O’quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
“Buxgalteriya hisobi” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan fan hisoblanib, o’quv reja bo’yicha 2-kursning II semestrida o’qitilishi rejalashtirilgan. Talabalarning ushbu fanni chuqur o’rganishi buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi fanlari hamda xo’jalik sub’ektlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish uchun zamin bo’lib xizmat qiladi
Fanning maqsadi va vazifalari
Fanining maqsadi – talabalarda buxgalteriya hisobi nazariyasining umumiy asoslari, buxgalteriya hisobi asoslari ob’ektlari, moliyaviy va boshqaruv hisobini tashkil qilish, ya’ni xo’jalik mablag’lari va ularning kelib chiqish manbalari, ularning xo’jalik yuritish jarayonidagi harakati, xo’jalik muomalalarini hisobga olish, ularni hujjatlashtirish va umumlashtirish, korxona (tashkilot, muassasa)larning mulkiy, moliyaviy faoliyati va ular to’g’risidagi to’liq ishonarli ma’lumotlarni shakllantirish hamda taqdim etish, buxgalteriya hisobini tashkil qilish, uning me’yoriy huquqiy asoslari bo’yicha yo’nalishiga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga xo‘jalik yurituvchi subektlardagi mablag‘lar, ularlarning tashkil topishi manbalarining xarakatini to‘g‘ri aks ettirish, hisobotlarni tuzish, korxonalarda buxgalteriya hisobi yordamida shakllanadigan davriy, moliyaviy hisobot ma’lumotlarini realligini ta’minlash, tashkilotlar bilan hisoblashishlarni to‘g‘ri tashkil qilishni davlatimiz qonunlari, hukumat qarorlari, me’yoriy hujjatlar asosida o‘rgatishdan iborat.
“Buxgalteriya hisobi” fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
“Buxgalteriya hisobi” faniga kirish, fanining predmeti va metodlari;
buxgalteriya balansi;
xo’jalik operatsiyalari va ikki yoklama yozuv;
biznes jarayonlari va ularni hisobga olish;
hujjatlashtirish va inventarizatsiya;
buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi;
mehnat va ish haqini hisobga olish;
tovar-moddiy zaxiralar hisobi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
investitsiyalar hisobi bilishi va ulardan foydalana olishi;
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarhisobi va ularga eskirish hisoblash;
boshqaruv hisobini tashkil qilish;
mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari va maxsulot tannarxi hisobi;
moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlar hisobi ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish;
xususiy kapital hisobi;
moliyaviy natijalar hisobi;
hisobotlarni tuzish va taqdim etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
xususiy kapital va yakuniy moliyaviy natijalarni aniqlash;
moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish malakaga ega bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |