TARIX O`QUV XONALARINI ZAMONAVIY JIHOZLASH
Maktablardagi tarix xonasi o‘quvchilar bilan mashg‘ulotlar bazasi bo‘lib qolmasdan, o‘qituvchining metodik ishlarining ham bazasi hisoblanadi. O‘quv – ko‘rgazma qo‘llanmalari fondi, o‘qitishning texnik usullari, kutubxona fondi joylashgan tarix xonasi o‘qituvchi xizmatini yana yuksaltiradi.
Tarix o`quv xonalarini zamonaviy talablar asosida jixozlash o‘qituvchidan yuqori darajadagi tayyorgarlik va dizaynerlik qobiliyatini hamda o`tkir zehn talab qiladi. O‘qituvchi xonadagi diafilm, kinofilm, fonozapis va xokozolarning mazmuni bilan yaxshi tanish bo‘lishi kerak. Har tamonlama jihozlangan o`quv xonasidagi bor materiallarni darsda kompleks foydalanish masalasi turadi. Bunday o`quv xonalar ta’lim usul va natijalariga, o‘quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ta’sir etadi. O`quv xonasi o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadigan, tafakkurini o‘stiradigan o‘rinda bo‘lishi kerak.
XX asr 60-yillarining II yarmidan boshlab bosma ko‘rgazma qo‘llanmalar bilan tarix xonalari to‘ldirilib borildi. Shu vaqtdan boshlab o‘qituvchilarning tajribalari asosida eng yaxshi tarix xonalari tashkil qilindi.
Hozirgi tarixiy ta’limni yuksaltirish masalasi turgan bir paytda tarix xonalarining o‘ziga xos o‘rni bor. Faqat eng zarur, eng zamonaviy pedagogic texnalogiyalar bilan jihozlash diqqatga sazovor qilish o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq.
O`quv xonasi bazasi uchta asosiy elementlar bilan shakllanatiriladi:
1) maxsus va qurulmalar bilan jihozlash;
2) zarur apparatura va;
3) o‘quv qo‘llanmalari fondi.
Tarix o`quv xonasining old devorida stendlar, montaj, foto suratlar qo‘yish kerak emas. Faqat portretlar bo‘lishi mumkin. Intir’yerning jihozlanishi o‘quvchilarni o‘quv jarayonidan chalg‘itmasligi kerak. Oq rangga bo‘yalgan doskaning bir qismini ekran sifatida yoki har xil applikatsiyalar uchun foydalanish mumkin. O‘rtadagi sinf doskasi qo‘zg‘almali bo‘lishi mumkin. Alohida kinoekran doska tepasiga o‘rnatiladi.
Xarita va tablitsalar bilan ishlash uchun doskada ilgichlar o‘rnatiladi. Orqadagi devorda shkaflar qo‘yilishi mumkin. Bunda xarita, atlas, kitoblar qo‘yiladi va (diopozitivlar, diafilm, lentalar) saqlanadi. Derazalarda qarama-qarshi devorda ekspozitsion qurilmalar o‘rnatilgan bo‘ladi. Shuningdek o`quv xonasida inventarizatsiya kitobi bo‘lishi kerak. O`quv xonasi kartotekasi rubrikalar bo‘yicha olib boriladi. Masalan: “O‘rta asrlar tarixi bo‘yicha xaritalar”, Amur Temur davlati va hokozolar. Har bir xaritaning orqa tomoniga uning atamasini va inventarizsiya kitobidagi raqamlarini qo‘shib, yozib qo‘yiladi.
O`quv xonasi texnik vositalar 16mm kinoproektor, grafaproektor, diaproektor, magnitafon, televizorlar kiradi.
Kutubxona - tarix o`quv xonasidagi zaruriy komponentdir. Bunda darsdan tashqari o‘qishlar uchun mos ravishda ilmiy – ommabop, badiiy - tarixiy kitoblar yig‘ilgan bo‘ladi. Ayniqsa, adabiyotlarning ahamiyatlilik darajasi yuqori. Tarix o`quv xonasi kutubxonasida har xil gazetalar, mahalliy gazetalarning yangi sonlari bo‘lishi kerak. Ma’lumotnoma bo‘limida tematik materiallar bilan “papka” lar saqlanadi. “Arxeologiya yangiliklari” va boshqa mavzu bo‘yicha materiallar to‘planadi. Bularni dars paytida ham, ko‘rgazmalar tashkil qilish, ahamiyatli sanalarni belgilash va boshqa ishlarda foydalanish mumkin.
Tarix o`quv xonalarida auditorial o‘qitish usullarining
3 guruhining bo‘lishi talab qilinadi:
1) diafilm, diapozitiv, grafaproektor uchun transparantlar;
2) dinamik ekran qo‘llanmalari – o‘quv kino va televidenie;
3) radioko‘rsatuvlar, tarixiy voqealarning guvohlarning chiqishlari yozilgan magnit tasmalari.
Tarix o`quv xonasida dars o‘tishda faqat kinodars bilan cheklanib xatoga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Dars materiallariga qo‘shimcha bor imkoniyatlardan foydalanish kerak. O`quv xonasida ishni tashkil qilish o‘qituvchiga har xil ma’lumotlardan foydalanishga imkon beradi. Bu yerda har xil o‘qitish usullarini qo‘llashga imkon tug‘iladi. O`quv xonasi devorlariga o‘quvchilarning mustaqil ish ko‘nikmalarini hosil qilishda yordam beradigan instruktiv materiallar joylashtiriladi.
Har tamonlama jixozlangan va ta’minlangan tarix o`quv xonasiida har xil darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish mumkin. Masalan, o‘lkashunoslik burchagini yoki tarixiy burchaklar, muzey tashkil qilish ishlari, disputlar, viktorinalar ko‘rgazmalar, tarixiy voqea guvohlari bilan uchrashuvlar, tarixiy bulletenlar chiqarish, devoriy gazeta chiqarish, darsdan tashqari o‘qishlar tashkil qilish.
Demak tarix o`quv xonalarida o‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiya va kompleks yondashuv amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |