Kirish Texnologik qism



Download 1,52 Mb.
bet4/11
Sana02.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#730470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Hakimov Husan 270522191707

Gazlarni siqish jarayoni. Gazni siqish jarayonidagi oxirgi bosimi atrof-muxit bilan issiqlik almashinishga boglik. Nazariy jihatdan faqat ikkita holat bo`lishi mumkin:

  1. Izotermik jarayon – gazni siqish jarayonida hosil bo`layotgan issiqlikning hammasi atrof muxitga ajratib olinadi va gazning temperaturasi o`zgarmas bo`lib turadi;

  2. Adiabatik jarayon – bunda atrof muhit bilan issiqlik almashinish umuman yo`k va siqish jarayonida issiqlik gazninig ichki energiyasi oshirishga sarflanadi va natijada uning temperaturasi ko`tariladi.

Lekin, odatda gazni siqish jarayonida xajm va bosim o`zgarishi bilan uning temperaturasining o`zgarishiga olib keladi va hosil bo`layotgan issiqlikning bir qismi atrof muhitga o`tadi.
Siqish jarayonidagi ish va iste’mol qilinayotgan kuvvat. Gazni r1 bosimdan r2 gacha izotermik siqish jarayoni T-S diagrammada TA=const chizig`i bo`ylab o`tkazilgan AV to`g`ri kesma bilan ifodalanadi (2.50-rasm).
Adiabatik siqish jarayoni gaz va atrof muhit o`rtasida umuman issiqlik almashmasligi bilan xarakterlanadi. Gazni adiabatik siqishda dQ=0 va dS=0. Shunday qilib, adiabatik jarayonda entropiya o`zgarmas va u T-S diagrammada SA =const chizig`i bo`ylab o`tkazilgan AD to`g`ri chiziq bilan tasvirlanadi.
Gazni p1 bosimdan p2 gacha siqish davrida politropik jarayon yuz beradi va u AS qiya chizig`i bilan xarakterlanadi.
Agar, boshlangich bosim p1 va oxirgisi p2 ma’lum bo`lsa gazni siqish uchun sarflangan solishtirma ish l analitik usulda ham aniqlanishi mumkin:
izotermik jarayon uchun
(2.104)
adaibatik jarayon uchun
(2.105)
politropik jarayon uchun
(2.106)
bu erda v1 – so`rish davridagi gazning solishtirma hajmi, m3/kg; k=sp/sv-adiabata ko`rsatkichi (gazning o`zgarmas xajmdagi issiqlik sig`imiga nisbati); m - politropa ko`rsatkichi.

Politropa ko`rsatkichi m ning qiymati gazning tabiati, xossalari va atrof muxit bilan issiqlik almashinish sharoitlariga bog`liq. Masalan, gazni suv yordamida sovutiladigan kompressorda havo siqilganda m =1,35 deb tahmin qilsa bo`ladi.


Izotermik siqishda eng kam ish sarflanadi. Shuning uchun ham gazlarni siqish izotermik jarayonga yaqin sharoitda tashqil etishga harakat qilinadi. Demak, siqish jarayonida hosil bo`layotgan issiqlikni gazni sovitish yuli bilan ajratib olinadi.
Siqish jarayonidan sung gazning temperaturasi T2 quyidagicha aniqlanadi:
izotermik jarayon uchun
(2.107)
adiabatik jarayon uchun
(2.108)
politropik jarayon uchun
(2.109)

Gazni siqish uchun kompressor sarflayotgan nazariy quvvat Nn (Vt) ushbu formula yordamida topiladi:


(2.110)
bu erda V – kompressorning xajmiy sarfi,m3/s; - gaz zichligi, kg/m3.
Agar, kompressorning hajmiy ish unumdorligi va gazning zichligi so`rish sharoiti, (ya’ni V=V1 va =1=1/v1) hamda (2.104)...(2.108) tenglamalarni hisobga olsak, gazni kompressorda siqish jarayonida sarflanayotgan quvvatni aniqlash mumkin:
izotermik jarayon uchun
(2.111)
adiabatik jarayon uchun
(2.112)
politropik jarayon uchun
(2.113)
Kompressor o`qidagi kuvvat Nv ni quyidagi tenglama orqali hisoblab topiladi:

bu erda vhajmiy koeffistient, suyuqlikni klapan, turli tirqishlardan oqib chiqib ketishini hisobga oladi; mex – kompressorning mexanik foydali ish koeffistienti, mexanik ishqalanishni engish uchun sarflanadigan energiyani hisobga oladi.
Elektr yuritkich kuvvati Nyu kompressor o`qidagi quvvat Nv dan katta, chunki yuritkichning o`zida va uzatmada ma’lum miqdorda quvvat yo`qotiladi:

bu erda eyu va uz – elektr yuritkich va uzatmaning foydali ish koeffistientlari.
Yuritkich kerakli quvvati Nyu odatda 1015% zahira bilan qabul qilinadi, ya’ni

Adiabatik foydali ish koeffistientning ad qiymati birga yaqin bo`lib, 0,930,97 ga tengdir. Izotermik foydali ish koeffistienti iz siqilish darajasiga qarab, 0,640,78 qiymat oralig`ida bo`ladi. Mexanik foydali ish koeffistienti mex ko`pincha 0,850,95 oraliqdagi qiymatga teng.
Ventilyator o`qidagi Ne quvvatni:
(2.114)
tenglamadan aniqlanadi. Bu erda v – ventilyator foydali ish koeffistienti bo`lib, uzatish koeffistienti v va mexanik foydali ish koeffistienti mex larning ko`paytmasi orqali aniqlanadi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish