Kirish yupqa qatlam xromatografiyasi va unga qo`yiladigan talablar. Yurak glikozidlari haqida umumiy tushuncha asosiy qism


Yurak glikozidlari haqida umumiy tushuncha



Download 333 Kb.
bet4/12
Sana24.04.2022
Hajmi333 Kb.
#578827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
dvitu

Yurak glikozidlari haqida umumiy tushuncha [3]
Yurak glikozidlarining aglikonlari - geninlari bir, ikki, uch va ba'zan to'rtta qand molekulasi bilan birikib, glikozidlar hosil qiladi. Bu glikozidlar, asosan, yurak muskullariga ta'sir etganligi uchun yurak glikozidlari (yoki yurak zaharlari) deb ataladi. Yurak glikozidlarining geninlari quyidagi ikkita birikmadan bittasining unumi bo'lishi shart:

Agar yurak glikozidlari molekulasining tarkibida 5 a'zoli to'yinmagan lakton (butenolid) halqasi bo'lsa, kardenolidlar (I), 6 a'zoli 2 marta to'yinmagan lakton (kumalin) halqasi bo'lsa, bufadienolidlar (II) deb ataladi.
Steroid birikmalarga yurak glikozidlaridan tashqari, o'simlik va hayvonlar organizmida ko'p uchraydigan moddalar: vitamin D, ba'zi saponinlar, sterinlar (fito- hamda zoosterinlar), o't kislota, jinsiy organlaming gormonlari va boshqa birikmalar kiradi.
Bu birikmalarning asosiy skeleti siklopentanfenantren yadrosidan iborat bo'lsa-da, ular kimyoviy tuzilish bilan bir-biridan katta farq qiladi. Faqat yurak glikozidlariga xos guruhlar: 3- va 14- nomerga joylashgan uglerod atomlaridagi -OH, 13- nomerga joylashgan uglerod atomidagi CH3 va 17- nomerdagi uglerod atomiga birlashgan 5 yoki 6 a'zoli to'yinmagan lakton halqalaridir. 5-, 11-, 12 - va 16- nomerlardagi uglerod atomlarida qo'shimcha -OH; 10- nomerdagi uglerod atomida metil-CH3 (angishvonagul tipi) yoki aldegid (strofantus tipi) guruhlari ham bo'ladi. Glikozid molekulasidagi qand skeletining 3- nomeridagi uglerod atomiga joylashgan -OH guruhi orqali birlashadi. Bitta glikozid tarkibida 5 tagacha monosaxaridlar bo'lishi mumkin. Ko'pincha glikozid molekulasida qand qismi sifatida glukoza, shuningdek, o'ziga xos 6- dezoksigeksozalar (6- nomerdagi uglerod atomida -OH guruhi bo'lmaydi), 2- 6- dezoksigeksozalar (2- va 6- nomerdagi uglerod atomlarida -OH guruhi bo'lmaydi) va shu dezoksigeksozalarning 3-nomerdagi uglerod atomi orqali hosil qilgan metil efirlari hamda o'ziga xos di- va trisaxaridlar bo'ladi. Hozirda yurak glikozidlari tarkibiga kiradigan 35ta har xil monosaxaridlar ma'lum. [3]

Yurak glikozidlarining asosiy ta'sir etuvchi guruhi 17- nomerdagi uglerod atomiga joylashgan 5 yoki 6 a'zoli to'yinmagan lakton halqasidir. Bu guruhlarning 5 yoki 6 a'zoli bo'lishi glikozidlar ta'siriga unchalik ahamiyatli bo'lmasa-da, lekin lakton halqasining parchalanishi yoki to'yinishi (masalan, strofantidinda) ular ta'sir kuchini butunlay to'xtatadi. Shuning uchun mahsulot tayyorlash, quritish va saqlash paytida yuqorida aytib o'tilgan holatlarni unutmaslik lozim. Chunki tayyorlangan o'simlik nam joyda qolsa va o'z vaqtida to'g'ri quritilmasa, mahsulot tarkibidagi yurak glikozidlari gidrolizlanishi, geninning lakton halqasi to'yinishi, oksidlanishi hamda parchalanishi mumkin. Natijada glikozidlaming ta'sir kuchi kamayadi yoki butunlay yo'qolib ketadi.
Mahsulot tayyorlash va quritish davrida murakkab molekulaIi yurak glikozidlari parchalanib, bir-ikkita yoki hamma qandlarini ajratishi mumkin. Shuning uchun olimlar o'simlik to'qimasida birlamchi, ancha murakkab molekulali, ya'ni genuinli glikozidlar bor deb hisoblaydilar. Ular fikricha, quritilgan mahsulot va ulardan tayyorlangan dori turlari tarkibida (shuningdek, ajratib olingan kristall holdagi glikozidlar ham) birlamchi glikozidning gidrolizlanishidan hosH bo'lgan, bir-ikkita qand molekulasini yo'qotgan ikkilamchi glikozid yoki geninlar bo'ladi. Bu fikr ma'lum sharoitda (quritish, saqlash yoki glikozidlarni ajratib olish jarayonida) mavjud bo'lgan yurak glikozidlarining haqiqatan ham osonlik bilan gidrolizlanishiga asoslangan bo'lishi murnkin. Shunga qaramasdan, o'simliklarda o'tkazilgan ayrim tajribalar yuqorida ko'rsatilgan jarayonlarda yurak glikozidlari doimo parchalanmasdan, ba'zan murakkablanishi ham mumkin ekanligi isbot qilindi. Masalan, kimyo fanlari doktori, professor N.K.Abubakirov kendir o'simligi (Apocynum cannabinum L. va Apocynum androsaemifolium L.) ildizini ochiq havoda uzoq vaqt quritilganda ular tarkibida qand molekulasiga boy K-strofantinp- glikozidi ko'payib ketishini isbotladi (asosan, tirik o'simlik to'qimasida monozid siniarin to'planadi)I. N.K.Abubakirov bu tajribaga asoslanib, yurak glikozidlarini birlamchi - genuinli va ikkilamchi guruhlarga bo'lish to'g'ri emas, degan ftkrga keldi. So'ngra u o'simlik tarkibida glikozidlar doimo o'zgarib turishi (oddiy shakldan murakkab shaklga o'tishi va aksincha, murakkab shakldan oddiylashishi) mumkinligini isbot qildi. [3]
Yuqorida bayon etilgan tajribalar yurak glikozidlarining o'simlik to'qimasida yuz beradigan biosintez jarayonida ishtirok etishini ham tasdiqlaydi. Ma'lumki, o'simlik qurigani sari ularning to'qimalarida namlik kamaya boradi. Bu esa to'qimadagi biosintez jarayonining buzilishiga olib keladi. Balki shu davrda to'qimaga zarur bo'lgan suv molekulasini ajratib chiqarish uchun qand ishtirokida murakkab glikozid molekulasi sintez bo'lishi kerakdir.
VILR ilmiy xodimi Ye.I.Yermakov Erysimum canescens Roth. o'simligining urug'ida ferment ishtirokida gidrolizlanish tufayli yurak glikozidlari miqdori ortishini aniqladi. Maydalangan va namlangan urug' 22-25°C haroratda 24 soat qo'yib qo'yilganda undagi glikozidlar miqdori 10 foiz ortgan. Ye.I.Yermakov fikricha, bu hodisa qisman yurak glikozidlarining murakkab birikmalar tarkibida uchrashi va ularning gidroliz natijasida sof holda ajralib chiqishi hamda o'simlikdan ajratib olinishiga bog'liq.
Yurakka, asosan, glikozidlarning geninlari ta'sir etadi. Qand qismi ularning suvda erishini kuchaytiradi va yurak muskullarida to'planishiga yordam beradi. Bundan tashqari, qand qismi glikozidlarning organizmda shimilishini, ta'sirini tezlatadi va uzoq cho'zadi. Shu bilan birga, ba'zi qand molekulalari geninlar bilan birlashib, uning ta'sir kuchini o'zgartirib yuborishi mumkin.
Masalan, ramnoza boshqa qandlarga qaraganda geninning (konvallatoksin tarkibida) ta'sir kuchini ancha oshiradi, tevitoza qandi genin bilan birlashganda esa (tevetin tarkibida) glikozid molekulasining ta'sir kuchini kamaytiradi. Odatda, yurak glikozidlari o'z aglikonlari - geninlariga nisbatan yurakka kuchliroq ta'sir ko'rsatarli. Shuni aytish kerakki, ba'zan aksincha ta'sirni ham uchratish mumkin. Masalan, lanatozid E glikozidining aglikoni - gitaloksigenin o'z glikozidiga nisbatan yurakka 9 marta kuchli ta'sir qiladi. Bufadienolidlarda esa aglikonlar biologik faolligi bo'yicha o'z glikozidlariga yaqin turadi. [3]
Yurak glikozidlari skeleti tarkibida ayrim funksional guruhlar ham glikozidlarning yurakka qiladigan ta'sir kuchini o'zgartirishi mumkin. 12- nomerdagi -OH guruhi glikozidlar kuchini orttirsa, 16- nomerli uglerod atomidagi -OH guruhi esa, aksincha, faollikni kamaytiradi. 10- nomerli uglerod atomidagi aldegid guruhni karboksil guruhiga aylantirilsa, glikozidning ta'sir kuchi kamayadi va boshqalar.
Yurak glikozidlarining faolligiga ularning bo'shliqdagi va ichki izomer hollari ham ta'sir qiladi, 17- nomerli uglerod atomidagi lakton halqa molekulaga l3-holida birikkan bo'lsa, glikozid ancha biologik faol, a-holida birikkan bo'lsa, juda kuchsiz bo'ladi. O'simlikdan ajratib olingan toza yurak glikozidlari achchiq mazali kristall holdagi birikma bo'lib, suv va spirtda yaxshi, boshqa organik erituvchilarda yornon eriydi yoki butunlay erimaydi. Yurak glikozidlari o'simliklar to'qimalarida sintezlanadi I hamda ular boshqa glikozidlar singari o'simliklaming barcha organlaridagi hujayra shirasida erigan holda uchraydi. Bu guruhga kiradigan glikozidlar kendirdoshlar (Apocynaceae), sigirquyruqdoshlar (Scrophulariaceae), lolaguldoshlar (piyozguldoshlar - Liliaceae), ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae), asklepiyadoshlar (Asclepiadaceae), karamdoshlar (butguldoshlar) – Brassicaceae (Cruciferae), dukkakdoshlar (Fabaceae), jo'kadoshlar (TIUaceae), tutdoshlar (Moraceae), normushkdoshlar (Celastraceae) va boshqa oilalar vakillari tarkibida topilgan.
1990- yillargacha butun dunyo miqyosida o'simliklardan 400ga yaqin yurak glikozidlari ajratib olingan. Shulardan 160tasi Sobiq Ittifoqda olingan va o'rganilgan. Ajratib olingan glikozidlarning 390tasi kardenolidlarga, qolganlari esa bufadienolidlarga mansub.
Ma'lum bo'lgan yurak glikozidlarini tashkil etishda 136ta aglikon va 35ta monosaxaridlar ishtirok etadi. [3]

Download 333 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish