Pedagogik talablar:
Tarix fan xonalarida pedagogika oliygohlarini (bitirayotgan) bitirgan, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, tarixchi, huquqshunos, iqtisodchi kadrlar ta’lim berishi lozim.
Ilmiy talablar:
Mazkur fan xonalaridagi ko‘rgazmali vositalar DTS talablari asosida tayyorlangan bo‘lishi lozim.
O‘quvchilarga hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy, ilmiy texnika taraqqiyoti yangiliklari haqida ma’lumotlar berishga moslashtirilishi lozim.
Ruhiy-fiziologik talablar:
1. O‘qituvchilar dars berish jarayonida o‘quvchilarning ruhiy holatini, fan texnika yangiliklari haqida ma’lumot berishda ruhiy ong darajalarini e’tiborga olishlari lozim.
2. Sinf xonasining devorlariga ishlatilgan ranglar sanitariya-gigiena qoidalariga mos kelishi shart.
I.IV. Texnika xavfsizligi va gigiena talablari
1. Fan xonasi tabiiy va sun’iy yoritish moslamalariga ega bo‘lishi lozim.
2. Xona chap tomondan tushadigan yorug‘likka ega bo‘lishi, tabiiy yorug‘likning asosiy oqimi chapdan tushishi lozim. O`quv xonasi derazalari xonaning shimoliy yoki shimoliy sharqiy tomondan bo‘lishi lozim.
3. Yorug‘lik tushadigan oynalarni biror bir moslamalar yoki boshqa narsalar bilan to‘sish man etiladi. Yorug‘lik tushadigan oynalar, sinf jihozlari sinfning yorug‘lik darajasiga ta’sir ko‘rsatmasligi zarur. Sinf derazalariga tutilgan pardalar iloji boricha jalyuzi bo‘lishi kerak. Chunki ular sinfni yorug‘ligiga ta’sir ko‘rsatmaydi va oftobdan himoyalaydi.
4. Tabiiy yorug‘lik ishlovchining orqa va old tomonidan yo‘nalgan bo‘lishi mumkin emas.
5. Yoritgichlar yorug‘likni yoyib tarqatuvchi armaturali bo‘lishi lozim, eni 6 metrdan oshiqroq bo‘lgan xonalarda ikkinchi qator yorug‘lik vositalari bo‘lishi va ular poldan 2,2 metr balandlikdan past bo‘lmasligi lozim.
6. Xonining so‘nngi yoritish qurilmalari stolining ikki tomonidan bir xil uzoqlikda va bir tekisda joylashtirilgan, shiftda qotirilgan yoki osilgan lyuminnessent yoritgichlar asosidagi umumiy yoritish tizimi qo‘llanilishi lozim.
7. Sinf xonasi devorlarining bo‘yog‘i och havorang, och yashil, to‘q qaymoq rang (r=0,5-0,6)larda bo‘yalishi lozim. Qora, to‘q ko‘k, jigarrang, qizil, lolarang, siyohrang kabi bo‘yoqlardan foydalanish mumkin emas. Devorlar silliq va tozalashga qulay bo‘lishi lozim. Sinf eshiklari, derazalarning romlari oq rangga bo‘yalishi zarur.
8. Fan xonasidagi doska, ish stollari va javonlar sathi nur qaytarmaydigan bo‘lishi lozim.
9. Xonani tabiiy shamollatish uchun sinf derazalarida darchalar mavjud bo‘lishi va bu darchalar ochib yopish uchun qulay bo‘lishi kerak.
10. O‘quv xonalarida har qanday ob-havo sharoitida ham temperatura va namlikni optimal holatda bo‘lishini ta’minlay oladigan havo haydovchi ventilatsiya bo‘lishi kerak.
11. Fan xonasida birinchi tibbiy yordam qutisi bo‘lishi shart.
12. Rezetkalar maxsus qoplama bilan yopib qo‘yilishi shart
13. Texnika vositalaridan foydalanishda qo‘lda yasalgan elektr uzaytirgichlardan foydalanish mumkin emas.
14. Nosoz texnika vositalaridan foydalanish mumkin emas.
15. O‘quvchilarga texnik vositalarini darslarga tayyorlash vazifasini topshirish mumkin emas.
16. Texnika vositalarini yoqig‘ holatda qarovsiz qoldirish man etiladi.
17. Qo‘lda yasalgan texnika vositalaridan foydalanish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |