1.3. Fizikani fanlararo bog‘lab o‘qitishda interfaol texnologiyalarning imkoniyatlari Bugungi kunda fan, madaniyat, axborot texnologiyalari jadallik bilan rivojlanib borayotgan mamlakatimizda ta’limni rivojlantirish eng asosiy masalaga aylanib bormoqda.
Darsni qanday tashkil etish, unda qanday metodlardan va usullardan foydalanish o‘qituvchining ixtiyoriy yondashuviga bog‘liq, bunda unga aniq qolip berilmaydi. Demak, ko‘zlangan maqsadga erishmoqchi bo‘lgan pedagogog darsni shunday tashkil etsinki, toki o‘quvchilar mavzuni qiynalmasdan tushunib olsin, fanga bo‘lgan qiziqishi yanada kuchaysin bu esa o‘z navbatida, o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq, unuing qo‘llagan innovatsion texnologiyalariga bog‘liq.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarni tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritiladi.
Fizikani fanlararo o‘qitishning samarali vositasi sifatida kompyuterni ishlatish pedagogik texnologiyalarining imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi: shaxsiy kompyuter entsiklaopediyalari, interfaol kurslar, turli xil dasturlar, virtual eksperimentlar va laboratoriya ishlari talabalarning fizikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishi mumkin. Fizikani o‘qitish fanning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun yaxshi zamin hisoblanadi. Fizikani fanlararo o‘qitishda axborot texnologiyalarini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlaridan biri, kompyuterda fizik laboratoriya tajribasini o‘tkazishdir. Fizikani o‘qitish darslarida namoyish eksperimenttisiz buni amalga oshirish mumkin emas, ammo ofisning moddiy bazasi har doim ham zamonaviy fizika xonasining talablariga javob bermaydi. Shuning uchun bu yerda kompyuter tajribasi yordamga keladi. Kompyuter nafaqat talabaning, balki o‘qituvchining ham yordamchisiga aylanadi.
Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamalakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayoning samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritiladi. Quyida amaliyotida foylaniladigan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so‘z yuritamiz.
“Yalpiy fikriy hujum” metodi
Ushbu metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni bir necha o’n (20-60) nafar o‘quvchilardan iborat sinflarda qo‘llash mumkin.
Metod o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a’zolaridan biri axborot beradi.
Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg‘ulot jarayonida guruhlar a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.
“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi
“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi Ye.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan hamda G.Ya.Bush tomonidan qayta ishlangan. Metodning mohiyati quyidagidan iborat:
- jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;
-o‘quvchilarda ma’lum jamoa tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g‘oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iborat.
“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodidan foydalanishga asoslangan mashg‘ulot quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
1-bosqich: Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘quvchilarni o‘zida biriktirilgan hamda son jihatdan teng bo‘lgan kichik guruhlarni shakllantirish;
2-bosqich: Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash;
3-bosqich: Guruhlar tomonidan muayyan g‘oyalarning ishlab chiqilishi (topshiriqlar hal etilishi);
4-bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini muhokama etish, ularni to‘g‘ri hal etilganligiga ko‘ra turkumlarga ajratish;
5-bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini qayrta turkumlashtirish, ya’ni ularning to‘g‘riligi, yechimni topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan bayon etilishi kabi mezonlar asosida baholash;
6-bosqich: Dastlabki bosqichlarda topshiriqlarning yechimlari yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida yagona xulosaga kelish.
Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:
- O‘quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga erishish;
- vaqtni iqtisod qilish;
- har bir o‘quvchini faollikka undash;
- ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyuldagi 2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida 5 ta asosiy ustuvor yo‘nalish bo‘lib, uning 2, 3 va 4 bandlarining ijrosi umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari va barcha fan o‘qituvchilari qatori fizika fani o‘qituvchilari zimmasiga ham ulkan vazifalar yukladi. Bu albatta, fizika fani o‘qituvchilaridan o‘z kasblariga ijodiy yondoshishni va o‘quvchilarni o‘qish bilan birga uqishga, kuzatuvchanlikka o‘rgatishni talab qiladi. Bunga erishishning ko‘plab usul va uslublari bo‘lib, o‘qituvchi ushbu usullardan qay birini qo‘llashdan qat’iy nazar o‘quvchilarga topshirilgan vazifalarni mustaqil va aniq bajarish metodikasiga amal qilishdir.
Fizikani fanlararo bog‘lab o‘qitishda interfaol metodlarni qo‘llashning asosiy maqsadi o‘quvchilarni faol ta’lim olish jarayoniga jalb qilish, ularga bilish hamda izlanish malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish, umumta’lim maktablari fizika fani bo‘yicha o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishda faoliyatni oshirishdan iboratdir.
Interfaol metodlar o‘qituvchi bilan o‘quvchining faol munosabati, bir-birini to‘liq tushunishga asoslanadi. Interfaol metodlarni o‘quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi-dars qaysi shaklda bo‘lmasin, qayerda o‘qitilmasin darsda o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorlikda ishlashini tashkil etishdir. O‘qituvchi darsida tegishli muammolarga o‘quvchilarni jalb etish, ularning harakatini faollashtirish va natijada o‘zlashtirishlarini ta’minlash lozim.
Ta’lim jarayoniga bilish vazifasini qo‘yilishida muammoli savollar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular muammoli vaziyatlar yaratishning har qanday usullariga tegishli ravishda qo‘yiladi. Bilishga doir savol o‘quvchilar uchun muayyan darajada qiyin bo‘lishi, ulardagi mavjud bilimlarning cheklanganligini ko‘rsatish va ayni vaqtda, ular bajara oladigan bo‘lishi, ya’ni idrokning hayotiy tajribaga va nazariy bilimlarning qay darajada egallaganliklariga bog‘liqligini hisobga olish zarur.
Fizikani fanlararo o‘qitishda o‘quvchilarning erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda “Muammoli vaziyat” texnologiyasi foydalanish yaxshi samara berishini biz o‘z tajribamizda juda ko‘p bora kuzatganmiz. Chunki fizika fanining har bir mavzusi hoh u nazariy bo‘lsin, hoh u amaliy bo‘lsin, muammoli savollarga duch kelasiz.
“Muammoli ta’lim” texnologiyasining maqsadi o‘quvchilarga o‘quv fanining mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini to‘g‘ri topishlariga o‘rgatish, ularda muammoning mohiyatini aniqlash bo‘yicha malakalarni shakllantirish, muammoni yechishning ba’zi usullari bilan tanishtirish va muammoni yechishda mos uslublarni to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, muammoni kelib chiqish sabablarini va muammoni yechishdagi xatti-harakatlarni to‘g‘ri anmiqlashga o‘rgatadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarni guruhga ajratib ularni mos o‘rinlarga joylashtirgandan so‘ng, mashg‘ulotni o‘rgatish tartib qoidalari va talablarini tushuntiradi. Ya’ni u mashg‘ulotni bosqichli bo‘lishini va har bir bosqich o‘quvchilardan diqqat-e’tiborni talab qilishini, mashg‘ulot davomida ular guruhli va jamoa bo‘lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo‘lishlariga yordam beradi va bajarishga qiziqish uyg‘otadi.
“Bumerang” metodi
Metodning tavsifi. Ushbu metod o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarni baholay olishga qaratilgan.
Metodning maqsadi. O‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarning o‘quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash jarayoni mobaynida har bir o‘quvchi tomonidan o‘z baholarini egallashlariga imkoniyat yaratish.
Metodning qo‘llanishi. Amaliy mashg‘ulot hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar. O‘quvchi dars jarayonida mustaqil o‘qishlari, o‘rganishlari va o‘zlashtirib olishlari uchun mo‘ljallangan tarqatma materiallar o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar).
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi.
Ushbu metod bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
o‘quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;
o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi;
berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi;
yangi guruh a’zolarining har bir guruh navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so‘zlab beradilar, matnni o‘zlashtirib olishlariga erishadilar;
berilgan ma’lumotlarning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun kichik guruh ichida ichki nazorat o‘tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;
yangi a’zolar dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
darsning qolgan jarayonida o‘quvchilar bilimlarini baholash yoki to‘plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi.
O‘quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligi aniqlash maqsadida o‘qituvchi (yoki opponent guruh) o‘quvchilarga savollar bilan murojat etadilar, og‘zaki so‘rov o‘tkazadilar;