Kirish yupqa qatlam xromatografiyasi va unga qo`yiladigan talablar. Yurak glikozidlari haqida umumiy tushuncha asosiy qism



Download 333 Kb.
bet8/12
Sana24.04.2022
Hajmi333 Kb.
#578827
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
dvitu

Natijalarni ishlab chiqish Alohida moddalarning harakat xususiyati Rf - bilan o`lchanadi. Rf - bu modda dog`ining markazi va start orasidagi masofani (A) erituvchi fronti va start orasidagi masofaga (B) nisbatidan olinadigan qiymat. Bu o`lcham 0 dan 1 gacha o`zgaradi. Modda start chizig`ida bo`lsa, Rf = 0,0, o`rtasida Rf - 0,5 ga teng, front chizig`ida esa Rf - 1 ga teng. Agar tajriba bir xil sharoitda bajarilmasa Rf - fizik ko`rsatkich hisoblanmaydi. Ko`p xollarda Rf-moddaning harakatlanishi xususiyatini va ushbu xromatografik sistemaning ajratish qobilyatini ko`rsatadi. Rf-o`lchami ko`pincha omillarga bog`liq bo`lganligi sababli moddaning Rf -nisbiy o`lchami yoki moddaning Rf-qiymatini standart birikma Rf qiymatiga nisbati ko`rsatkichiga aniqroq ma‘lumot beradi.
Rf-o`lchamini ifodalanishi. Rf-o`lchamini kiritilishi dog`ning xromatogrammani joylashishini ifodalaydi. Ko`pincha mualliflar bu ko`rsatkichni fizik yoki fizik-kimyoviy ko`rsatkich deb hisoblamaydilar, uni faqat aralashmadagi boshqa moddalarga nisbatan moddaning joylashishini ifodalovchi ko`rsatkich, deb takidlaydilar. Moddani standart modda bilan Rf-larini solishtirish orqali identifikatsiya qilish uchun ajratishning xromatografik jarayonini takrorlash muxim axamiyatga egadir.
Rf-o`lchamini doimiyligi ko`p omillar ta‘sir qiladi. Eng avvalo erituvchilar sistemasi,kamerani to`yintirishning shakli va darajasi, xromatografik sorbentlarning aktivligi, nisbiy namlik, erituvchi frontining masofasi, sorbentning pH yoki sistemaning pH-muhit ko`rsatkichlari shular jumlasidandir. [1]
Rf – o`lchamiga shuningdek sistemadagi erituvchilarning tozaligi, qatlamning qalinligi, sorbentning maydaligi, plastinka tayyorlashda suspenzion pastaning quyuq-suyuqligi, namunaning miqdori start chizig`ining plastinka chetiga uzoq-yaqinligi, plastinkaning sistemaga qanchalik botib turishi va purkakichning yo`naltirilishi ta‘sir qiladi.

Yurak glikozidlarining xromatografik tahlil usuli
O'simliklar tarkibida yurak glikozidlarining borligini va yurak glikozidlar yig'indisining qancha glikozidlardan tashkil topganligini hamda ularni qanaqa glikozid ekanligini aniqlashda (identifikatsiya qilishda) xromatografik tahlil usullaridan keng miqyosda foydalanildi. [3]
Yurak glikozidlarining qog'ozli (QX yoki BX) xromatografik tahlili. Yurak glikozidlari saqlovchi o'simliklardan 90 foizli spirtda tayyorlangan va boshqa moddalardan tozalangan ajratmadan kapillar (qil) naycha yoki maxsus tomizg'ich yordamida tahlilga olingan xromatografik qog'ozning «start» chizig'iga tomiziladi. Tomizilgan tomchidan 2 sm masofada «start» chizig'iga yana «guvoh» yurak glikozidlarining spirtli eritmasidan tomizib (tomizilgan dog'lar diametri 5 mm dan katta bo'lmasligi kerak), keyin xromatografik qog'oz ichiga etilatsetat - suv (2 : 1 nisbatida) aralashmasi quyilgan xromatografik kolonkaga o'rnatiladi va qopqog'ini yopib, 20-24 soat davomida xromatografiya qilinadi. Ko'rsatilgan vaqt o'tgandan so`ng, xromatografik qog'oz kolonkadan olinadi, quritiladi va unga stibium III-xloridning to'yintirilgan eritmasidan purkaladi. Yurak glikozidlarining dog'lari pushti-binafsha rangga bo'yaladi. Dog'larning Rf-i aniqlanadi va ajratmadagi hamda «guvoh» yurak glikozidlaming Rf-ini solishtirib ko'rib, o'simlik ajratmasida qanday glikozidlar borligi to'g'risida xulosa chiqariladi.
Yurak glikozidlarining yupqa qavatli xromatografik (YUQX yoki TSX) tahlili. Talk yoki aluminiy oksidi yopishtirilgan 13x 18 sm li oyna plastinkasi (yoki «silufol~ plastinkasi)ning «start» chizig'iga kapillar naycha yoki maxsus tomizg'ich yordamida o'simliklardan tayyorlangan ajratmadan hamda «guvoh» yurak glikozidlari spirtli eritmasidan bir-biridan 2 sm masofada 0,1 ml dan tomiziladi (tomizilgan dog'larining diametri 5 mm dan katta bo'lmasligi kerak). Dog'lar qurigandan so`ng plastinka oldindan xloroform-etil spirti-benzol-formamid (59: 10 : 30 : 1) suyuqliklar aralashmasi yoki suv bilan to'yintirilgan butanol (1 : 1 nisbatida qo'zg'aluvchan sistema) qo'yib qo'yilgan xromatografik kolonkasiga joylashtiriladi. Xromatografiya qilish vaqti (30-35 daqiqa) o'tgach, plastinka kolonkadan olinadi, 5 daqiqa havoda, so'ngra esa 10 daqiqa qurituvchi shkafda 120°C da quritiladi va unga tarkibida 0,2 foiz miqdorda xloramin T bo'lgan uch xlorli sirka kislotasining 25 foizli eritmasini purkab, yana 120°C da 10 daqiqa quritiladi. Yurak glikozidlarining dog'lari kulrang bo'lib ko'rinadi.
Dog'laming Rf-i aniqlanadi va ajratmadagi hamda «guvoh» yurak glikozidlarining Rf-ini solishtirib ko'rib, o'simlik ajratmasida qanday glikozidlar borligi to'g'risida xulosa chiqariladi. [3]


Download 333 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish