Кириш рввиПУ


GPKS kombayni elektrli sxemasini 1 rasmda ko’rib chiqamiz. Sxema ta’minlab beradi



Download 26,58 Mb.
bet31/170
Sana08.01.2022
Hajmi26,58 Mb.
#332571
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   170
Bog'liq
11Konchilik mashinalarining elektr ta'minoti va avtomatlashtirish

GPKS kombayni elektrli sxemasini 1 rasmda ko’rib chiqamiz. Sxema ta’minlab beradi: PM1 va PM2 masofadan turib boshqariladigan ishga tushirgichlar, boshqaruv stantsiyasiga bevosita kombayndan turib kuchlanish uzatuvchi va chang so’ruvchi elektr yuritgichlar; mahalliy yoritishni qo’shish; har qanday elektr yuritgichini tovushli signalni uzatmasdan turib ishga tushirishning imkoni yo’qligi; kombaynning ishlash jarayonida ogohlantiruvchi tovushli signalni uzatish; ijrochi organ elektroyuritgichini sug’orish tizimida suvning bosimi bo’lmaganda uzish; boshqaruv stantsiyadan turib kombayn elektroyuritgichlarini boshqarish; vaqt bo’yicha kombayn ishlari hisobi; magnit kuchaytirgichli masofadan turib boshqarish zanjirida uchqun chiqishi xavfsizligi; tokdan himoya; konveyer va ag’darilishidan himoyada yoki elektr yuritgichining ijro organini ishga tushirib bo’lmaganida;nolь himoyada, boshqarishda yo’qotishdan himoya; quvvatlanuvchi kabelni simlarini zaminlashning butunligini nazorat qilish; signal berishda (N katushkali sirenadan tashqari)zanjirlarning butunligini nazorati.

Kombaynga kuchlanishni uzatish va chang so’ruvchi elektr yuritgichi shtrekka o’rnatilgan PM1 va PM2 magnit kuchaytirgichli ulash bilan masofadan turib boshqarish stantsiyasi pulьtidan boshqariladi. Nasos uskunasida PMZ kuchlanish PM2 tutashtiruvchi blok-kontakt ishga tushirgich ulangandan keyin magnitli ishga tushirgich orqali uzatiladi,

PM1 va PM2 ishga tushirgichlarni ulash imkoniyatini ta’minlash uchun ishga tushirgichlarning ichki tomonida almashlab ulagichlar qo’yilishi zarur va ularni ajratgichga ulash lozim.

SHu bilan boshqaruv stantsiyasidan 18V kuchlanish uzatiladi va boshqaruv stantsiyasidan PM1, PM2 va PM3 ishga tushirgichlarni boshqarish imkoniyati ta’minlanadi.

PM1 ishga tushirgichini ulash uchun ijrochi organda blokirovkalash S13 (PU1) tugmachasida qayd qilish lozim S14 (PU2) yuk tushirgich-yuk ortgichda va boshqarish stantsiyasida S9 «Tarmoq o’chir.» tugmachasi va S10 knopkasini bosish, “Tarmoq” degan tutqichni “Ulangan” degan holatda burilma.

S10 tugmasini bosayotganda ishga tushirish kontaktori boshqarish relesi zanjirida 3-10 kontaktlar tutashib ketadi, oxirida ulanadi va boshqarish stantsiyasiga kuchlanish uzatadi. 3-10 ishga tushirish kontaktlari ulanganda S10 tugmasi rezistor R1 bilan shuntlanadi va S10 tugmasini ishga tushirgandan keyin ishga tushirgich ulangan holda qoladi. Mahalliy yoritishda NL1 va NL2 faralarini o’t olishi komaynda kuchlanish borligidan dalolat bo’ladi.

PM2 ishga tushirgich ulanganida S11 tugmasini bosish kerak, “CHang so’rgich” dastasini “Ishga tushirish” holatiga buraladi, shu bilan PM2 ishga tushirgich ulanadi, 45-46 kontaktlari S11 tugmasiga R2 rezistori bilan shuntlanadi va ishga tushirgich tugmacha ishga tushirlganidan keyin ulangan holda qoladi.

SHu bilan blok kontakt tutashganida K1 ishga tushirgichdan PM2 ishga tushirgich PMZ ulanadi va elektr yuritgichli nasosli uskunaga kuchlanish uzatiladi. Sug’orish tizimida suvning talab qilinadigan bosimi Ye3 kontakt rele bosimi bilan tutashadi va K1 kontaktorini zanjirga ulashga tayyorlanadi.

Ijro mexanizmlarini elektr yuritgichlarini ulashdan oldin albatta ogohlantiruvchi “Signal” holatida “To’xta-signal” buriladigan dastasi orqali tovushli signal berilishi kerak. SHu bilan S1 tugmachasi bosiladi va 14-18 o’z kontaktlari sirenaning ta’minlovchi zanjirini va K5 vaqt relesi vaqtini N tutashtiradi. Sirena kuchlanish ostida ulanadi, vaqt relesi K5 ishlab ketadi va o’z 14-15 kontaklarini S1 kontakti tugmasiga shuntlaydi, 57 tugmasini ishga tushirganda sirena zanjirini ta’minlashni saqlab qoladi. Keyingi operatsiyalarda sirenaning tovushli signali yo’q bo’lib qolganida ijrochi mexanizmlarga ulash taqiqlanadi.

15 – 17 vaqt relesining ikkinchi kontakti K5 oqib o’tishi bo’yicha 6-12 ( signal uzatish vaqtining uzunligi) vaqt relesini K5 ulaydi, 14 – 19 kontakti K7 relesini uz ichiga oladi.

K7 oraliq relesi 16-18 o’z kontaktlarida sirenani va vaqt relesi K5, K6 uzib qo’yadi, 26 - 27, 30 - 31, 36 – 37 kontaktlarini esa K1, K2, K3 i K4. Kontaktorlar zanjiriga ulash uchun tayyorlaydi. SHularga qaramasdan K6 vaqt relesining 14-19 kontaktlari K7 releni ta’minlash zanjirida 4-6 s. davomida tutashgan holda qoladi.

Elektr yuritgichini har qanday ulashda 4-6 s davomida signal uzatish tugaganidan keyin amalga oshirish mumkin. Agar ana shu vaqt ichida zarur elektr yuritgichi ulanmasa, yana qayta takroriy signal berish kerak va signal chalinib bo’lgandan keyin yuritgichь yoqiladi.

Gusenitsali yuruvchi elektr yuritgichi “Ishga tushirish” holatida “Yurgizuvchi qismi” dastagini buraganda S7 knopkasini bosish bilan ulanadi

S7 knopkasini bosishda K3 kontaktor g’altagi zanjirida 35-37 kontaktlari tutashadi. Kontaktor ulanadi va asosiy kontakt bilan gusenitsali yuruvchi elektr yuritgichga kuchlanish uzatadi, blok-kontaktni esa 35-37 kontaktlariga va S7 knopkasia shuntlaydi. Elektr yuritgichni to’xtatish S8 tugmasini bosish bilan “Ishga tushirish” holatida “Yurgizuvchi qismi” dastagini buraganda amalga oshiriladi.

Yuk tushirgich –yuk ortgich elektr yuritgichlarini ulash va konveyerda “Ishga tushirish” holatida “Konveyerda yuk tushirgich –yuk ortgich” dastagini buragan bilan amalga oshiriladi. Bu bilan S6 va S4 tugmalari bosiladi 31 – 32 kontaktlari K4 kontaktori g’altagi zanjirida va K2 kontaktor g’altagi zanjirida 29-31 kontaktlarida tutashuv hosil qiladi . Kontaktorlar ulangach , elektr yuritgichiga asosiy kontaktlarda kuchlanishni uzatadi, blok-kontaktni esa o’zining ishga tushiruvchi tugmachasiga shuntlaydi.

Konveyerda yuk ortgich –yuk tushirgichni o’chirish va S5 birta tugmachasini orqali amalga oshiriladi, “Yuk ortgich –yuk tushirgich- Stop konveyeri” holatida “Signal-stop”dastagini burilma orqali amalga oshiriladi.

Ijro organlarining elektr yuritgichi “Ishga tushirish” holatida “Ijro organi” burilma dastagi bilan ulanadi, shu bilan birga S2 tugmasi bosiladi, 25-26 kontaktlari K1 kontaktor g’altagi ta’minlovchi zanjirida tutashuv hosil qiladi, elektr yuritgichiga o’zining asosiy asosiy kontaktlari orqali kuchlanishni uzatadi va oxirida ulanadi, blok-kontakti bilan esa 22-25 kontaktini S2 tugmasiga shuntlaydi.

Sug’orish tizimida suv bosimi bo’lmagan vaqtda U3 relesidagi 24-27 kontaktlari ajratiladi va S2 tugmasini ishga tushirganda elektr yuritgichь o’chib qoladi. “Ishga tushirish” holatida “Ijro organi” burilma dastagi S3 tugmasini bosish bilan elektr yuritgichi to’xtab qoladi.

Tayyorlovchi ishlarni o’tkazish uchun kovlab boradigan komplekslar o’z tarkibiga kovlab boradigan kombaynlarni va tabiiy ravishda kVt; o’rnatilgan katta quvvatli elektr uzatmalar KN5N – 145, KRT – 417, «Soyuz-19» – 910 oladi.

« Soyuz-19» kovlab boradigan kompleksi professor M. M. Protodьyakonov f = 6 – 10 shkali bo’yicha qattiqlik koeffitsienti jinslar bo’yicha magistral mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan. Ana shu kompleksning kombayn ijro organlari uzatmasi 160 kVt quvvati bo’yicha to’rtta yuritgichdan tarkib topgan har bir kuchlanish boshqaruv apparaturasiga muvofiq 1140 V s bo’lib va ta’minlash manbasi va himoyalash; 660V kuchlanishda –qolgan elektr jihozlar kompleksidan iborat.

“Soyuz-19” kompleksi boshi berk ishlab chiqarishda ishlaydi, shu sababli ham changni yo’qotishni ta’minlash bo’yicha PB talablariga rioya qilinadi, ishlab chiqarishda havoni yangilashni nazorat qilish, gaz himoyasi, elektr ta’minotini maxsus sxemasi. CHangni yo’qotish tizimini normal faoliyatidagi yo’l qo’yilgan kamchilik amaliyotda to’xtatiladi, shunday qilib tegishli himoyalash va yo’l qo’yib bo’lmaydigan kombayn ishchi organlari elektr uzatmalarini uzib qo’yishni blokirovka amalga oshiradi.

2 rasm. «Soyuz-19» yuritgichi bilan kovlab boradigan komplekslar sxemasi:

M1-M4 — ijro organi; M5 chig’ir; M6, M7 gidrotizim; M8, M9 —changso’rgich;

M10 sug’orish nasosi; M11, M12 — konveyer va yuk tushirgich-yuk ortgich ; M13, M14 boldirg’a organlari; M15 nasos qoplami; M16 turtgich; M17 — ko’targich mustahkamlagichi. Bosimning pasayishi va sug’orish tizimida su v hajmi, chang yutgichni yoki sug’orish nasosini o’chirish.

Havo miqdorini nazorat qilish AKV apparaturasi orqali amalga oshiriladi, metanning miqdori – gazdan avtomatik himoyalash.

«Soyuz-19» komleksining elektr ta’minoti o’ziga xos xususiyati (2 rasm) shundan iboratki, sxema ajratish quvvatning o’ziga xosligi. Sxema ikkita TSSHV-630-6/6 ajratuvchi transformatorlardan foydalanishni ko’zda tutadi, parallel ravishda statsionar tarzda kamera o’rnatilgan, havoni toza jilg’alari bilan yangilash . Transformatorlarning birini ikkilamchi cho’lg’amining nolinchi nuqtasidan umumtarmoqli himoya apparati tarmoqqa tok sizib chiqishidan himoyalash uchun ulangan, o’z navbatida boshi berk ishlab chiqarishda joylashgan barcha elektr jihozlarini avtomatik tarzda o’chishini, 6 kV alohida tarmoqda izolyatsiyada qarshilikni kamayishini amalga oshiradi.

Ajratgichli transformatorlardan shtrekning alohida kamerasiga o’rnatilgan 1,2, 3 pasaytiruvchi transformator nimstantsiyalari quvvatlanadi.

Mahalliy ishlab chiqarishni shamollatish ventilyatori kovlab kiradigan komplekslarga bog’liq bo’lmagan boshqa taqsimlovchi punktdan quvvatlanadi(sxemada ko’rsatilmagan)

660 V li magnitli ishga tushirgichning avtomatik uzgichlari energopoezdga ulangan, u boshi berk ishlab chiqarishga bevosita joylashtirilgan va ular bir vaqtning o’zida kompleks bilan qayta joylashtiriladi.

Kompleksning elektr qabul qilgichlarni birlashtirish nominal kuchlanishidan qat’iy nazar 1140 V kuchlanishli moslashuvchan GRSHE kabeli orqali amalga oshiriladi.

(2 rasmga qarang) Sxemasi soddashlashtirilgan bo’lishi mumkin: 1, 2 i 3 transformator nimstantsiyalari energopoezdga joylashtirilgan, ya’ni chuqur kiritgich sxemasi ham bo’lishi mumkin (4); avtomatik uzgich va ishga tushirgichlar magnit stantsiya bilan almashtirilgan.


Download 26,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish