Keyingi salib yurishlari. 1217- yildan 1270- yilgacha o`tgan davrda yana to`rt marta salib yurishlari uyushtirildi. Lekin ular samarasiz tugagan. Bu yurishlarda endi butun Yevropa qatnash-magan. Yurishlar oqibatida salibchilar Quddus shahrini butunlay qo`ldan chiqardilar.
1291- yilda turklarning zarbasi natijasida salibchilar Sharqdagi barcha mulklaridan batamom ayrildilar. Kipr oroli XV asrning ikkinchi yarmidan Venetsiya qo`liga o`tdi.
Salib yurishlari oxir-oqibatda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, butunlay to`xtadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |