Yupqa qatlamli, yopishtiriladigan universal sorbentlar Yopishtiriladigan yupqa qatlamli plastinkalarni tayyorlash uchun asosan zarralari 5-400 mmk o`lchamda bo`lgan sorbentlar ishlatiladi. Lekin ba‘zan bundan yirik zarrali sorbentlar ham ishlatilishi mumkin. Katta o`lchamli yoki aksincha juda mayda zarra li sorbentlarda xromatografik ajratish jarayoni sifati pasayadi. Mexanik mustaxkamligini oshirish uchun sorbentga 10-20 % bog`lovchi modda qo`shiladi. Bog`lovchi modda ajratishga ta‘sir etmasligi zarur. Ko`pincha bu ta‘sir juda oz bo`lib,unga axamiyat berilmaydi. Bog`lovchilardan eng keng tarqalgani gipsdir. Kraxmal ham juda samarali yopishtiruvchi vositadir. Lekin uni kislotali reagentlar qo`llanganda, qizdirish kerak bo`lganda qo`llash mumkin emas.
Agar-agar xam bog‗lovchilar qatoriga kiradi. Agar-agar xromatografik ajratishlarga salbiy ta‘sir qilmaydi. Boshqa bog`lovchi moddalardan - aktivlashgan ko`mirdan yupqa qatlam plastinkasi tayyorlashda polietelen va sellyuloza asosida tayyorlanadigan bog`lovchilardan foydalaniladi.
Yopishtirilgan yupqa qatlamli plastinkalar tayyorlash uchun yanchilgan va elangan materialni suyuq fazada aralashtirib gemogen suspenziya hosil qilinadi va plastinkaga bir xil yupqa qatlam bilan joylashtiriladi.
Yopishtirilmagan qatlamlar esa xozirgacha farmpreparatlarni aralashmasini tahlil qilishda qo`llanilmoqda.
Yopishtirilmagan qatlamlarni tayyorlash uchun odatda yirik zarrali sorbentlar olinadi. Zarralarni optimal o`lchami 0,02-0,12 mm bo`lishi kerak. Bunday mayda zarrali sorbentlarni qo`llash qatlamni tayyorlanishi qiyinligi sababli chegaralangandir. Yirik zarrali sorbentlarni qo`llash, moddalarni ajratish sifatini pasaytiradi – dog`lar cho`zilib chiqishiga yoki xira bo`lishiga olib keladi. Yupqa qatlamli plastinka tayyorlash uchun mo`ljallangan material elakdan o`tkazilib har xil mexanik iflosliklardan tozalangan bo`lishi kerak. Kolonkali xromatografiyada qo`llanadigan sorbentlar ko`p xollarda yupqa qatlamli yopishtirilmagan xromatografiya usuli qo`l keladi. Uning kamchiligi sifatida zarrachalar o`lchamining har xilligi ma‘lum bir o`lchamli silikagel ham bunga yaraydi. Yopishtirilmagan qatlamli plastinkalar tayyorlash uchun zarrachalari 0,1-0,2 mm o`lchamdagi poliamid ham ishlatiladi. [1]
Xozirgi paytda butun dunyoda keng ishlab chiqarilayotgan tayyor xromatografik plastinkalar eng ko`p yo`qlanilyapti. Qator firmalari (yupqa qatlamli) oyna plastinkalarni ishlab chiqaradi.
Alyuminiy yoki plasmassa falgaga yopishtirilgan tayyor yupqa qatlamli plastinkalar juda qulaydir. Ular so`zsiz ko`p afzalliklarga ega. Bunday plastinkalarni oldindan tayyorlash zarurati yo`q. Yaxshi taxlangan bo`ladi, uzoq saqlanadi va mexanik mustaxkam, sifatli, toza, yaxshi ajratish qobilyatli sorbentlardan tayyorlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |