To’g’ri chiziq bilan sirtlarning kesishish nuqtalari sirtlarning tekislik bilan
To’g’ri chiziq bilan sirtlarning kesishish nuqtalari sirtlarning tekislik bilan
kesishish chizig’ini yasashga asoslanib topiladi. Umuman, biror a to’g’ri chiziq
bilanF sirtning kesishish nuqtasi quyidagicha aniqlanadi. Sirtlarni to’g’ri chiziq bilan kesishishi
Berilgan a to’g’ri chiziq orqali ixtiyoriy yordamchi R tekislik o’tkaziladi. R a. F
sirt bilan R tekislikning kesishish chizig’i m yasaladi. F∩R=m. m chiziq bilan
berilgan a to’g’ri chiziqning kesishish nuqtasi V belgilab olinadi: a∩m=V.
Ma’lumki, berilgan to’g’ri chiziq orqaliistalgancha tekislik o’tkazish mumkin.
Agaryordamchi tekislik proyeksiyalovchi vaziyatdao’tkazilsa, masalaning
yechilishi soddalashadi. Silindrik yoki konus sirtlar berilgan bo’lsa, to’g’ri chiziq
orqali silindr yasovchilariga parallel yoki konus uchidan o’tuvchi tekislik o’tkazish
maqsadga muvofiq bo’ladi
Sirtni to‘g‘ri chiziq bilan kesilishi
Agar sirtlarni hamma nuqtalarini bir tekislikka joylashtirish mumkin bo‘lsa,
bunday sirtlarni kesiladigan sirtlar deyiladi.
Bu holda silindrni n yoqli prizmaga almashtiriladi. Silindrning yasovchilariga perpendikulyar bo’lgan N tekislik bilan kesishish chizig’i yasaladi.
Kesishish chizig’i, ya’ni normal kesimning haqiqiy kattaligi aylantirish usuli bilan topiladi.
Asoslari aylanish o’qiga perpendikulyar bo’lgan to’g’ri doiraviy silindr yon sirtining yoyilmasi to’g’ri to’rtburchakdan iborat bo’lib, bunday to’rtburchakning tomonlari 2R va h0 ga teng bo’ladi .
Bu yerda R – asosning radiusi, h – silindrning balandligi.
Konus sirtlarning yoyilmalarini yasash.
Konus sirtlarning yoyilmalarini yasash.
Umumiy holdagi konus sirtining yoyilmasi ham piramida yoyilmasini yasashdagidek, uchburchaklar usuli bilan bajariladi.
Buning uchun konus o’ziga ichki chizilgan ko’pyoqlik piramidaga approksimatsiya qilinadi va shu piramidaning yoyilmasi konus sirtining yoyilmasi deb qabul qilinadi.
Ichki chizilgan ko’pyoqlik piramidaning yoqlari qanchalik ko’p bo’lsa, konus sirtining yoyilmasi shunchalik aniq bo’ladi.
Asosi N tekislikka tegishli F og’ma konus tasvirlangan.
Bu konusning yoyilmasini yasashda uchburchaklar usulidan foydalanamiz.
Konusni o’ziga ichki chizilgan piramidaga approksimatsiyalaymiz.