REJA
Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari.
O’tga havfli va portlovchi moddalar bilan ishlash.
Brom va simob metalli bilan ishlash.
Kuyganda va zaharlangana ko’rsatiladigan birinchi yordam.
2
Analitik kimyo laboratoriyasida ishlayotgan har bir talaba quyidagi qoidalarga qat'iy
rioya qilishi kerak:
Laboratoriyadagi har bir ishlovchiga alohida ish joyi tayinlanadi, uni keraksiz narsalar bilan to’ldirib tashlash, stolga papka, kitoblar va boshqa ortiqcha narsalar qo'yish mumkin emas. Ish joyida tartib va tozalikni saqlash kerak.
Har bir laboratoriya ishini boshlashdan oldin unga taalluqli nazariy materiallarni o'rganish kerak, hamda yo'riqnoma bilan chuqur tanishib, noaniq savollarni hal qilgandan so'ng tajribani boshlash kerak. Har bir laboratoriyada ish alohida bajariladi.
Elektr quvvati, gaz, suv, reaktivlar tejamkorlik bilan ishlatilishi lozim. Tajribalar uchun eng kam miqdorda modda oling. Ishlatilmay qolgan yoki ortiqcha olingan reaktivlarni qayta idishga solish mumkin emas. Kam uchraydigan qimmatbaho va zaharli modda qoldiqlarini laborantda saqlanadigan maxsus idishga solish lozim.
Ishlatilgandan so'ng barcha reaktiv va eritmalar saqlanadigan idish qopqog'ini yopib qo'ying, shu bilan birga qopqoqlarni almashtirib yubormang. Umumiy ishlatiladigan reaktivlarni o'z ish joyiga olib ketish man qilinadi. Reaktivlarni idishi bilan kitob va daftarlar ustiga qo'yish mumkin emas.
Analitik kimyo laboratoriyasida xalat kiyib ishlanadi, u erda ovqat eyish, chekish, baland ovozda gaplashish qat'iyan man qilinadi.
Ishni tugatgandan so'ng foydalanilgan idishlarni yuvib qo'yish, ish joyini tozalash, gaz, suv, elektr asboblarini o'chirib qo'yish kerak.
LABORATORIYADA ISHLASHDA RIOYA QILINADIGAN
XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI VA BAXTSIZ
HODISALAR RUY BERGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH
Analitik kimyo laboratoriyasida ishlashda ehtiyot choralariga rioya qilish zarur, chunki organik va noorganik moddalar oz yoki kop darajada zag’arlidir. Bundan tashqari, ularning ko’pi tez o’t oladigan va portlovchandir. Kimyo laboratoriyasida ishlaydigan har bir kishi ishlash vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishi kerak. qanday tajriba bajarilishidan qat'iy nazar, albatta bajarilishi kerak bo’lgan bir g’ancha umumiy qoidalar mavjuddir.
Laboratoriyada hech kim yo’qligida ishlash yaramaydi, chunki baxtsiz hodisa ro’y bersa jabrlanuvchiga yordam beradigan va uning oqibatlarini bartaraf qiladigan kimsa bo’lmaydi.
3
Laboratoriyada ishlash vaqtida osoyishtalik, ozodalik, tartib saqlab, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak, chunki ishlash vaqtidagi tartibsizlik, shoshma-shosharlik oqibatida og’ir baxtsizliklar ro’y berishi mumkin.
Rahbarning ruxsati bilangina ishga kirishish mumkin. Ishning xavfli va ayni kerakli qismini rahbarning nazorati ostida bajarish kerak.
Eksperimentni boshlashdan oldin ishlatiladigan va analiz qilinadigan hamma moddalarning xossalarini bilib olish kerak. Shuningdek, ishning rejasi, uni bajarish texnikasi va asboblarning sxemasini o’qituvchi bilan fikrlashib olish lozim.
Laboratoriyada ishlovchi har bir kishi o’t o’chirish uchun kerakli vositalar: elangan qum solingan yashik (kurakcha bilan), asbest yoki qalin jun odeyal, to’ldirib qo’yilgan o’t o’chirish asboblari, birinchi yordam ko’rsatish uchun hamma narsalari mavjud aptechka, gazniqob yoki respiratorlar qaerda turishini bilishi kerak.
Laboratoriyada chekish, ovqatlanish qat'iy man etiladi.
Kimyoviy moddalarning mazasini totib ko’rish mumkin emas. Har qanday eritmani pipetka yordamida og’iz bilan so’rib olish man etiladi. Moddaning hidini aniqlash uchun idishga engashmasdan, chuqur nafas olmasdan hidlanadi. Buning uchun ehtiyotlik bilan moddaning bug’i yoki gaz idish og’zidan burun tomonga qo’l bilan elpiladi va bir oz hidlanadi.
Ayrim tajribalarni o’tkazishda himoya maska kiyish yoki ko’zoynak taqish kerak.
9.Ishlab turgan asboblarni nazoratsiz qoldirish man etiladi.
10.Ish tugagach gaz, suv va elektr asboblarini o’chirish shart.
Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari
Mineral (xlorid, nitrat, sulfat, ftorid) kislotalar, shuningdek, kuchli organik kislotalar (poli- va monogaloid kar-bon kislotalar) teriga va shiliq pardalarga tegsa kimyoviy kuydiradi. Agar ko’zga kislota sachrasa ko’z qorachig’i zararlanib, kishi ko’r bo’lishi mumkin. Uyuvchi ishqorlar va ularning eritmasi, shuningdek, metall alkogolyatlari ham teri va shiliq pardaga tegsa kimyoviy kuydiradi. Ko’zga ishqor sachrasa kishi ko’r bo’ladi. Shuning uchun kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalarini esda saqlash kerak.
Ishqor va kislotalar bilan qilinadigan hamma ishlar himoya ko’zoynagi taqib bajariladi.
Kislota va ishqorlarni katta idishlardan kichik idishlarga sifon yoki voronka orqali quyishda rezina qo’lqop, fartuk va himoya ko’zoynagidan foydalanish kerak.
Qislota va ishqorlarni og’iz bilan pipetka yoki sifon orqali so’rib olish man etiladi.
Sulfat kislotani faqat issiqqa chidamli idishlarda suyultirish mumkin, chunki bunda ko’p issiqlik ajralib chiqadi. Bunda kislota suvga quyiladi, lekin aksincha emas. Bu ishni bajarishda himoya ko’zoynagi taqib, olish kerak.
4
Ishqorlarni eritishda ham ko’zoynak taqish kerak. Bunda ishqorning kichikroq bo’laklari asta-sekin suvga solib eritiladi. Ishqor bo’lakchalarini faqat qisqich bilan olish mumkin.
Vakuum-eksikatorlarda suvni tortib oluvchi modda sifatida sulfat kislota ishlatish mumkin emas, chunki eksikator yorilib ketsa, kislota sachrab kuydiradi.
Ftorid kislota bilan ishlashda nihoyatda ehtiyot bo’lish kerak. Rezina qo’lqop, himoya ko’zoynagi yoki maska kiyish va ishni mo’rili shkafda bajarish lozim. Juda xavfli va zaharli moddalar bilan ishlash qoidalari Juda xavfli moddalar (natriy va kaliy metallari, porltlovchi moddalar, portlovchi aralashmalar) bilan olib boriladigan hamma ishlarda, past bosim ostida va yuqori bosim ostida ishlashda, albatta, himoya ko’zoynagi taqish yoki maska kiyish kerak. Ish tugagandan keyingina ularni echish lozim.
O’tga xavfli va portlovchi moddalar bilan ishlash qoidalari Laboratoriyada ishlatiladigan reaktivlarning ko’pi reaktsiya natijasida hosil bo’ladigan oraliq mahsulotlar hamda reaktsiyaning bug’, gaz, qattiq va suyuq holatdagi mahsulotlari tez alangalanuvchan va yonuvchan moddalardir. Ba'zi moddalar portlovchan, ba'zilari esa havo bilan aralashganda portlovchi aralashmalar hosil qiladi.
Efir, petroley efir, atseton, uglerod sulfid, benzol va boshqa oson alangalanadigan moddalarni gorelka alangasida, elektr plitkalarda, ochiq idishda bug’latish va qizdirish mumkin emas. Oson alangalanadigan suyuqliklar suvli sovitgich ulangan kolbada oldindan isitib qo’yilgan suv hammomi bilan isituvchi asboblardan uzoqda isitiladi.
Oson alangalanuvchan moddalar (efir, petroley efir, atseton, uglerod sulfid, benzol, spirt) suvli sovitgichli asbobda haydash protsessi borayotgan joydan uzoqda isitib keltirilgan suv xammomi yordamida haydaladi.
Oson alangalanuvchan moddalar solingan asboblarni bir-biridan ajratishdan oldin ular yaqinidagi gorelkalarni o’chirish kerak.
Oson alangalanuvchan moddalarni kanalizatsiyaga, axlat solinadigan chelak va yashikka to’kmaslik kerak. Ularga tasodifan chaqilgan gugurt cho’pi tashlansa, yong’in chiqishi mumkin.
Oson alangalanuvchan moddalarni oxirigacha haydamaslik kerak, chunki ko’p moddalar (dietil efir, dioksan) portlovchi peroksidlar hosil qiladi. Ular qizdirilganda va havo ta'sirida portlaydi. Efir bug’i havodan og’irroq bo’ladi va pastga tomon tushadi. Shuning uchun sovitgich yaxshi ishlamaganda yoki efir qattiq qaynab ketganda efir bug’lari ko’p miqdorda chiqib atrofga tarqaladi. Shu vaqtda atrofda ochiq gaz alangasi bo’lsa yong’in chiqishi va portlashi mumkin.
5
Natriy metalining ustidagi efir va alangalanuvchan moddalarni haydash uchun kolba suv hammomida emas, qum hammomida qizdiriladi.
Organik erituvchi (dioksan, efir) larni ishlatishdan oldin ular tarkibida peroksidlar bor- yo’qligini tekshirib ko’rish kerak.
Vodorod bilan ishlashda shuni esda tutish lozim, vodorod havo bilan aralashganda portlaydi. Shuning uchun quyidagilarga amal qilish kerak:
vodorod bilan ishlashda asbobning germetikligini tekshirib ko’rish kerak;
asbobning ichidagi havo vodorod oqimi bilan siqib chiqarilgandan keyin vodorodning tozaligini tekshirib ko’rish kerak. Probirkaga yig’ib olingan vodorod toza bo’lsa, yoqib ko’rilganda ovozsiz yonadi;
vodorodning tozaligi aniq bo’lgandan keyingina vodorod to’ldirilgan asbobni qizdirish mumkin;
tajriba tugagach, qizdirish to’xtatiladi va asbob vodorod oqimida sovitiladi.
Brom bilan ishlash
Brom faqat qalin devorli, silliqlangan shisha qopqoqli shisha idishlarda saqlanadi. Shisha idishlar mo’rili shkafda qumli metall yashikda saqlanishi kerak.
Teriga brom tegsa qiyin tuzaladigan yara hosil qiladi, shiliq pardalarga ta'sir etadi. Bromli barcha ishlar, albatta, rezina qo’lqop, himoya ko’zoynagi taqib yoki maska kiyilib, yarmigacha berkitilgan mo’rili shkafda bajariladi.
Bromli shisha idishlar qum hammomi yoki chinni idishlarda tashiladi.
Tomchi voronkasi yordamida brom qo’shish bilan bajariladigan ishlarda oldin voronka jo’mragining germetikligini efir yordamida tekshirib ko’rish lozim. So’ngra jo’mrakka surtilgan moyni artib, o’rniga fosfat kislota surtiladi. Jo’mrak favqulodda, voronka korpusidan chiqib ketmasligi uchun uning turtib chiqib turgan uchiga rezina kiygiziladi yoki jo’mrak bog’lab qo’yiladi. Tomchi voronkasiga birdaniga 10 ml dan kamroq brom quyiladi.
Simob metali bilan ishlash
Simob solingan hamma asbob va apparatlar maxsus idishga joylashtirilishi kerak.
Simobni ochiq idishlarda saqlash man etiladi.
Simobni kanalizatsiyaga, chiqindilar tashlanadigan chelakka va hokazolarga tashlash mumkin emas. Chiqindi simobning hammasini yig’ib, og’zi tiqin bilan berkitiladigan qalin devorli maxsus idishga solinadi. To’kilgan simob amalgamalangan mis plastinka yordamida yig’ib olinadi, qolganlariga esa temir xlorid (III) eritmasi quyib, ikki sutka qoldiriladi.
6
Past bosim ostida ishlash qoidalari
Har qanday ishni shisha asboblar bilan vakuum ostida bajarayotganda maska yoki himoya ko’zoynagi taqish shart. Vakuumda haydashda vakuum-eksikatordan havo chiqarilayotggnda ham bunga amal qilish kerak.
Vakuumda haydash tugagandan so’ng asbob sovitilib, atmosferaga ulanmaguncha himoya ko’zoynagini echmaslik kerak. Uni faqat uch-to’rt minutdan so’ng (bosim tenglashgach) echish mumkin.
Kuyganda va zaharlanganda ko’rsatiladigan birinchi yordam
Issiqlik ta'sirida kuyganda darhol kaliy premanganat eritmasi, etil spirt yoki taninning spirtdagi eritmasiga latta yoki paxtani botirib, kuygan joyga bosish kerak.
Kislota to’kilib kuygan joyni tezlik bilan suv oqimida yuvib, keyin natriy gidrokarbonatning 3% li eritmasi bilan artiladi.
Uyuvchi ishqorlar to’kilib kuygan joy suv oqimida yuvilib, so’ngra suyultirilgan sirka kislota bilan artiladi va yana suv oqimida yuviladi.
Ko’zga kislota yoki ishqor sachraganda ko’zni 3—5 minut davomida (qiyin bo’lsa ham) ko’p suv bilan yuvish kerak. Keyin, kislotali reagent sachragan bo’lsa gidrokarbonat eritmasi bilan, ishqor sachragan bo’lsa borat kislota eritmasi bilan yuviladi. Shundan so’ng, albatta, vrachga murojaat qilish kerak.
Fenol ta'sirida kuyganda zararlangan joyni spirt bilan artish kerak.
Brom ta'sirida kuygan joyni darhol spirt yoki suyultirilgan ishqor eritmasi bilan yuvib, keyin yana spirt bilan artiladi. Shundan keyin kuygan joyga surtiladigan maxsus moy dori surtiladi. Brom hidi bilan zaharlanganda spirt bug’idan chuqur nafas olib, sut ichib, ochiq havoga chiqish kerak.
Agar suvda erimaydigan organik modda teriga to’kilib kuydirsa, kuygan joy shu modda eriydigan erituvchi bilan yuviladi.
Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko’rsatyalgandan keyin uni medpunktga olib boriladi.
Yong’inni va yonayotgan kiyimlarni o’chirish
7
Yong’in chiqishi bilan laboratoriyadagi gaz va elektr asboblarni tezda o’chirish kerak. Hamma yonuvchan moddalar olovdan uzoqroq joyga olinadi. Alanga o’t o’chirgich, qum yoki o’t o’chirishda yopiladigan odeyal yordamida o’chiriladi. Alangaga suv sepilmaydi, aks holda, ko’pincha alanga keng tarqalib, yong’in kuchayadi.
Biror odamni egnidagi kiyimi yonib ketsa, uning ustiga tezda odeyal yoki palto yopiladi. Kiyimi yonayotgan kishi chopmasligi kerak, chunki chopganda alanga avj oladi. Yonayotgan kiyimni suv sepib yoki kiyimi yonayotgan odamni erga yumalatib o’chirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
Золотов Ю.А., Дорохова Е.Н., Фадeeва В.И. и др. Основы аналитичeской химии: Y4e6. пособиe. М.: ВШ, В 2 кн. 1999.
Fayzullayev O.,Turobov N., Ro’ziyev E. Va boshq. Analitik kimyo. Laboratoriya mashg’ulotlari. -Toshkent: Yangi asr avlodi. 2006.
Fayzullayev O. Analitik kimyo asoslari. Toshkent: A.Qodiriy nashriyoti. 2006.
Пономарeв В.Д. Аналитичeская химия (в двух частях). Ч.1.-М., Высшая школа, 1982.
8
Васильев В.П. Аналитическая химия (в двух частях). -М., Высшая школа,1989.
www.referat.uz
www.ziyonet.uz
9
Do'stlaringiz bilan baham: |