Kirish
Xorijiy investorlarni mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan kompaniya, korporatsiya va aktsiyadorlik jamiyatlarning aktsiyalari, qimmatli qog’ozlari hamda boshqa turdagi investitsiyalarning istiqbolda o’sishi yoki pasayishini tahlil qilishi uchun zarur axborotlar bilan ta’minlash muhim hisoblanadi. Bu kabi axborotlarni buxalteriya hisobi yordamida tuziladigan moliyaviy hisobotlarga tayangan holda olinadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda xizmat turlari va ularni sifatini yaxshilash, buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida yuritish ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun xizmat qiladi. MHXS bu- moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun hujjatlar to’plami, moliyaviy hisobotlarning tuzilishini tartibga soluvchi reglament bo’lib, tashqi foydalanuvchilar tomonidan biror-bir tashkilotga nisbatan iqtisodiy qaror qabul qilish uchun foydalaniladi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori asosida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari – O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan aktsiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobi yuritilishiga o’tishi belgilangan.
Buxgalteriya hisobi fan iqtisodiyotning tarmoqlarida xo’jalik hisobi va buxgalteriya hisobining o’rni va ahamiyati, buxgalteriya hisobi usullari va tamoyillari, buxgalteriya hisobining schetlar tizimi, hujjatlashtirish va inventarizatsiya, buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari, buxgalteriya balansi, pul mablag’lari hisobi, mehnat va ish haqini hisobga olish, tovar-moddiy zahiralar hisobi, investitsiyalar hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi, mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi hisobi, byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish, tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish, xususiy kapital hisobi, moliyaviy natijalar hisobi, hisobotlarni tuzish va taqdim etish, uning me’yoriy tartibga solinishi, daromadlar va xarajatlarni hisobga olish hamda hozirgi kunda buxgalteriya hisobining rivojlanish tendentsiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va ustuvor vazifalari masalalarini qamraydi.
Ushbu ishchi dastur O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-3151-son Qarori, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-sonli Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorlarining asosiy qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan va unda “Buxgalteriya hisobi” fanini o’qitishda zarur bo`lgan asosiy jihatlar yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |