Kirish Psixolog konsultant shaxsiga qo'yiladigan talablar ( axloqiy kodeks tamoyili ) ho Kochyunas varianti


Psixologik-maslahat o‘tkazishda optimal vaziyat



Download 51,9 Kb.
bet3/5
Sana28.06.2022
Hajmi51,9 Kb.
#715592
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish

Psixologik-maslahat o‘tkazishda optimal vaziyatsharoit quyidagilar hisoblanadi:

  1. Alohida, tinch xonaning mavjudligi, bu xonada maslahatchini yoki mijozni ch

  2. alg‘ituvchi tovushlar eshitilmasligi kerak. Maslahat olib borilayotganda bu xonaga hech kim kirmaydigan bo‘lishi kerak.

2. Bu xonada maslahatchi va mijoz qulay joylashishlari kerak – eng yaxshisi bir-biri bilan yonma-yon yoki kichik burchak ostida 60-70 sm dan to 100-110 sm masofada bir – birining qarshisida o‘tirishlari mumkin.
3. Maslahatni mijoz hech qaerga shoshilmayotgan paytida va o‘zini yomon his qilmayotgan paytda o‘tkazish.
4. Mijoz psixolog-maslahatchi bilan suhbatlashish davomida boshqa tomonga qarash, boshini yon tomonga burish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
5. Maslahat berish vaqti aniq belgilangan bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
6. Maslahat o‘tkaziladigan xonada soat bo‘lishi mumkin, lekin u bevosita maslahatchi va mijoz o‘rtasida bo‘lishi kerak emas. Soat mijozning orqasidagi devorga yoki yon tomonda osilib turgani, mijozning ko‘zi tushmagani ma’qul.
7. Maslahat o‘tkaziladigan xonada mijozning e’tiborini tortadigan, unga yoqmasligi mumkin bo‘lgan hech bir buyum bo‘lmasligi kerak. Maslahat o‘tkazish davomida xonada sodir bo‘ladigan harakatlar ham uni xavotirga solmasligi kerak.


8. Xonada turgan narsalar yoki sodir bo‘layotgan hodisalar mijozni tinchlantirishi, unda yaxshi kayfiyat uyg‘otishi kerak. Psixologik maslahatning ma’lum bosqichida xonada past tovushda yoqimli musiqa eshitilib turishi mumkin.

2. Guruhiy konsultantning treningni tashkil etish mahorati.
Ijtimoiy psixologik trening insonlar o’rtasidagi sog’lom munosabatlarning bo’lishiga erishishni maqsad qilib 
qo’yar ekan, uni o’tkazuvchi, uyushtiruvchi shaxs va uning o’z ishini mukammal bilishi faoliyat samarasini ta'minlovchi asosiy omillardan biridir. Trening o’tkazuvchiga qo’yiladigan asosiy shartlardan va talablardan biri sho’qi, u muloqot jarayonining barcha qirralarini professional darajada mukammal egallagan bo’lishi kerak U ham bo’lsa nazariy bilimlarni bevosita amaliyotda, trening jarayonida qo’llay olishidir. Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar, deb atashadi. Demak treninglar uyushtiruvchi muassasa yoki tashkilotda eng avvalo e'tibor berilishi zarur bo’lgan narsa ham sho’qi, u erda ijtim iy psixologik treningni olib boruvchilarni o’qitish, tayyorlash, ulardan mutaxassis etishtirishdir. Trener shaxsiga qo’yiladigan talablar quyidagilar: 
1) u avvalo o’zgalar shaxsiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni juda yaxshi bilishi va bunda inglizlar aytganidek "O’zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan xukmronlikning bir shaqlidir", degan naqlni esdan chikdrmaslikdir; lekin bunda pedagogik altruizm, ya'ni o’zgalar manfaatini o’zinikidan ustun kuyish xislati mavjud bo’lishi kerak;
2) o’zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur; 
3) har qanday chigal yoki ziddiyatli vaziyatlardan chikib ketishgina emas, balki uning oldini ola bilish, vaziyat to’g’ri 
kelganda esa uni bartaraf etib, ishtirokchilarga to’g’ri maslaxat bera olish;
4) empatiya, ya'ni o’zgalar xolatlarini chukur xis qila olish qobiliyatining mavjudligi;
5) o’zgaruvchan, moslanuvchan aql soxibi bo’lish, kutilmagan holatlarga o’zini oldindan tayyorlash, o’zini yo’qotmaslik; 
6) o’z xatti-harakatlarini doimo ma'lum maromda ushlash va kerak bo’lsa o’zidagi motorikani rivojlantira olish; 
7) o’zgalar nutqi, reaktsiyalarini aniq tushunish va tinglash, mimika va harakatlar moxiyatini to’g’ri talqin etish va tushunish;
8) tinglovchilar va o’yin ishtirokchilarining extiyojlari va qiziqishlariga qarshi bormaslik; 
9) rejalashtirish qobiliyatining bo’lishi, bunda oldinda kutilayotgan jarayonning barcha muhim va nomuhim jixatlarini oldindan taxminan bo’lsa ham, tasavvur qilib, aniq reja to’za olish; 
10) o’ziga ishonch, e'tikodning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo’lishi. 
Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari ham uning shaxsiga qo’yiladigan talablardan bevosita kelib chikadi. Ya'ni, u avvalo ta'lim dasturiga ega bo’lishi kerak Dasturga mos stsenariylar tanlay bilishi, ularni kerak bo’lsa, har bir aniq harakat va vaziyatga moslashtirishi, mashg’ulotlarni tashkil qilishda ham ushbu holatlarga e'tibor qaratishi shart. Qatnashchilarning yoshi, jinsi, kasbiy malakalari, madaniyati darajasi va ehtiyojlariga mos ravishda dastur va stsenariylarga o’z 
vaqtida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega bo’lishi, mashg’ulotlar shakli, vaqti, joyini ham yuqoridagi omillarga mos ravishda tanlashi ularning samaradorligiga bevosita ta'sir ko’rsatadi. Imkoniyat boricha, tinglovchilarni mashg’ulotlar boshlanishidan avval mavzu buyicha yozma matnlar bilan ta'minlashi va ma'ruzalarni iloji boricha, o’zi o’qib, amaliy mashg’ulotlarga ham begonalarni jalb qilmagani ma'qul. Chunki bu erda "nimaga o`rgatish" va "qanday urgatish" degan savollarga javobgar shaxs bir kishi bo’lsa, harakatlarda uygunlik bo’lishi mumkin. 
Ijtimoiy psixologik treningda boshlovchi roliga duch kelgan shaxslarni
jalb etib bo’lmaydi. Chunki mashg’ulotlarni o’tkazuvchi maxsus tanlovlarda ishtirok etgan bo’lishi va unda uning kommunikativ mahorati, o’z-o’zini nazorat qila olish qobiliyati, bosikligi, xissiyotlarning mukobilligi, ularga ma'lum ma'noda turgunlik xos bo’lishi shart. Tanlovni umuman xolis ekspertlar o’tkazib, trenerlarni tayyorlash kurslari ham nisbatan o’zok muddatga muljallangan mashg’ulotlar tizimidan iborat bo’ladi.Ishda samarali muloqotga erishish uchun quyidagi omillar xisobga olinishi maqsadga muvofik: a) maqsadning aniq bo’lishi, uning boshlovchi 
va ishti-rokchilar tomonidan bir xil idrok qilinishi va tushunilishi. Demak bu urinda guruxiy va individual 
maqsadlar o’rtasidagi moslik va kelishuvning mavjudliligiga e'tibor qaratilishi shart; 
b) ikki tomonlama muloqotning mavjudligich ya'ni fikr va xissiy kechinmalarning aniqligi, ochikligi va rostguylik tamoyillariga e'tibor berish; 
v) faol ishtirok va guruxdagi liderlikning a'zolar o’rtasida teng taksimlanishiga erihish, ya'ni guruxda Yaqqol ko’zga tashlangan lider yoki doimo o’z xissiykechinmalarini va irodasini boshqalarga o’tkazishga xarakat qilayotgan shaxsning bo’lmasligi; 
g) ta'sir ko’rsatish yoki ruxiy tazyikning ishtirokchilar bilimlari, qobiliyatlari va malakalariga asoslanishi, lekin bunda boshqalarning kamsitilishiga yo’l kuymaslik; d) qaror kabo’l qilish va munozaralarni yakunlash boskichlarida vaziyatga
qarab, boshlovchining tashabbusni o’z kuliga olish huquqidan foydalanish; e) ba*s va tortishuvlarga doimo to’g’ri, oqilona, odilona, konstruktiv tus bera olish, bu omil ishtirokchilar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaydi va ularda shaqllanadigan sifatlarning mustahkamlanishiga zamin xozirlaydi; 
j) gurux faoliyatining samaradorligi masalasi ham usha gurux a'zolari tomonidan baxolanishi o’yin yoki munozarani yana davom ettirish yoki tuxtatish masalasiga oydinlik kiritadi, aks xrlda boshlovchi bu mas'uliyatni o’z buyniga olsa, unda gurux o’z faoliyatidan ko’nikmay qolishi mumkin. 
z) T-gurux a'zolarining maksimal tarzda o’zini ko’rsatish, xattoki, o’zidagi yashirish emotsiyalarni va yangiliklarni ro’yrost namoyon etishga undash lozimki, toki u har qanday haroitda ham o’z individualligini ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lsin. 
Shunday qilib, ijtimoiy psixologik treningning samaradorligi bir tomondan, ishtirokchilarning faol  qatnahishlari va o’zlarini erkin xis qilishlariga boglik bo’lsa, ikkinchi tomondan, bu narsa, boshlovchi -trener shaxsining xususiyatlariga bevosita boglikdir. shuning uchun ham trener yosh bo’lsa va unda ijtimoiy psixologik trening o’tkazish tajribasi yetishmasa, u o’ziga xos va mos auditoriyani topib ishlashi, birdaniga kattalar guruxida, 
noma'lum kishilar bilan ishlashdan o’zining tiyishi kerak Chunki agar u o’z amaliy faoliyati boshidayoq mag`lubiyatga uchrasa, keyinchalik u hech qachon trening mashg’ulotlari o’tkaza olmasligi mumkin. Bu unda shaxsiy tushkunlikni keltirib chiqarib, o’zi yordamga muxtoj bo’lib soladi. Boshlovchi ham o’z faoliyatining amalga oshirishida yo’qoryda ta'kidlanganidek IPTning turli shakllaridan o’ziga ma'qulrok turidan boshlashi mumkin. Masalan, o’zidan yosh bo’lgan bolalar guruxida turlicha oson o’yinlar tashkil qilish, savol-javob guruxlarini uyushtirish, dumalok stol atrofida turli hayotiy kazuslarni muxokama qilishga urgatishi mumkin. Chunki, psixodramatik o’yinlar, ayniqsa, sotsiodramapar shaxsdan yuksak kasbiy sifatlarni, insonlar bilan ishlash tajribasini talab qiladi. Boshlovchidan talab qilinadigan psixologik professionalizmning asl moxiyati shundaki, u odamlar ko’ziga va xatti-harakatiga sarab, ularning niyat-istaqlarini, treningda ishtirok etish qobiliyatini taxminan oldindan chamalay olishi va o’yin davomida moxirlik bilan ular harakatini zimdan boshqarish qobiliyatiga ega bo’lishi shart. Shuning uchun maxsus ijtimoiy psixologiya kurslarida taxsil olmagan, professional tayyorgarlikka ega bo’lmagan shaxslar treningni boshqara olmaydilar. Bundan tashkari, boshqaruvchi shaxslardan fidoyilik o’z 
manfaatini o’zgalarnikidan pastrok kuyish, sabr-chidam, tezkorlik faxm farosat sifatlari talab qilinadi. Bu sifatlar, ma'lumki, nafaqat nazariy tayyorgarlik asosida, balki ko’prok xayotiy mulotsot va ijtimoiy faoliyatning murakkab turlarida faol ishtirok etish natijasidagina kulga kiritidadi, Bu urinda kitobxon diqqatini ikki narsaga qaratish urinlidir. Birinchidan, o’zbek xalki va O’zbekistonda yashayotgan boshqa millat vaqillarida asrlar davomida shaqllanib, saykal topgan muomala madaniyati, odob-axloqqa aloqador fazilatlar va kadriyatlar borki, ular dunyo 
tsivilizatsiyasi doirasida juda yo’qori baxolanib kelinmokda. Lekin, ana shu olijanob insoniy munosabatlarda ayrim jixatlar borki, ular aynan ijtimoiy psixologik treningni tashkil qilish va o’tkazishda o’ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, o’zgalar fikriga ergahish, shaxs yoshi va xayotiy tajribasini, jamiyatdagi obro’-e'tiborni har qanday haroitda ham xisobga olish, tankid yoki o’zini tankid qilishda yo’z-xotirlik fazilatlari, o’z xissiy kechinmalarini o’zgalar oldida ochiq-oydin izxor qilmaslik Evropa standartlari buyicha ijtimoiy psixologik treningni tashkil qilish va o’tkazishga monelik qilishi mumkin. Ikkinchidan, xalkning, ayniqsa, yoshlarning yangiliklarga intiluvchanligi, yangi innovatsion texnologiyalar, xorijiy tillarni o’rganishga intiluvchanligi va bu boradagi yoshlar iqtidorini xisobga oladigan bo’lsak ularda jaxon talablari darajasida treninglarni faqat yoshlar auditoriyasida tashkil
etish 
maqsadga muvofikmikin, degan tabiiy savol paydo bo’ladi. Bizning fikrimizcha, har qanday vaziyat yoki omil doirasida ham etnopsixologik va hududiy o’ziga xosliklar xisobga olinishi zarur. Bu o`rinda shu narsa hech qanday e'tirozsiz qabul qilinishi lozimki, hozirgi davrda o’qitish va talim-tarbiya tizimining barcha jabhalarida faol ijtimoiy psixologik tayyorgarlik usullaridan foydalanish va foydalanilganda ham uning eng samarali, millat psixologiyasiga mos uslublarni keng targib etish va amaliyotlarda joriy etish lozim. O’zbekistan Respublikasida kadrlar tayyorlash buyicha milliy dasturni amalga oshirishda ham uzluksiz ta'limning barcha boskichlarida faol metodlardan keng ko’lamda foydalanish o’zining samarasini berishi shubxasiz. Zero, bugungi kunda bilimdonlikning eng muhim jixatlaridan biri ham ijtimoiy psixologik bilimdonlikdir. Bu narsa, ayniqsa, kattalar faoliyatini to’g’ri tashkil etish va uni o’zgartirish borasida o’z urniga ega. 


Download 51,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish