Dialogik yondashuv natijasida talabalarning o‘z-o‘zini faollashtirishi, o‘z-
o‘zini, bilimini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish orqali demokratik, tenglik, ta’lim
oluvchi faoliyati mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda
birgalikda ishlashni joriy etishga e’tibor qaratiladi.
Muammoli ta’lim, ya’ni ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish
orqali ta’lim oluvchi faoliyati faollashtiriladi.
Axborot taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash,
ya’ni yangi kompyuter va axborot texnologiyalridan o‘quy jarayonida foydalanish.
O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid,
vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari,
amaliy ishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |