Кириш рввиПУ


Burg`ulash stanoklari va agregatlarini elektr ta'minoti va elektr uskunalari



Download 26,58 Mb.
bet16/170
Sana08.01.2022
Hajmi26,58 Mb.
#332571
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   170
Bog'liq
11Konchilik mashinalarining elektr ta'minoti va avtomatlashtirish

Burg`ulash stanoklari va agregatlarini elektr ta'minoti va elektr uskunalari

Reja:

  1. Umumiy ma’lumotlar..

  2. SBSH-250 MN elektr uskunalari



Umumiy ma’lumotlar.
Hozirgi kunda qazilma xom ashyolarini qazib olish sanoatidagi burg’u dastgohlarini 380 V kuchlanishda elektr bilan ta’minlash ko’proq 630 kVAgacha bo’lgan quvvatli ko’chma komplektli transformatorli nimstantsiyalarda amalga oshiriladi.

Qo’llanilayotgan kuchlanishda katta kesimdagi moslashuvchan kabeldan foydalanishni talab etadi, ayrim hollarda esa – ikki moslashuvchan kabel liniyalaridan foydalaniladi. Masalan, SBSH-250 burg’u stanoklari elektr qurilmalari 120 -150 mm2 kesimli sim kabel bilan amalga oshiriladi, ikki kabel liniyali 2SBSH-200N stanoklari uchun esa sim kesimi 70 mm2 sim kesimli orqali bajariladi.

Buning hammasi burg’u qurilmalaridan foydalanishni murakkablashtiradi, xarajatlarni ko’payishi olib kelib, elektr ta’minoti samaradorligini pasaytiradi.

Yangidan yaratilayotgan stanoklarni quvvatini kelgusida oshirish va elektr ta’minotini ishonchliligini oshirish yuqori darajada ta’minlovchi va taqsimlovchi kuchlanishni talab qiladi.

6 kV kuchlanishli qudratli burg’u stanoklari uchun elektr ta’minotidan foydalanish uchun bevosita burg’u stanogini o’zida 6 / 0,4 kV li pasaytiruvchi transformatorni joylashtirishdan foydalanish maqsadga muvofiqligini taqdqiqotlar natijasida aniqlandi.

Qudratli burg’u stanoklarini elektr ta’minoti uchun 6 kV kuchlanishni qo’llash kabelni kesim simlari orqali quvvatlashni 5 barovarga kamaytirish imkonini beradi. Elektr energiyani taqsimlash sxemasini soddalashtiradi, burg’u stanoklarini elektr ta’minoti tizimida elektr uskunalari massasini 2 martadan ko’proq, joriy iste’molchilar chiqimlarini 4-5 baravarga kamaytiradi.

SBSH - 250 MN stanogining tuzilmasi. O’rta og’irlikdagi SBSH - 250 MN o’zi yurar burg’u stanogi manyovrli burg’u qurilmasi bo’lib va ular kon-kimyo sanoati uchun karьerlardan xom-ashyo qazib oladigan (f = 10 - 16 professor M.M. Protod’yakonov shkalasi bo’yicha)o’rta va o’rtadan yuqori qattiqlikdagi jinslarni portlatish skvajinalari sharoshka iskanasi uchun mo’ljallangan.

SBSH-250MN stanogi unifikatsiyalashganUG-60 gusenitsali yuruvchiga montaj qilingan. Gusenitsali aravacha ko’ndalang to’sinida mashina bo’limi bilan birgalikda bajarilgan stanok romi o’rnatiladi.

Mashina bo’limida mashinist kabinasi, suv uchun sig’im , gidro va elektr uskunalari tuguni joylashtirilgan. Mashina bo’limining isitilmaydigan qismida kompressor joylashgan.

Stanokning barcha jihozlari machtasi bilan maxsus tayanchlarda mashina bo’linmasi kuch elementlariga mustahkamlanib osib qo’yilgan, machta uch xil holatda mustahkamlab qo’yiladi (vertikal 15 burchak ostida va bertikal 30° burchak ostida)

Burgulashda stanokning barcha mexanizmlarini mashinist kabinasida joylashgan burg’u pulьtidan boshqarish amalga oshiriladi. Machtada burg’u snaryadi aylantirgichi, separator shtangasi, mexanizmni burab ajratgich, lyunet, uzatgich mexanizmi va boshqalar joylashgan.

Machta tayanchlarida o’rnashtirilgan ikkita gidrotsilindr orqali machta tushiriladi. Gidrotsilindr shtoki machtaning ko’ndalang to’siniga qotirilgan. Machtani engashtirish jarayonini boshqarish mashinist kabinasidagi pulьtdan boshqariladi. Gidrotsilindr porsheni bo’shlig’idagi ishlarni sinxronlashtirish uchun yuqori bosimli naporli yenglari o’zaro bir-biriga ulangan.

SBSH-250 xilidagi stanoklar ochiq kon ishlarida skvajinalarni burg’ulash uchun qo’llaniladi, shuning uchun skvajinadan burg’ining mayda-chuydalarini olib tashlash uchun sharoshka iskanasida kanallar mavjud bo’lib, ular orqali skvajina zaboyiga siqilgan havo yoki suv- havo aralashmasi kelib tushadi. Iskana panjasida sharoshka tayanchiga shamol purkash uchun mo’ljallab kanallar qo’yilgan. Burg’i shtangasidan ya’ni ana shu maqsad uchun maxsus щtutser va nippel ega bo’lib, u orqali havo yoki suv-havoli aralashma uzatiladi. Gidrouzatma tizimi qazish joyida dvigatelь aylanmasi yuklanmasida avtomatik ravishda burg’i shtangasida uzatilayotgan kuchlanishni bekor bo’lishini ta’minlab beradi.

Ana shu maqsadda tok relesi ishlaydi, u klapan uzatmasini (zolotnik) toksizlantiradi va klapan uzatmasiga (zolotnikka) quvvat berishni uzib qo’yadi.

Elektr ta’minoti stanogi elektr ta’minoti va elektr uskunalari 380 V kuchlanishda ko’chma transformator 6/0,4 kV nimstantsiyasidan amalga oshiriladi.

Stanokning barcha mexanizmlari elektrli uzatmaga ega. Belgilangan quvvat 386 kVt. Kuch elektr uskunalarining tavsifi tablitsada berilgan.

1. Stanokning elektr uskunalarining printsipial elektr sxemasi 9 rasmda taqdim etilgan. 3 x 150+1 x 50 mm2 kesimdagi KRSHK moslashuvchan kabelining uchta kuch simlari KV stanogining kabel o’tkazilgan joyi birlashtirilgan, to’rtinchi zaminlangan sim – uning korpusiga ulanadi.

A3742 turdagi avtomatik kiritadigan uzgich mashinist kabinasidan boshqarish imkonini beruvchi QF 1 elektromagnitli uzatmaga ega. TSZ-4/0,5 xildagi T1 transformatori stanokni yoritish va zanjirni boshqarishda 220 V kuchlanishda quvvatlantirish uchun xizmat qiladi. AS asimmetri bir fazali tutashuvda zaminlashda kiritish avtomatini uzib qo’yadi.

Boshqarish zanjirida quvvatni uzatish A3712, A3114, AP50-ZM xilidagi avtomatlar-380 V tarmoqdagi kuchlanish kuch elektro qabul qilgichlarga birlashtirish, AP40-ZM xilidagi QF3 avtomatik uzgich orqali amalga oshiriladi.

Burg’ulashdagi asosiy operatsiyalar UP5313-M9, UP5311-S23, UP5311-S303, UP5312-S302 tipidagi universal almashlab ulagichlar orqali amalga oshiriladi.O’zgarmas tok zanjirining ishga tushirishni rostlovchi, himoyalovchi va kommutatsion apparaturasi stanokning mashina bo’limida joylashgan boshqaruv shkafiga o’rnashtirilgan.

Tiristor o’zgartirgich tugun va barcha bloklari boshqa shkafga joylashtirilgan.Burg’ilash jarayonini boshqarish va uni nazorat qilish mashinist kabinasidan boshqariladigan o’lchov –nazorat asboblari, uni versal almashlab uzgich, tumbler va stanokning asosiy elektr uskunalarining boshqarish tugmachasi (yurish va kompressor uzatmani boshqaruvidan tashqari )bir joyga jamlangan pulьt orqali amalga oshiriladi.


Obo­znache­niya na sxeme

Privod

Tip elektro­dvigatelya

Nominalьnыe parametrы

forma

ispol­


neniya

R, kVt

U, v

I, A

p,

ob/min



Download 26,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish