Kirish Xom ashyo mahsulotlarining tavsifi



Download 40,03 Kb.
bet4/6
Sana09.07.2022
Hajmi40,03 Kb.
#761945
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5249288361788577270

6. Texnologik sxema bayoni

Neft xom ashyosi bizga 121/1 va 122/2 nasoslar blokidan truba quvurlar orqali beriladi. Undan H-1 yoki H-2 nasoslar neftni olib, uchta potokka bo’lib issiqlik almashtirgichlarga haydab beradi.


-I-potok. Neft T-2a issiqlik almashtirgichiga o’tadi, bunda neft T-ц.о- K-5 bilan qizdiriladi, T-2,T-1,T-3 issiqlik almashtirgichlari esa T-ц.о- K-2 bilan qizdiriladi. Potoklardan o’tayotgan neft поз № bilan boshqariladi.
-II-potok. Neft T-18,T-19,X-14,X-14a issiqlik almashtirgichlaridan o’tadi, bunda K-5 dan chiqayotgan gudron bilan qizdiriladi. T-8/1 neft з/продT-8/2,T-8/3 lardagi neft esa K-5 ning pastki ц.оsi bilan qizdiriladi.Potokdan o’tayotgan neft harorati X-14a dan keyin o’rnatilgan поз № bilan boshqariladi.
-III-potok. Neft T-2б,Т-2вissiqlik almashtirgichlaridan o’tadi, bunda neft Т-ц.о- К-5 bilan qizdiriladi. X-10,T-4бneft K-2 ni Д/Тyengil fraksion mahsuloti bilan qizdiriladi. T-6б,T-6вissiqlik almashtirgichlarida esaneft K-5 ni III-pogoni maxsuloti bilan qizdiriladi. Potokdan o’tayotgan neft T-6вdan so’ng o’rnatilgan поз № bilan boshqarib boriladi.
Potoklarda 100-115˚ C gacha qizdirilgan neft xomashyosi birlamchi E-4 ga tushadi. U yerda bosim 6.3 kg*k/ (0.63 MPa) dan past miqdorda ushlanadi.
Tuzsizlantirish va suvsizlantirish maqsadida H-1,H-1a nasoslarni kirish qismiga H-24,24a bilan E-7a sig’imidan demulgator eritmasi beriladi. Qo’shimcha yuvish uchun esa H-25,H-27,H-7 nasoslar bilan E-4 ga II-sistema suvi beriladi. Suvning sarfini holat № bilan nazorat qilinadi.
Ma’lum vaqt tindirilib tuzsizlanmagan va suvsizlanmagan neft bosim hisobiga shar shaklidagi birlamchi bosqich elektrodegidrator Э-1 ga 3 ta taqsimlab beruvchi qurilmalardan kiradi. Bu yerda bosimi 6.0 kg*s/ (0.6 mPa) dan past ushlanadi. Holat № .So’ngra neft oqimi bo’yicha shar shaklidagi, ikkilamchi bosqich elektr ta’sirida suvsizlantiruvchi elektrodegidrator Э-2 ga o’tadi. Bunda ham bosim 6.0 kg*s/ (0.6 mPa) dan past ushlanadi. Bu ham holat № bilan nazorat qilib boriladi.
Uncha yuqori bo’lmagan bosim bilan tarkibida tuzlari bor suv E-4,Э-1,Э-2 larda tindiriladi va ЭЛОУ bloki oqava suvlari yopiq sistemaga to’kiladi.
Neft maxsulotlari isrofgarchiligini oldini olish maqsadida E-4 dan chiqadigan drenaj suvlari pogrujnik Д-23 ga 50 ˚C dan past haroratgacha sovutilib ajratgich sig’im E-18 ga beriladi. Bunda tindirilibsuv ustidagi neft maxsulotlari to’sqichdan oqib o’tib E-8 ga tushadi.U yerdan H-7, H-25, H-26 nasoslar orqali H-1 nasosni kirish qismiga qo’shib yuboriladi. Tindirilgan suvlar esa drenaj qilinib kanalizatsiyaga to’kiladi.
ЭЛОУblokidan H-2a nasos orqali tuzsizlangan va suvsizlangan neft 10 kg*s/ bosim bilan issiqlik almashtirgichlarga beriladi. Issiqlik almashtirgichlarda neft 210-240 ˚C gacha qizdirilib, K-1 ning 7- tarelkasiga kiradi. П-2 ni konversiyasida qizdirilgan neft esa K-1 ni tagidan 200-370 ˚C gacha haroratda kiradi. Kirishidan avval esa melall yuzalarini yemirilishini oldini olish maqsadida H-2, H-2a, H-2бnasoslarni kirish qismiga H-24 nasos orqali E-9 sig’imdan kalsinirlangan soda eritmasi beriladi. K-1 da bosim esa 5 kg*k/ (0.5 MPa) dan yuqori bo’lmagan holda ushlanadi.
K-1 ni ustki qismidan benzin, suv va gaz bug’lari aralashmasi chiqib xavo bolan sovituvchi kondensator sovutgich XB-1/1, XB-1/2 oltita seksiyasi va XB- 1/3 uchta seksiyalaridan o’tadi.
Bunda sovib kondensatlangan benzin, suv va gazlar aralashmasi tindirib ajratgich sig’im separator E-1 ga tushadi. Suv tindirilib, fazalarni ajratuvchi moslama orqali kanalizatsiyaga to’kib yuboriladi.E-1 dagi bosim ham 5 kg*k/ (0.5 MPa) gacha ushlanadi. Gazlar esa E-1 dagi bosimni boshqaruvchi klapan orqali E-3a separatoriga beriladi. Undan so’ng yoqilg’i sistemasiga o’tkazilib, П-1, П-2 pechlarda yoqish uchun ishlatiladi.
E-1 sig’imidagi benzin H-6 va H-8 nasoslar bilan olinib K-1 ni tepa qismidagi haroratni bir xil qilish maqsadida yuqoridagi tarelkasiga sovituvchi maxsulot sifatida beriladi. Qoldiq benzin H-6 va H-8 nasoslardan E-1 sathini boshqaruvchi klapan orqali stabillashtirish blokiga yoki uni chetlab, ishqor bilan tozalash blokiga beriladi.
K-1ni tagidan benzinsizlantirilgan neft H-3 nasoslar bilan olinib ikkita patok orqali П-1 pechi konveksiyasiga beriladi. U yerda benzinsizlangan neft to’rt potok bo’ylab 350-370 ˚C gacha qizdirilib truboprovodda birlashadi va asosiy atmosfera kolonnasi K-2 ning 7-tarelkasiga beriladi. П-1 dan chiqayotgan potoklar harorati KСП-3 da nazorat qilib boriladi.
K-2 ning yuqori qismida bosim 2 kg*k/ (0.2 MPa) dan past bo’lgan holda ushlanadi. Atmosfera kolonnasi K-2 ning yuqori qismidan 120-150 ˚C da benzin va suv bug’lari truba orqali XB-1/3 AВГ-АВЗ tipdagi havo bilan sovituvchi kondensatorga beriladi. So’ng suv bilan sovituvchi sovutgich X lardan o’tadi. Bu yerda benzin va suv bug’lari kondensatlanib, separator E-2 ga tushadi. Suv tindirilib, fazalarga ajratuvchi klapan orqali kanalizatsiyaga to’kiladi. E-2 dagi benzin H-10, H-8 nasoslar orqali so’rib olinib, bir qismi K-2 ning ustki qismiga haroratni bir xil ushlash maqsadida boshqarish klapani orqali sovituvchi maxsulot sifatida o.o K-2 beriladi.Bunda shu liniyaga truboprovodlar va seksiyalarni yemirilishini oldini olish maqsadida 1-2% li ammiak eritmasi E-7бsig’imdan H-35 nasos yordamida qo’shib yuboriladi. Qoldiq benzin E-1 ga qo’shilib stabillash blokiga yoki uni chetlab o’tib ishqor bilan tozalash blokiga beriladi.
Benzin ishqorsizlantirishni birinchi bosqichi uchun sig’im A-3 ga quyiladi. Bu sig’im benzinni ishqor bilan aralashtiradigan injektorli sistema bilan jihozlangan. Shu aralashtirish hisobiga neytrallanish reaksiyasi sodir bo’ladi va benzinda erigan oltingugurtning vodorodli birikmasi neytrallanadi:

H2S + 2NaOH = Na2S + 2H2O


A-3 dan so’ng benzin ishqorlashning ikkinchi bosqichi A-5 ga o’tadi. Bunda ham injektorli sistema bo’lib, benzin ishqor bilan yuviladi. A-5 dan so’ng benzin tindirgich A-6 ga o’tadi. Bunda benzin tindirilib bosim farqi hisobiga havo bilan sovituvchi AVG lardan o’tib 40 ˚C dan yuqori bo’lmagan haroratda parkga beriladi.



Download 40,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish