Kitob taqdimoti senariysi


Mashg’ulotning blok sxemasi



Download 0,57 Mb.
bet15/18
Sana16.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#496536
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2 5398042492501232590[1]

Mashg’ulotning blok sxemasi:



Mashg’ulotning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I. Tashkiliy qism. O’quvchilar davomati aniqlanadi.Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Mashg’ulotda psixologik iqlim yaratish,mashg’ulotshiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga mashg’ulotning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu mashg’ulotning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.

1.2. Mashg’ulotda psixologik iqlim yaratish,mashg’ulotshiori va maqsadini e’lon qilish:
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:
O ’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
FAOLLASHTIRISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR ASOSIDA
III. Yangi mashg’ulot mavzusi mazmunini tushuntirish:

G’arbiy turk xoqonligi tasarrufiga O'rta Osiyo va SHarqiy Turkistonning bir qismi kirardi. Uning markazi Yettisuv edi. G’arbiy xoqonlik ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jixatdan SHarqiy xoqonlikdan mutlaqo ajralib turardi. SHarqiy xoqonlik axolisining asosiy qismi chorvador ko'chmanchilar edi. G’arbiy xoqonlik axolisining kattagina qismi esa o'troq dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg’ul edi.


7 asr birinchi choragida G’arbiy xoqonlik nixoyatda kuchayadi. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa Sind (Xind) daryosi bo'ylariga borib taqaladi. XoqonTo'ng yabg’u (618-630) xukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari islox qilinadi.
Viloyat xokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog’lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida maxalliy xukmdorlarga xoqonlikning «yabg’u» unvoni beriladi.
Natijada ular xoqonning noibiga (vakiliga) aylanadilar. SHu bilan birga O'rta Osiyo, SHarqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mus¬taqil xokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi. Dlar xuzuriga xoqonlikning noiblari - tudunlar yuboriladi. Biroq ichki kurash oqi¬batida G’arbiy turk xoqonligi zaiflashib boradi.Turk xoqonligiga birlashgan axolining xayoti xam, xo'jaligi xam turlicha edi. Ko'chmanchilarning asosiy mashg’uloti chorvachilik bo'lgan.
Xoqonlikda shaxarlar va qishloqlar ko'p bo'lgan. Axolisi dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanardi. Turk xunarmandlari yasagan zeb-ziynatlar va qurol-yarog’lar xilma-xilligi va nixoyatda puxtaligi bilan ayniqsa ajralib turardi. Far¬g’ona va So'g’dda oltin, mis, temir va simob, eloqda qo'rg’oshin, kumush va oltin qazib olinardi.
Ichki va tashqi savdo-sotiq ishlari xam shaxar axolisining asosiy mashg’ulotlaridan biri edi. Bu davrda ayniqsa So'g’d savdogarlarining mavqeyi baland edi.
7 asrning birinchi yarmida G’arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o'rtasida ayniqsa iqtisodiy aloqalar faollashdi. Bu davrda Xitoyga to'qqiz marotaba savdo elchiligi yuboriladi. Birgina 627-yilning o'zida Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushona (Jizzax va O'ratepa viloyatlari) dan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga etib boradi.
SHunday qilib, G’arbiy turk xoqonligiga birlashgan axolining dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullangan o'troq qismi madaniy jixatdan ilg’or bo'lib xoqonlikning ijtimoiy turmushida etakchi rolni o'ynaydi.6-7 asrlarda O'rta Osiyoda dexqonlar tomonidan yerlarni egallashjarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi. Er va suvdan ajralib qashshoqlashib borayotgan ozod ziroatkor - kashovarzlar mulkdor dexqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi. Qashshoqlik, jabr-zulm va dexqonlar asoratiga qarshi axoli bosh ko'tarishga majbur bo'ladi. SHunday xalq qo'zg’olonlaridan biri 585-586 yillarda Buxoroda yuz beradi. Qo'zg’olonga xoqon xonadoniga mansub Abruy boshchilik qiladi. Qo'zg’olondan vaximaga tushgan mulkdor dexqonlar va boy savdogarlar Bu¬xoro viloyatini tark etib, Turkiston va Taroz atrofiga borib o'mashadilar. Ular turk xoqoniga murojaat qilib, qo'zg’olonchilarga qarshi kurashda yordam berishni so'raganlar

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish