31-§. Rusda feodal tarqoqlik va uning oqibatlari
Tayanch tushunchalar: Mustaqil knyazliklar. Tarqoqlik oqibatlari. Boyarlar respublikasi. Dvoryanlar. Knyazlar va boyarlar o 'rtasidagi kurash.
Kiyev Rusining bo`linib ketishi. Natural xo`jalik hukmronligi mamlakatning turli hududlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalarni zaiflashtirgan. Bu hodisa XII asrga kelib Kiyev Rusining mustaqil knyazliklarga bo`linib ketishiga olib keldi.
Yodda tuting Kiyev Rus davlati 15 ta mustaqil knyazlikka bo`linib ketdi.
Ular ichida Kiyev, Buyuk Novgorod, Galich-Volin, Vladimir-Suzdal knyazliklari eng yiriklari edi. Ularning har biri mustaqil o`z ichki va tashqi siyosatiga ega edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |