Кириш рввиПУ



Download 26,58 Mb.
bet71/170
Sana08.01.2022
Hajmi26,58 Mb.
#332571
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   170
Bog'liq
11Konchilik mashinalarining elektr ta'minoti va avtomatlashtirish

Amaliy mashg’ulot-15

Maydalagich va tegirmonlarning elektr yuritmalari quvvatlarini hisoblash
Jag’li maydalagichlar ruda va qurilish mahsulotlarini yirik hamda o’rta maydalash uchun ishlatiladi. Jag’Ii maydalagichlarda rudani maydalash (plita)lar orasidagi bo’shliqda ezilish, qisman parchalanish va sinish natijasida sodir bo’ladi.

Ruda yuqori tarafdan plitalar orasidagi bo’shliqqa beriladi va ularning yaqinlashishi vaqtida maydalanadi, maydalangan mahsulot esa qo’zg’aluvchi yuza har safar qo’zg’almas yuzadan uzoqlashganda bo’shatish tuynugi orqali tushirib olinadi.

Sanoatda jag’li maydalagichlar oddiy va murakkab harakatlanuvchi yuzali qilib ishlab chiqariladi. Bu yuza sharnirli o’q yoki ekssentrik valga osilgan bo’lib, qo’zg’almas yuzaga goh yaqin lashib, goh undan uzoqlashadi.

Birinchi turdagi maydalagichlar sanoatda keng ishlatilib, ikkinchi turdagisi esa faqat laboratoriya va yarim sanoat tadqiqotlari uehun tayyorlanadi. Yuza tebranuvchi harakatni uzatuvchi mexanizm orqali ekssentrik valdan oladi. Murakkab harakatlanuvchi qo’zg’aluvchi yuzali maydalagichlarda bu yuza uzatuvchi ekssentrik valga sharnir orqali osilgan bo’lib, uning pastki qismi esa tirgakli plita orqali sharnirga ulangan.

Jag’li maydalagichlarda maydalangan mahsulotning yirikligi, bo’shatish tuynugining kengligi (yuzalar orasidagi minimal masofa) bilan aniqlanadi (10-rasm).

Boyitish fabrikalari, ochiq kon va shaxtalarda ruda hamda boshqa mahsulotlarni yirik maydalashda yuqorida osilgan va sodda harakatlanuvchi qo’zgaluvchi yuzali maydalagichlar keng ishlatiladi. Bu yuqori quvvatli maydalagichlar sodda tuzilishga va uncha katta bo’lmagan balandlikka ega bo’lib, ular juda ishonchli hisoblanadi.



15.1-rasm. Jag’li maydalagich:

1—old korpus; 2-almashtiruvchi plitalar; J— qo’zg’aluvchi yuza; 4-o’q; 5-maxovik; 6—val; 7—shatun; 8—orqa devor; 9—elektrodvigatel; 10-prujina; 11-tiigak; 12, /5-tirgakli plitalar; 14—vkladish; 15-tyaga.

Yuqorida osilgan va sodda harakatlanuvchi jag’li maydalagichning korpusi (qutisi) old (1) , orqa (8) va ikkita yonbosh (16) devorlardan iborat. Oldingi devor qo’zg’almas yuza vazifasini bajaradi. Qo’zg’aluvchi yuza ikkita podshipnikka tayangan o’qga osilgan.

Maydalagich ichki sathini hosil qiluvchi korpusning oldi va yonbosh devorlarining ichki yuzasi marganesli po’lat yoki toblangan cho’yandan yasalgan almashinuvchi plitalar (2) bilan qoplangan. Podshipniklaiga mahkamlangan ekssentrik val (6) ga vertikalyo’nalishdaqaytarma-ilgarilanma harakat qiluvchi shatun (7) ning boshi o’matilgan. SHatunning teshiklarida vkladishlar (14) bo’lib, ular tirgakli plitalarning uchlari (12) va plitalarning ikkinchi uchlari (15) vkladishga o’natilgan.

SHatun yuqoriga harakatlanganda plitalar orasidagi burchak kattalashadi va qo’zg’aluvchi yuza qo’zg’almas yuzaga yaqinlashadi. Bunda mahsulo tezilish, qisman esa siljish va bukilish hisobiga maydalanadi. Deformatsiyaning siljish va bukilish kabi turlari qoplovchi plitalar yuzasining qirraligi bilan tushuntiriladi.

Maydalagich korpusining yon devorlari silliq plitalar bilan qoplanadi.SHatun pastga harakatlanganda qo’zg’aluvchi yuza og’irlik kuchi va tyaga (13) orqali buferli prujina (10) ta’sirida qo’zg’almas yuzadan uzoqlashadi. Bunda maydalangan mahsulot to’kiladi.

Bo’shatish tuynugining kengligini o’zgartirish boshqaruvchi ponalar yordamida yoki tirgakli plitalarni almashtirish orqali amalga oshiriladi.Val (6) ga ikkita maxovik (g’ildirak) (5) o’matilgan.Maxoviklardan biri shkiv rolini bajaradi.

Jag’Ii maydalagichlar elektrodvigatel (9) dan ponasimon tasmali uzatma (klino remennaya peredacha) orqali harakatga keltiriladi.

Asosiy podshipnik va shatun kallagining podshipniklari suyuq moy bilan, qo’zg’aluvchi yuzaning podshipniklari va tirgakli plita vkladishlari konsistent moy bilan moylanadi. Suyuq moy podshipnikka Avtomat ravishda ishlaydigan stansiyadan tushadi.Bu stansiya bakdan, yog’ nasosi, elektrodvigatel, filtr-sovutkich va kontrol-o’lchov apparatlari (termometr-rele, bosim relesi, monometr va hokazo) dan iborat. Konsistent moy quvurlar orqali yoki qo’lda moy stansiyalaridan beriladi.

Keyingi yillarda murakkab harakatlanuvchi jag’li maydalagichlar ishlatila boshlandi (11-rasm).Qo’zg’almas yuza (1) maydalagichli staninasining bir qismi hisoblanadi.

Qo’zg’aluvchi yuza (13) qo’zg’aluvchi podshipnik yordamida (soat strelkasi bo’yicha aylanuvchi) ekssentrik valga (2) osilgan.Tirgakli plita



15.2-rasm.Yuzasi murakkab harakatlanuvchi jag’li maydalagich:

1—qo’zg’almas yuza; 2—ekssentrik; 3—podshipnik; 4—shkiv; 5,6—vint;7-pona; 8-tayanch; 9,12-vkladish; 10—tyaga; 11 13—qo’zg’aluvchi yuza;14,15-almashtiruvchi plitalar.

Bir uchi bilan qo’zg’aluvchi yuzning vkladishi (12) ga, ikkinchi uchi bilan tayanch (8) ning vkladishi (9) ga suyanadi. Maydalagichning bu tayanchi va staninasi o’rtasida gaykalar bilan ikkita vint (5) da mahkamlangan pona (7) joylashgan. Bu ponaning holatini vertical yuzada o’zgartirib, maydalagich bo’shatish tuynugining kengligi idora qilinadi.

Qo’zg’aluvchi yuza va tirgakli plita orasidagi kerakli bog’lanish prujina lityaga (10) orqali amalga oshiriladi. Korpusning asosiy podshipniki (3) ga o’natilgan ekssentrik val (2) ponasimon-tasmali uzatma va shkiv (4) orqali harakatga keltiriladi. Ishchi holatda qo’zg’aluvchi yuza qo’zg’almas yuzaga goh yaqinlashadi, goh undan uzoqlashadi. Shu bilan birga u qo’zg’almas yuza bo’ylab harakat qiladi. SHuning uchun bunday maydalagichlarda mahsulot ezilish va ishqalanish hisobiga bo’linadi.

Maydalangan mahsulotni bo’shatish tuynugidan majburan chiqarish hisobiga (ishqalanish kuchi pastga yo’nalgan) murakkab tebramrvchi jag’li maydalagichlar oddiy tebranuvchi jag’li maydalagichlarga nisbatan yuqori mehnat unumdorligiga ega.Maydalagichning ichki ishchi yuzasi almashtiruvchi plita (14) va (15) bilan qoplangan.

Qo’zg’aluvchi va qo’zg’almas yuzalar orasidagi burchak qamrash burchagi deyiladi. Uning chegaraviy (eng katta) ma’nosi itaruvchi kuchlarning ishqalanish kuchlari bilan to’liq muvozanatlashgandagi holat bilan aniqlanadi, bu bilan mahsulotning maydalagichdan otilib chiqib ketishiga yo’l qo’yilmaydi.

15.3-rasm.Yuzalar siqib qolgan maydalanuvchi bo’laklarning muvozanati.

Qamrash burchagining chegaraviy ma’nosini maydalagich yuzalari qisib qolgan mahsulot bo’lagining muvozanat shartidan aniqlash mumkin (12-rasm).



bunda: f— mahsulot va yuza orasidagi sirg’anishning ishqalanish koeffitsienti.



fnitgorqaliifodalansaα = 24 hosilbo’ladi.

SHunday qilib, qamrash burchagining eng kata qiymati ishqalanish burchagining 2 martasidan kichik bo’lishi kerak.Amaldaα< 24°.

Tajribalar asosida qamrash burchagi 24° dankiehikro qolinsa, α = 24° ga nisbatan maydalagichlarning ishlab chiqarish unumdorligini ortishi aniqlangan.

Jag’li maydalagichlarning ishlab chiqarish unumdorligi empiric formulalar asosida mashinasozlik zavodlari kataloglari yoki tajriba yo’li bilan aniqlanadi.

Jag’li maydalagichning hisoblab aniqlanadigan to’liq ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi empiric formuladan aniqlanadi:

 

bunda:   — maydalanayotgan mahsulotning yirikligi, namligi va qattiqligini hisobga oluvchi koeffitsient; (150+750 V) = solishtirma tajribaviy ishlab chiqarish unumdorligi, m3/(m2soat); V – qabul qilish tuynugining uzunligi; e — bo’shatish tuynugining kengiigi; m,   – sochma zichlik, m/m3, L — qabul qilish tuynugining uzunligi, m.

Dvigatelning quvvati quyidagi empiric formuladan aniqlanadi:

N = SLV.

bunda:

S – qabul qilish tuynugining kengligiga bog’liq koeffitsient.



Download 26,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish