligimiz kerak balansimizda ko’proq summa bizni ehtiyotkorlik
bilan ishlashga undaydi. Kam summa esa ko’p lot bilan kirib
depozitimizdagi pul miqdorini tezroq ko’paytirishni istaydi. Bunday olib
qarasak qancha summa bilan siz ishtirok etaman desangiz ham, hech
qachon o’quv qo’llanmadagi darsliklarni esimizdan chiqarmasligimiz
kerak. Treyderlik chegaralarni Psixologik chegaralar va matematik
boshqaruv chegarasini buzmasligimiz kerak. Agarda sizga 5-6-10 martalab
ochgan pozitsiyangiz muvaffaqiyatli bo’lsa bu deganiki keyingi
pozitsiyamiz ham xuddi shunday yaxshi boradi degani emas. Biz qaysi
texnika savdo strategiya bilan ishlamaylik vaqtincha hammasi buziladi. Bu
jarayon ya’ni buzilish jarayon o’tsa yana bizni savdo strategiyamiz
ishlashni boshlaydi.
Insonga shunday sxusiyat borki agarda treyder 5-7 marta foydaga o’z
pozitisyasini yopsa unda u katta lot bilan kirishni istaydi. Chunki u shunday
o’ylaydi men 7 marta foyda oldim yana 2 marta ko’p lot bilan bozorga
kirsam foyda olamanku deb o’ylaydi. Lekin bu aksincha hamma summani
zararga ketkazishi mumkinligini bilmaydi. Shuning uchun ham bunda
kuchli chegaralar mavjud. Uni hech qachon buzmaslik kerak. Har bir
texnik analizda Psixologik, matematik analizimizni qoidasini hech qachon
buzmasligimiz kerak. Agarda mening esimdan chiqib ketadi desangiz
monitoringiz oldida bir qog’ozda yozib chiqing va shu qog’ozga ko’ziz
tushib tursin. Shundagina savdoning muvaffaqiyatiga erisha olasiz
Hurmat ila sizning kamtarin do’stingiz
Radjabov Akmal
101
Do'stlaringiz bilan baham: |