Кириш рввиПУ



Download 26,58 Mb.
bet93/170
Sana08.01.2022
Hajmi26,58 Mb.
#332571
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   170
Bog'liq
11Konchilik mashinalarining elektr ta'minoti va avtomatlashtirish

Amaliy mashg’ulot-24
Ko’tarish qurilmalarining avtomatlashtirish vositalari bilan tanishish.
Yuk ko’tarish qurilmalar turli xildagi bir necha elektromexanik uskunalardan iborat bulgan mukammal muxandislik majmuasidir. Ular konchilik korxonalrida foydali qazilma va tog’ jinslarini, ishchi va xodimlarni, uskunalar va materiallarni tik yoki qiya laxmlarda tashishda qo’llaniladi.

Yuk ko’tarish qurilma tarkibiga (1a,b-rasmlar) yuk idishlar-1,2, ‘ulat arqon -4, yuk ko’tarish mashina-3, yunaltiruvchi shkivlar-5, minora-6, bushatish bunkeri-7, bushatish yuli-8, yuklash bunkeri-9, me’yorlash moslama (dozater)-10, ag’dargich (a’rakivatel) -11, bino-12 va bunker -13 kabi uskunalar kiradi.

Yuk idishlar shaxta stvolida uning chuqurligi buylab urnatiladigan yunaltiruvchilarga xarakatlanadilar. Bu yo’naltiruvchilar xarakat davrida yuk idishlarini chayqalishdan asraydi.

Yuk ko’tarish ‘ulat arqon soni kamida 2 ta bo’lib, ularning xar birini uchlari ulash moslama bilan yuk idishlarga ulanadi. ‘ulat arqonlar yo’naltiruvchi shkivlardan o’tkazilib ularning ikkinchi uchlari yuk ko’tarish mashina barabaniga ulanadi.

Yuk ko’tarish mashina ishga tushirilganda ‘ulat arqonlardan biri baraban sirtiga uraladi va unga ulangan yuk idish te’aga (yer satxiga) qarab ko’tariladi. SHu vaqtni uzida ikkinchi ‘ulat arqon baraban sirtidan chiqadi va unga ulangan idish ‘astga (shaxtaga) qarab xarakat qiladi.

Kletli yuk ko’tarish qurilmalarida foydali qazilma, tog’ jinslari va materiallar vaganetkalarda tashiladi. Buning uchun ular uzunligi klet uzunligiga teng bo’lgan relslar bilan jixozlangan relslar oralig’idagi masofa shaxtada qabul qilingan temir yo’li oralig’iga teng.

Yuklash va bushatish jarayonlarida kletga o’rnatilgan va tashish laxmidagi relslarni bosh qismlarini banlandliklari bir xil bo’lishi maxsus moslama-tirgamlar (‘osadochnie kulaki) yoki tebranuvchi maydoncha (kachayushie ‘loshadki) bilan ta’minlanadi.

Yer ostida yuklangan vagonetkaga kletka turtqich (tolkatel) bilan turtib kiritiladi. U uz navbatida kletga vagonetkani turtib chiqaradi va uning joyini uzi egallaydi. Sung klet yuklangan vagonetka bilan birgalikda yer satxiga ko’tariladi. Yuklangan klet shaxta stvoli te’asidagi bushatish maydonchasigacha ko’tariladi. Kletni bo’shatish jarayoni bush vagonetka yordamida bajariladi. Buning uchun bo’sh vagonetka ma’lum qiyalikdagi balandlikdan tushirib yuboriladi. Qiyalikdan tushib keladigan bo’sh kletning inertsiya kuchi yordamida yuklangan idish kletdan chiqariladi va uning o’rnini o’zi egallaydi. Keyin klet bo’sh vagonetka bilan ‘astga ya’ni shaxtaga tushiriladi.

Foydali qazilma yoki tog’ jinslari ag’dariladigan kletlarda tashiladigan xollarda ularni yuklash jarayoni oddiy (ag’darilmaydigan) kletlardagi yuklash jarayoni bilan o’xshash bo’ladi.

Ag’dariladigan kletlarda bushatish jarayoni minoraga urnatilgan bushatish yo’lida bajariladi. Kletning bo’shatish yo’lidagi xarakati davomida u 135 gradus og’adi va yuklangan vagonetka kletdan chiqadi.









7.1 –rasm. Yuk ko’tarish qurilmalari: a-kletli; b-ski’li

Ski’li yuk ko’tarish qurilmalari yuklash jarayoni ag’dargich (a’rokidovatel)-6, yuklash bunkeri -7, yuklash moslama -4 kabi moslamalar yordamida bajariladi. Dastlabki yuklangan vagonetka ag’dargich -6 ga kiritiladi. So’ng ag’dargich 360 gradusga aylantiriladi. Uning aylanish jarayonida yuk yuklash bunkeri -7 ga to’kiladi. Undan keyin yuk yuklash moslama -8 orqali ski’-1 ga to’kiladi. Ski’ga to’kiladigan yuk miqdori yuklash moslamada me’yorlanadi. Yuk miqdorini me’yorlash ski’ning xajmini yoki uning yuk ko’tarish qobilyati bo’yicha belgilanadi.

Yer satxiga ko’tarilgan ski’ -2 bo’shatish yo’li -9 ga kiradi va yuk bunker -7 ga to’kiladi.

Ski’li yuk ko’tarish qurilmalarda yuk idishlarini yuklash va bushatish ishlari bilan bir vaqtda bajariladi.

SHuning uchun ularning unumdorligi kletli yuk ko’tarish qurilmalariga qaraganda yuqori.

Yuk ko’tarish qurilma bilan yuklarni tik yoki qiya laxmlarda tashishni qulayligi ularni chuqur ochiq qiyalarda xam qo’llash mumkinligidan dalolat beradi.

Hozirgi davrda 40 dan ortiq ochiq konlarda yuk ko’tarish qurilma o’rnatilgan va ular muvofaqqiyatli ishlab turibdilar. Bu qurilmalarda yuklar maxsus yuk idishlarda yer satxiga ko’tariladi.

Yuk ko’tarish qurilma (1a-rasm) yuk ko’tarish mashina -3, ‘ulat arqonlar-4, yo’naltiruvchi shkivlar-5, minora -2, yuk idishlar-1, (klet ‘latforma yoki ski’) kabi mexanik uskunalardan va yuklash xamda bo’shatish ishlarini bajaruvchi moslamalar o’rnatilgan. Yuklash va bo’shatish maydonchalardan iborat. Yuk idishlar ma’lum qiyalikdagi va temir yo’l-6 bo’ylab xarakatlanadi. Idishlar yuk ko’tarish mashina barabani sirtida ‘aydo bo’ladigan va ‘o’lat arqonlar orqali ularga uzatiladigan tortish kuchi ta’sirida temir izlar o’rnatilgan qiya yo’lda xarakatlanadilar. Yuklangan idishni ko’tarish va bo’sh idishni tushirish ishlari bir vaqtda bajariladi.

Klet ‘latforma bilan jixozlanganda qurilmalarda yuk trans’ort vositasi (vagon yoki avtosamasual) da ko’tariladi. Bo’shatish maydonchasigacha ko’tarilgan klet ‘latforma bo’shatiladi.

Yuk klet-’latforma bilan tashilgan xollarda karyer trans’orti bilan yuk ko’tarish qurilma ishi o’zaro belgilangan bo’ladi. Bu esa qurilmaning imkoniyatidan to’liq foydalanishga salbiy ta’sir etadi.

Kletli yuk ko’tarish qurilma bilan ishchi va xodimlarni xam tashishga ruxsat etiladi. Bu xollarda odamlar maxsus jixozlangan vagonetkalarda tashiladi.

Ski’li yuk ko’tarish qurilmalarida yuk ski’larda ko’tariladi. Ularni yuklash ikki usulda bajarilishi mumkin. Yuklash jarayoni birinchi usulda bajarilganda avtosamasvalda tashib kelingan yuk to’g’ri ski’ga to’kiladi. Ikkinchi usulda esa yuk avval oraliq bunkerga to’kiladi keyin ma’dan oraliq bunkeriga to’kiladi. Yuklash jarayonini bu usulda trans’ort vositasi bilan ko’rilma ishining o’zaro bog’liqligi ma’lum vaqtgacha bo’linadi. Bu esa yuk ko’tarish qurilma imkoniyatidan to’liq foydalanish sharoitini yaratadi.




Download 26,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish