1.5. Markazdan qochma tipdagi kompressorlar.
Dinamik kompressorlar. Bu turdagi mashinalarga asosan markazdan qochma, o`qli va oqimchali kompressorlar misol bo`ladi.
Markazdan qochma kompressorlar shu turdagi nasoslar kabi ishlash prinstipi bir xil. Ularga ventilyator, turbogazoduvka va turbokompressorlar kiradi.
Markazdan qochma ventilyatorlar shartli ravishda kichik (r103 Pa), o`rta bosimli (r=103...3103 Pa) va yuqori bosimli (r=3103...104 Pa) ventilyatorga bo`linadi.
Kichik bosimli ventilyatorning spiral ko`rinishidagi qobig`i 1 da bir nechta kurakchali ishchi g`ildiragi 2 aylanadi (2.58-rasm).
Gaz g`ildirak o`qi orqali patrubka 3 yordamida so`rib olinadi va uzatish patrubkasi 4 orqali haydash quvuriga chiqarib beradi. O`rta va yuqori bosimli ventilyatorlar ishchi g`ildiraklarining eni nisbatan keng bo`lib, kurakchalari oldinga egilgan bo`ladi.
Markazdan qochma ventilyatorlar xarakteristikasi nasoslarniki bilan bir xil bo`lib, Q, H, va N kabi parametrlar aylanishlar soni n ga bog`liq va (2.122...2.124) tenglamalardan hisoblab aniqlanadi. Ventilyatorda hosil bo`ladigan bosim N (2.125) yoki (2.80) tenglamalar yordamida aniqlanadi:
(2.122)
(2.123)
(2.124)
(2.125)
Ventilyator o`qidagi Ne quvvatni:
(2.108)
Bu erda v – ventilyator f.i.k. bo`lib, u uzatish f.i.k. v , gidravlik f.i.k. g va mexanik f.i.k. mex larning ko`paytmasi orqali topiladi.
tenglamadan aniqlanadi.
Turbogazoduvkalar. Bir bosqichli turbogazoduvkalar (2.59-rasm) yuqori bosimli ventilyatorlarning bir ko`rinishi hisoblanadi va gazlarni 3104 Pa bosimgacha siqadi. Spiral ko`rinishidagi korpus 1 da g`ildirak 2 aylanadi, g`ildirakning kurakchalarida ichkariga yo`naltiruvchi moslamasi 3 joylashgan va unda kinetik energiya potenstial energiyaga aylantiriladi. Siqilgan gaz turbogazoduvkalar patrubkasi 5 orqali chiqadi.
Ko`p bosqichli turbogazoduvkalarda bitta o`qqa bir nechta kurakchali g`ildiraklar (3-4 ta) o`rnatiladi. Bunda gaz bosqichlar orasida sovutilmaydi. Ko`p bosqichli turbogazoduvkalarda g`ildiraklar diametri o`zgarmaydi eniga esa, birinchisidan oxiriga qarab, kamayib boradi. Bu bilan har bir bosqichda siqish darajasi ortib boradi. O`qning aylanishlar soni va kurakchalar tuzilishi o`zgartirilmaydi. Turbogazoduvkalarda siqish darajasi 3-3,5 dan ortmaydi.
Turbokompressorlar tuzilishi bo`yicha xuddi turbogazoduvka konstrukstiyasi kabi, faqat ular yuqori siqish darajasini ta’minlaydi. Undan tashqari, ularda g`ildiraklar soni ancha ko`p bo`ladi. o’ildiraklar diametri va eni birinchi g`ildirakka nisbatan asta-sekin kamayib boradi. Ko`p hollarda turbokompressor g`ildiraklari sekstiyalanib, 2 yoki 3 korpusga joylashtiriladi. Har bir qobiqda g`ildiraklar diametri turlicha bo`lsa, lekin qobiq ichidagi g`ildiraklar diametri bir xil, eni esa xar xildir. Odatda, bir qobiqdan ikkinchisiga o`tayotgan siqilgan gaz maxsus sovutgichlarda temperaturasi pasaytiriladi. Turbokompressorlarda maksimal erishish mumkin bo`lgan bosim 2,53,0 MPa.
Do'stlaringiz bilan baham: |