Afrika xalqlari hayoti. Afrikaning tropik o`rmonlarida pigmeylar, bushmenlar kabi turli qabilalar yashashardi. Ular ovchilik bilan shug`ullanishgan. Nayza, kamon va o`q-yoy bu qabilalarning asosiy qurollari edi. Qarindosh-urug`larning kichik-kichik guruhlari chaylalarda yoki shox-shabbalar ostidagi ayvonlarda istiqomat qilishardi. Janubiy Sahroyi Kabir ko`chmanchilari chorvachilik bilan shug`ullanganlar.
Suvga serob o`lkalar xalqlari esa dehqonchilik bilan shug`ul-lanishgan. Ular yerni temir uchli so`qa bilan ag`darishgan. So`qa mahalliy tuproqqa moslashtirilgan ish quroli edi. Tariq, sholi, paxta va shakarqamish yetishtirish qishloq xo`jaligi tarmoqlaridan edi. Afrikaliklar qadim zamonlardayoq sopol o`choqlarda temir eritishni bilishgan. Hunarmandlar mehnat qurollari, qurol-aslaha, idish-tovoq, gazlama, shisha va charm buyumlar yasar edilar.
Niger va Senegal daryolariorasidagi pasttekislikda G’arbiy Sudan joylashgan edi. Niger daryosi sohillarida G’arbiy Sudanning asosiy shaharlari - Tombuktu, Gao, Janna qad ko`targandi.
G’arbiy Sudanning janubida juda ko`p oltin konlari bo`lgan.
G’arbiy Sudan orqali Gvineya ko`rfazidan O`rta Yer dengizi sohillarigacha eng muhim savdo yoilari o`tgan. Dehqonlar Sahroyi Kabir chegarasida yashovchi ko`chmanchilar bilan savdo-sotiq qilishardi. Ko`chmanchilar mahalliy aholiga zarur boigan tuz, teri va chorva mollarini bug`doy hamda hunarmandchilik buyumlariga ayirboshlar edilar.
Afrika davlatlari.Afrikaning eng qadimiy davlatlaridan biri Gana edi. Oltin va tuz savdosi bu davlatga juda katta daromad keltirgan. Gana kamonchilar va suvoriylardan iborat qo`shinga ega boigan.
XI asr oxirida arablarning Marokash sultonligi Gana poytaxtini bosib olgan va vayron qilgan. Gana shohi sultonga xiroj toiab turishga majbur etilgan. Zodagonlari islom dinini qabul qilgan. Tez orada mustaqillikka erishgan Ganani keyinchalik Mali davlati o`ziga tobe etgan.
Malining gullab-yashnashi XIII asrga to`g`ri keladi. Kuchli qo`shini boigan Mali hukmdori karvon yoilari va oltin qazib oladigan qo`shni yurtlarni bosib olgan. Hukmdor va uning yaqinlari islom dinini qabul qilishgan. Shundan so`ng Mali shaharlariga Shimoliy Afrikadan kelgan musulmon savdogarlari joylasha boshlagan.
Mali aholisi jamoa bo`lib yashardi. Jamoa oqsoqollari yerlarni jamoaga bo`lib berar, ularning mehnatini boshqarib, harbiy yurishlarda jangchilarga qo`mondonlik qilishardi.
Mali hukmdori bosib olingan viloyatlarga qo`shin boshliqlari va qarindosh-urug`laridan noiblar tayinlardi, jangchilariga yerlar in'om qilar, jangchilar aholidan soliq undirardi. Shu tariqa Malida yer egaligi tartiboti qaror topa borgan.
Vaqt o`tishi bilan Mali kuchsizlana boshladi. Bunga viloyatlarning mustaqillikka intilishlari, taxt uchun kurashning avj olganligi sabab bo`ldi. o`zaro nifoqlardan foydalangan qo`shni davlatlar mamlakatni bosib olib, vayron qildi. XV asrda Mali butunlay inqirozga uchradi. Mana shu davrda Songai davlati mustahkamlandi. Mamlakat zodagonlari 500 dan 1000 gacha tobe aholisi bo`lgan^^rsliloqlarga egalik qilishardi. Tobe aholi yer-mulk egasiga obrok, davlatga esa soliq to`lashardi. Ozod jamoa a'zolari ham zodagonlarga qaram bo`lib qolishardi.
XVI asr o`rtalarida Songai zaiflasha boshlagan. Hukmdorning oliy martabalarni egallagan qarindoshlari taxtni egallash uchun fitna uyush-tirar edilar. Shaharlardagi musulmon zodagonlar (qozilar, ruhoniylar, savdogarlar) hukmdor bilan deyarli hisoblashmay qo`ygan edi. Ichki janjal va nizolar davlatni zaiflashtirgan. XVI asr oxirida Marokash sultonligi Songaini bosib olgan.
Gvineya ko`rfazi sohillarida ham bir qancha davlatlar vujudga kelgan. Bulardan eng kuchlisi Benin edi. Undan janubroqda XIII asrda Kongo davlati tashkil topdi.