Xromatografiya qilish To`g`ri keladigan erituvchilar sistemasini tanlash uncha qiyin emas. Yupqa qatlamli xromatografiyani afzalliklaridan biri erituvchilar sistemasini qutbligini o`zgartirib moddani yaxshi ajratish zonasiga yo`naltirish mumkin.
Zarur sistemani oldindan tayyorlash uchun Shtal usuli qo`llanadi. Bu usul bo`yicha plastinkaning start chizig`iga bir necha nuqtaga aralashmadan tomiziladi. So`ng bu nuqtalarga pipetka yordamida har- xil erituvchilar sistemasidan tomiziladi. Ushbu usul bilan qilingan kichik aylanma xromatogrammalar qaysi sistema qanday natija berishini yaqqol ko`rsatadi. Sistemani aniqlashning ya‘na boshqa usuli bo`yicha uzun shisha naychaga sorbent qatlami solib, so`ng unga moddalar aralashmasi tomiziladi va probirkada ko`riladi.[1] Xona haroratining o`zgarishi natijalariga deyarli ta‘sir qilmaydi. Rf – o`lchamining o`zgarishi asosan harorat oshishi bilan va xonaning nisbiy namligi o`zgarmaganda yuz beradi. Xromatografik jarayonning faqat og`zi maxkam yopiladagan duch kelgan idishda o`tkazish mumkin. Kamera germetik yopilishi kerak, chunki erituvchilar bug`lanib ketishi kerak emas. Aks xolda xromatografiya jarayoni buziladi. Aksincha ko`p komponentli sistemalarning tarkibi o`zgaradi. Amalda kichik hajmdagi kameralar qulaydir.
Xromatografiya qilishdan oldin kamerani erituvchilar sistemasiga to`yintirish tavsiya etiladi. To`yintirilgan kameralarni qo`llash "chetlash" effektini oldini olishi, yoki Rf - qiymatining o`lchamini xromatogrammaning o`rtasida va chekkasida ham bir xil bo`lishini ta‘minlaydi.
Yupqa qatlamli xromatogrammada erituvchilar sistemasini ko`pincha yuqoriga qaratib harakatlantiriladi. Ko`p komponentli sistemalar bilan ishlanganda xromatografiya qilayotganda sistemaning tarkibi o`zgaradi. Shu sababli har gal yangi sistema tayyorlash kerak. Gemogen azeotrop aralashmalar sistemasidan foydalanganda tarkibda o`zgarishi yuz bermaydi va shu sababli unda o`ntagacha xromatogramma olish mumkin.
Xromatogrammada moddalarning dog`larini ko`rish. Agar tekshiriluvchi namuna rangli moddalar bo`lsa, ularni maxsus reaktiv yordamida aniqlash talab etmaydilar. Lekin ko`pincha xromatografiya qilgandan so`ng moddalarni ko`rintirish zarur bo`ladi. Ko`rintirish qog`oz xromatografiyasidagi kabi xromatogrammaga to`g`ri keladigan rang hosil qiluvchi reagentni purkash yo`li bilan amalga oshiriladi. Bir qator moddalarni kimeviy reagentlarsiz, masalan: UB - nurlarida nurlantirib ko`rish ham mumkin.[1]