Kirish so`zi
Boshlovchi - Maktabimning go`zal o`g’il-qizlari,
Siz qalbi olovsiz porloq ko`zlari.
Ulug’dir niyati aytgan so`zlari,
Barkamol avlodsiz buyuk kelajak,
Yarashib turibdi o`zbek degan nom,
Yurt bayrog’i baland ko`tarib mudom.
Jo`shqin mehnatingiz beradi ilhom,
Barkamol avlodsiz buyuk kelajak.
- Assalomu-alaykum bugungi tantanali shodiyonamizning ishtirokchilari. Qalbi daryo, mehri quyosh ustozlaru, xandon kulgusi bilan olamni quvonchga to`ldirgan aziz bolajonlar. Maktabimizga tashrif buyurgan hurmatli mehmonlaru, muruvvatli, saxovatli xomiylar. Barchangizga xush kelibsiz deb qolamiz.
- Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan 1992-yil 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan bu sana butun dunyoda va respublikamizning qator tashkilotlarida keng nishonlanib kelinmoqda. Shu jumladan bugun bizning maktabimizda ham qalblari mehr-muhabbatga to`la o`quvchilarimiz uchun ajoyib bayram dasturi taqdim etilmoqda.
- Tadbirimizni maktabimizning kichik yosh guruxdagi jajji qizlari ijrosidagi “Bedana” raqsi ochib beradi. Marhamat tadbirimizda faol ishtirok eting va maroqli hordiq chiqaring.
Boshlovchi – bugungi tadbirimizni ochib berish uchun so`z navbatini maktabimizning o`quv ishlari boyicha direktor o`rinbosari Irgasheva Xurshida Xojiqurbonovnaga beramiz.
Tadbirimizga tashrif buyurgan UzLiDep partiyasining Navoiy viloyat kengashi rahbari Eshniyozov Muhammad Agzamovich hamda Karmana tuman deputati Nosirova Shoira opa tabrik so`ziga chiqib bolajonlarga ezgu tilaklar tiladilar hamda maktab kutubxonasi uchun ajoyib kitoblar hadya etdilar
- Xalq Demokratik Partiyasi Karmana tuman kengashi raisi Ro`ziyev Husniddin Rasulovish ham so`zga chiqib o`quvchilarimizni bayram bilan tabriklab juda ajoyib sovg’a-salomlar ulashdilar.
Boshlovchi- Oyu- quyoshi porloq osmonlaring bor,
Bogi Eraga qiyos bo`stonlaring bor.
Boqiy yashar o`lmas dostonlaring bor,
O`zbekiston mening suygan vatanim.
Qizlar libosi atlasu-shoyi,
Yigitlar mardligi taxsinga loyiq.
Muqaddas obida har maskan joyi,
O`zbekiston mening suygan vatanim
- Azizlar endi maktabimizning istedodli o`quvchilari ijrosida she’rlar tinglaymiz
Marhamat:
2-“B” Nigmatullayeva Shalola. Tursunova Zulfiya
3-“B” Akmalova Fotima
4”A” Mavlonova Sevinch. Boltayev Murodjon.
Ravshanova Nodira. Axadov Abdullo
8-“A” Nuriddinova Laylo
10-“B” Nurmatova Nozima.
12-“A” sa’dullayeva Malika
12-“B” Boltaboyeva Nilufar
Do'stlaringiz bilan baham: |