Kirish tadqiqot ishining dolzarbligi



Download 272,42 Kb.
bet1/12
Sana09.07.2022
Hajmi272,42 Kb.
#767238
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 5255956556213656031

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

Fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi


„5110200-Fizika va astranomiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi -kurs talabasi
Yo‘ldosheva Hilola Qudrat qizining
„Fizikani fanlararo bog‘lanish bilan o‘qitish” mavzusidagi

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Kafedra mudiri: f-m.f.d. dots. A.Kamalov
Ilmiy rahbar: p.f.d., professor G.Karlibaeva
Talaba: H.Yo‘ldosheva

Kafedraning 2022-yil -maydagi majlis qarori bilan himoyaga ruxsat berildi ( -sonli protokol)

Nukus-2022


Mundarija
Kirish……………………………………………………………………3
I-bob. Fizikani o‘qitishda fanlararo bog‘lanishning ilmiy-nazariy asoslari……………………………………………………………………7

    1. Fizikani o‘qitishda fanlararo aloqadorlik va uning ahamiyati……...7

    2. Fizikani fanlar bilan bog‘lab o‘qitishning pedagogik asoslari……11

    3. Fizikani fanlararo bog‘lab o‘qitishda interfaol texnologiyalarning imkoniyatlari………………………………………………………19

    4. Fizika va texnologiyaning chambarchas bog‘liqligi………………25

II-bob. Fizikani o‘qitishda fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish metodikasi……………………………………………………………….29
2.1. Fizika o‘qitishda fanlararo bog‘lanish…………………………...…29
2.2. Fizika kursida atom tuzilishini kimyo bilan bog‘lab o‘qitish metodikasi………………………………………………………….…....42
2.3. Atom fizikasi bo‘limini chet tilidan foydalanib o‘qitish metodikasi…………………………………………………….…………49
2.4. Masala yechish darslarida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish metodikasi………………………………………………………..51
Xulosa………………………………………………………………….56
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………...58
KIRISH
Tadqiqot ishining dolzarbligi. Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodi va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarib, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar va imkonlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida davlat ta’lim dasturi ishlab chiqilgan. Unda quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilangan.
Kishilik jamiyati necha ming yillar davomida evolutsion rivojlanish davrlarini boshdan kechirdi. Bu rivojlanishlarning asl negizini faylasuflar aytganidek qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuniyati tashkil qiladi va belgilaydi. Madomiki shunday ekan, qarama-qarshiliklarsiz taraqqiyot bo‘lmaydi. Falsafaning o‘zida ham bir-biriga qarama-qarshi g‘oyalar kurashi barcha jabxalarda, narsa va hodisalarga ob’yektiv va sub’ektiv baho berishda ko‘rinadi.
Insoniyatning jamiyatni rivojlantirish yo‘lidagi hatti-harakatlari ham mana shu qonuniyatdan kelib chiqqan holda bajarilgan. Barcha hatti-harakatlar zamirida „Manfaat” tushunchasi yotadi va jamiyat manfaatlar qarama-qarshiligiga asoslangan holda rivojlanadi. XX asr insoniyat taraqqiyotining evolyutsion rivojlanish darajasini nihoyatda tezlashtirib yubordi. Insoniyatning necha ming yilliklar jarayonida erishgan fan texnika sohasidagi yutuqlar shu bir asr davomida misli ko‘rilmagan darajada taraqqiy topdi. Buning boisi esa, ijtimoiy tuzimlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik edi. Barcha fanlar rivoji zamirida ham qarama-qarshilik yotadi va bu esa, fanlarning o‘sishi, rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun bosh omil bo‘lib hisoblanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng jamiyatimizning taraqqiyot yo‘li va bosh maqsadi belgilandi. Ya’ni, rivojlangan, demokratik huquqiy jamiyat qurish jamiyatning asosiy ko‘zlangan maqsadiga aylandi. Bu jamiyatni qurish uchun shu jamiyat quruvchilarini, ya’ni har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni, komil insonni tarbiyalab, yetishtirish zaruriyati paydo bo‘ldi.
Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rganish sohalarini isloh qilishga nihoyatda kata zaruriyat sezila boshladi. Busiz jamiyatimizning biron-bir sohasini o‘zgartirishga kirishib bo‘lmasdi. Islohotlarning taqdiri va samarasi birinchi navbatda kadrlarning saviyasiga, ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechog‘lik javob berishiga taqalib qolar edi. Yurtimizning ertangi hayoti va taqdiri shu muammolarni yechish bilan bog‘liqligini har qaysi fikrlovchi odam anglashi qiyin emas.
Ushbu muammolarni yechish uchun ta’limdagi yuzakichilikdan voz kechish, har bir soha, har bir fanni zamon talabi darajasida aniq, ravon, tushunarli tarzda o‘qitish, buning uchun esa ta’lim berishdagi ilg‘or ish tajribalaridan, dars o‘tishning samarali metodlaridan va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mahorat bilan dars o‘tadigan o‘qituvchi kadrlar zarur. Har bir soha, har bir fan bo‘yicha dars beruvchi o‘qituvchi o‘z fanini mukammal bilishi, uni yosh avlodga o‘rgatish uchun bo‘ladigan barcha qiyinchilik va muammolarga bardoshli bo‘lishi, chigalliklarni oqilona hal qilmog‘i kerak. Eskicha ishlash, erishilgan natijalarni oshirib ko‘rsatish, sifat o‘rniga son ketidan quvish endilikda o‘z-o‘zimizni aldashdan, ko‘z bo‘yamachilik qilishdan boshqa narsa emasligini hammamiz bilib oldik.
Hech bir fan, yoki soha o‘zi alohida rivojlana olmaydi. Fanlar va ilm sohalari doimo bir-birini taqazo etadi, ular bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ularni ajratish taraqqiyot zanjirini uzish demakdir.
Turli fanlarning bir-biriga bo‘lgan aloqalari, ularning kuchli yoki kuchsiz darajada bir-biri bilan bog‘lanishi, o‘qitish jarayonida bir-birini taqozo etishi integratsiyalashuv jarayonlari ta’siri ostida yuzaga keladigan fanning rivojlanishiga oid zamonaviy tendensiyalarni o‘qitish mazmunida ochib berish metodi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday tendensiyalar elementlari hali unchalik yetarlicha to‘liq bo‘lmasa-da, o‘z ifodasini topib bermoqda. Fizik tushunchalarga tayanish fizik bilimlarning yangi-yangi qirralarini ochib beradi, shu bilan birga bir vaqtning o‘zida fizik bilimlar ham umumlashgan mazmunga ega bo‘la boradi. Fanlarning bir-biri bilan bo‘lgan bunday aloqadorligi hisobiga o‘quv predmeti o‘quvchilar uchun faqat bilimlar tizimigina emas, balki metodlar tizimi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Demak, fanlararo aloqadorlik o‘quv mavzulari mazmunini har tomonlama, atroflicha ochib berish uchun zarurdir.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi –o‘rta umum ta’lim maktab fizika ta’limining fanlararo bog‘lanish texnologiyalari qonuniyatlarini asoslashdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari – bitiruv malakaviy ishida nazariy va amaliy isbotni taqozo qiladigan ilmiy faraz, tadqiqot ob’yekti, predmeti, maqsadiga muvofiq quyidagi tadqiqot vazifalari hal qilinadi:

  1. Atom fizikasini fanlar bilan bog‘lab o‘qitishda o‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirish yo‘nalishlarini, pedagogik asoslarini aniqlash;

  2. Zamonaviy shakl va uslublardan foydalanish;

  3. Fizika ta’limiga oid didaktik va metodik adabiyotlarni o‘rganish;

  4. Fizika ta’limini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning hozirgi amaliyotini tahlil qilish;

  5. Ilg‘or pedagogik g‘oyalarni umumlashtirish, pedagogik amaliyot imkoniyatlarni aniqlash;

  6. Fizikani boshqa fanlar bilan bog‘lab, darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning tafakkurini shakllantirish yo‘llari, vositalari va imkoniyatlarini aniqlash;

  7. Fizika ta’limining fanlararo bog’lanishini pedagogik tajribada o‘rganish, nazariy asoslarini bayon qilish va unga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Bitiruv malakaviy ishining predmeti – fizika fanining fanlararo bog‘lanish texnologiyalari, ushbu fandan yaratilgan turli elektron qo‘llanmalar, multimedialar, virtual laboratoriyalar tizimlari, elektron test topshiriqlari va bundan oldin shu ish bilan shug‘ullangan olimlarning tajribalari bo‘lib hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti – tadqiqot ob’yekti bo‘lib, ta’lim jarayoni hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati- bitiruv malakaviy ishida ishlab chiqilgan fizika ta’limini boshqarish yo‘llari – fanlararo bog‘lanish texnologiyasidan fizika ta’limida foydalaniladi. Taklif etilayotgan fizika ta’limining fanlararo bog‘lanish texnologiyasidan didaktik adabiyotlar, darslik va o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishda foydalanish mumkin.
Fizika ta’limida fanlararo bog‘lanish texnologiyasi g‘oyalarini akademik litsey va kasb-hunar kollejidagi boshqa o‘quv predmetlarini o‘qitishda va ta’limning boshqa bosqichlarida ham qo‘llash mumkin.
8. Bitiruv malakaviy ishida ilgari surilayotgan g‘oyalardan mustaqil va masofaviy ta’limning yangi shakllarini yaratish va o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimida foydalanish mumkin. Bunda o‘qituvchining o‘zidagi ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarni kuzatish va shunga qarab navbatdagi rejalarini tuzishi ko‘zda tutiladi.


Download 272,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish