Kiyev knyazligi. Kiyev Rusi parchalangach, Kiyev knyazligi kichrayib qoldi. Turli knyazliklar Kiyev knyazligini bo`ysundirishga harakat qilib ko`rganlar. Bu ishda ular boyarlar madadiga tayanganlar. Biroq Kiyev knyazligining katta harbiy kuchga egaligi ularga o`z maqsadlarini amalga oshirishga imkon bermagan.
Knyazlikka qipchoqlar tomonidan solingan xavf knyazni katta qo`shin saqlashga majbur etardi. Bu qo`shin o`z ichki dushmanlariga qarshi kurashishda knyazning tayanchi ham edi.
XIII asrga kelib vaziyat o`zgardi. Knyaz bilan boyarlar o`rtasidagi nizo knyazlikni zaiflashtirdi. Oqibatda 1203- yilda Volin knyazi Roman Mstislavich Kiyevni egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |