Salib yurishlarining oqibatlari. Salib yurishlari o`zining asosiy maqsadiga erisha olmadi. Buning ustiga bu yurishlarda yevropaliklar katta talafot ko`rdilar. Shunday bo`lsa-da, salib yurishlari Yevropa uchun qator ijobiy natijalar keltirdi. Chunonchi, o`rta Yer dengizi orqali olib borilgan savdo-sotiq yanada jonlandi. Savdo-sotiqda yetakchilik Italiyaning Venetsiya va Genuya shaharlariga o`tdi.
Yevropaliklar sharqliklardan tarvuz, limon, o`rik, shakarqamish, sholi kabi qator o`zlari uchun yangi dehqonchilik ekinlari yetishtirishni o`rganib oldilar.
Bundan tashqari, shamol tegirmonidan foydalanish, shoyi to`qish, oyna (ko`zgu) yasashni ham o`zlashtirdilar. Shaxmat o`yini ham shu davrlarda Sharqdan kirib keldi. Bir so`z bilan aytganda, salibchilar Sharq madaniy hayoti Yevropanikidan ustun ekanligiga amin bo`ldilar. Eng muhimi, yevropaliklar Sharqda turli dinlarning bir-biri bilan o`zaro murosada yashayotganligini ko`rdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |