Kirish O`simlikchilik


Jahon bo`yicha g`alla yetishtirish, mln. tonna (2014 yil)



Download 1,2 Mb.
bet5/5
Sana20.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#393016
1   2   3   4   5
Bog'liq
QISHLOQ XO`JALIGI IQTISODIYOTI. MUSTAQIL ISH

4-jadval
Jahon bo`yicha g`alla yetishtirish, mln. tonna (2014 yil)





Mamlakatlar nomi

2014 yil

%

mln. tonna

1

Chexiya

0,7

5,10

2

Avg`oniston

0,9

6,56

3

Bolgariya

0,7

5,10

4

Vengriya

0,7

5,10

5

Marokash

0,7

5,10

6

Daniya

0,7

5,10

7

Efiopiya

0,6

4,37

8

Iroq

0,5

3,65

9

Xitoy

17,3

126,12

10

Hindiston

13

94,77

11

Rossiya

8,2

59,78

12

AQSH

7,6

55,40

13

Fransiya

5,3

38,64

14

Kanada

4

29,16

15

Germaniya

3,8

27,70

16

Pokiston

3,6

26,24

17

Avstraliya

3,5

25,52

18

Ukraina

3,3

24,06

19

Turkiya

2,6

18,95

20

Buyuk Britaniya

2,3

16,77

21

Argentina

1,9

13,85

22

Qozog`iston

1,8

13,12

23

Polsha

1,6

11,66

24

Misr

1,3

9,48

25

Eron

1,2

8,75

26

Ruminiya

1

7,29

27

Italiya

1

7,29

28

O`zbekiston

1

7,29

29

Ispaniya

0,9

6,56

30

Braziliya

0,9

6,56

31

Boshqa mamlakatlar

7,4

53,95

Jami

100,0

729,0

G`alla ekinlarining hosildorligi, tannarx va realizatsiya qilinadigan g`alla narxi ushbu tarmoqdagi daromadni belgilaydi. Hosildorlik va tannarx, tannarx va rentabellik darajasi orasida teskari bog`liqlik mavjud. Hosildorlik qancha yuqori bo`lsa, tannarx shuncha past bo`ladi. Don tannarxi qancha past bo`lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo`ladi.

Don ekinlari hosildorligi tuproq-iqlim sharoitigagina emas, balki organik va mineral o`g`itlardan foydalanish, o`simliklarni himoya qilish vositalari, texnika bilan ta`minlanganlik, ishlarni optimal muddatlarda bajarish, ishchilarning o`z mehnati natijasidan moddiy manfaatdorliklari kabilarga ham bog`liq.

G`alla ishlab chiqarishning ko`payishiga asosiy omil donli ekinlar hosildorligining ortishidir. Hosildorlikka ta`sir qiladigan haqiqiy omil yangi, yuqori hosilli, rayonlashtirilgan navlarni joriy etish, yuqori sifatli urug`lik materiallaridan foydalanishdir. Qishloq xo`jalik korxonalari muntazam ravishda navlarni yangilashlari, ya`ni seleksiya stansiyalari yoki urug`chilik xo`jaliklaridan elita urug`lar yoki birinchi reproduksiyalarni olishlari kerak.


Kelajakda o`simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari
Ishlab chiqarish samaradorligining muhim omili – navga bog`liq bo`lgandon sifatidir. Don sifatiga qo`yiladigan yuqori talablar, ushbu ozuqa mahsulotining uzoq vaqt saqlashda zarur bo`ladigan alohida qiymatiga bog`liq.

Saqlash uchun omborlarga to`planadigan donlar namligi va iflos chiqindilar aralashib qolishi talab qilinadigan konditsiyalarga mos kelmog`i zarur.

G`alla yetishtirishda paxta, kartoshka, sabzavot va boshqa qishloq xo`jaligi ekinlarini o`stirishga nisbatan kamroq mehnat talab qiladi. 1 ga yerga ekilgan g`alla ekinlariga qilingan mehnat sarfi o`rtacha 17 kishi /soat, 1 t donga esa 10 kishi/soatni tashkil etadi.

Mahsulot birligiga bevosita mehnat sarfini kamaytirish, g`alla hosildorligi va sifatini oshirish g`alla ekinlarini intensiv texnologiyasi asosida yetishtiriladi, ekinni optimal joylashtirish, ilmiy asoslangan dozadagi organik va mineral o`g`itlarni berish, hamma texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalash, mehnatni oqilona tashkil etish ushbu masalalarni ko`zda tutadi.

Intensiv texnikadan foydalanish 1 ga ekin maydoniga qilingan moddiy-pul mablag`lari va mehnat sarflarini oshiradi, biroq mahsulot birligida ular hosildorlik ortishi bilan pasayadi. Don sifatining ortishi g`alla ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga ta`sir etadi, chunki uni yuqori narxlarda sotish ishlab chiqarishning yakuniy natijalariga ta`sir qiladi.

5-jadval

Tomchilatib sug`orishni qo`llashning samarasi






Ekin turlari

Suv tejalishi,

%

Mehnat sarfining kamayishi, %

Hosildorlik oshishi, %

1

Paxta

30-40

50-60

90-150

2

Bog`-tokzor

40-60

25-30

20-25

3

Sabzavot-poliz

50-55

50-60

55-65

Intensiv texnologiyada 1 ga ekin maydoniga yoqilg`i va mineral o`g`itlar sarfi omili, shu bois mineral o`g`itlar olib kelish, intensiv texnikani intensiv qo`llashni susaytiradi.

G`alla yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini orttirishning muhim omili yig`ishtirish va qayta ishlashdagi yo`qotishlarni kamaytirish hisoblanadi. Yig`ishtirib-tozalash paytida g`alla yo`qotilishini muddatning cho`zilib ketganidan (sepilib, donning yotib qolishi) yuz beradi. Yana bir sabab, g`alla yig`uvchi kombaynlarning yetishmasligidir.

Energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni qo`llash ham katta ahamiyatga ega.

G`alla bozoriningshakllanishida asosiy vazifa – mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini himoyalash, don va don mahsulotlariga talab va taklifni bashorat qilish balanslarini ishlab chiqishda ishtirok etish muhim rol o`ynaydi.

Dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini quyidagi ko„rsatkichlar belgilaydi:


  • hosildorlik, s/ga;

  • 1 t mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, so`m;

  • 1 ga ekindan yalpi foyda yoki daromad, so`m;

  • 1 so`m ishlab chiqarish xarajatlaridan yalpi daromad yoki foyda, so`m;

  • 1 kishi/soatga yalpi daromad yoki foyda, so`m;

  • 1 ga joriy baholarda pul narxida yalpi daromadning chiqishi, so`m;

  • mehnat unumdorligi (1 kishi/soat, o`rtacha bir yillik ishchi hisobida mahsulot ishlab chiqarilishi);

  • mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi, %.

Qishloq xo`jaligi korxonalari ishining yakuniy natijasiga ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati katta ta`sir o`tkazadi.

O`zbekistonda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining texnik jihatdan ta`minlanganlik darajasi hozircha o`ta pastligicha qolmoqda. Bu borada O`zbekiston dehqonlari AQShning g`arbiy mamlakatlaridan 5 va undan ortiq marta orqada qolmoqdalar.



O`simlikchilikdagi ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT) – bu tarmoqlarni eng kam sarf bilan yuqori sifatli mahsulotlarni maksimal miqdorda olishga yo`naltirilgan fan, texnika va texnologiyaning uzluksiz va o`zaro aloqadorlikda rivojlanishiga asoslangan doimiy sifat jihatdan takomillashuvini reja asosida amalga oshiruvchi jarayondir.

O`simlikchilikda ITT deb, tuproqqa ishlov berish usullarini mukammallashtirish, innovatsion texnologiyalarni hamda tarmoqni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash natijasida almashlab ekishni joriy etish, ekin maydonlarining oqilona strukturasi, organik va mineral o`g`itlar dozasini oshirish, ulardan samarali foydalanish, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurash usullarini optimallashtirish, urug`chilikni yaxshilash va yuqori hosilli nav va gibridlarni yaratish, xo`jalik yuritish tizimini shakllantirish, mahsulotlarni yig`ish, tashish, qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilishdagi yo`qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida yangilarini ishlab chiqish, mavjudlarini optimallashtirish asosida ekin yerlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, ular mahsuldorligining ortishida qo`llanadigan agrotexnik jarayonlarni aytish mumkin.

Qishloq xo`jaligida oxirgi besh yilda tarkibiy o`zgartirish va sohani modernizatsiyalash hamda diversifikatsiyalash jadal sur`atlarda olib borilmoqda. Aniq ilmiy-texnika taraqqiyoti mashinalarni, mehnat qurollari va ishlab chiqarishning boshqa vositalarini uzluksiz ta`minlashda, shuningdek, ishlab chiqarish texnologiyalari va uni tashkil etishda ifodalanadi. Qishloq xo`jaligida ayniqsa, mehnatning mexanik vositalari muhim rol o`ynaydi. Ular ilmiy-texnika yutuqlarining asosiy elementlari hisoblanadi, o`simlikchilik mahsulotlari ishlab

chiqarishning o`sishiga yordam beradi.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti ta`siri ostida ishlab chiqarishning yangi moddiy pul resurslari zarur bo`ladigan ekstensiv o`sishidan yuqoriroq mehnat unumi, ishlab chiqarish texnologiyasini optimallashtirish, mahsulot sifatini oshirish, kelgusida tannarxni pasaytirish hisobiga intensiv o`sishga o`tish amalga oshiriladi.

Janubiy Koreyaning Sangjudagi xurmo tajriba stansiyasi xurmoga tegishli tadqiqotlar – uni yetishtirishdan iste`molchilarga yetkazishdagi jarayonlarigacha tadqiq etadigan yagona stansiya hisoblanadi.

Ushbu stansiya eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. U yerda 27 kishi, jumladan, 6 professor, 2 oddiy ishchi va 4 texnik xodim hamda 15 nafar boshqa mutaxassislar faoliyat yuritadi. Yer maydoni 11 gektardan iborat. Stansiya uch yo`nalishda ishlaydi: yangi xurmo navlarini yaratish, yangi texnologiya va usullarni ishlab chiqish, yangi qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish.

Chungdo xurmo-klasteri esa 2009 yilda fermerlar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ushbu hududda Janubiy Koreyadagi urug`siz xurmoning 65% yetishtiriladi. Fermerlar tomonidan birgalikda boshqariladigan ushbu klaster xurmodan yil davomida yangi uzilgan, yarim quritilgan, quritilgan, fermentatsiya qilingan, xurmo yog`i va vinosi, rang va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga mo`ljallangan.

Xurmo harakati: xurmo yetishtirish – qayta ishlash – narxini saqlash – marketing va reklamani rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu klasterni ko`rib, yana bir bor agroklasterda ―biznes – universitet – ilmiy tadqiqot – davlat‖ ning birgalikdagi harakati va bunda ilmiy tadqiqotlarga asosiy e`tibor berilganligiga amin bo`lish mumkin.

Fermerlarning ushbu klasterga qo`shilishi natijasida oladigan daromadlari keskin oshgan. Munkiyeong olmani qayta ishlash klasteri biznes korxonalari harakati asosida tuzilgan. U iste`molchilarga olma bilan bog`liq 100 dan ziyod mahsulot va xizmatlar taklif etadi. Avval ushbu hududda ko`mir qazib olingan. 1994 yilda ko`mir qazib olish tugatilgach, aholining shaharga ketishining oldini olish maqsadida olma klasteri va turizmni tashkil etish uchun davlat tomonidan 50 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan. Ushbu olma klasteri 2004 yilda 4 million AQSH dollari miqdorida foyda olgan bo`lsa, 2012 yilga kelib, mahsulotlar miqdorining turli-tumanligi, qo`shimcha xizmatlar, agroturizm va mehmonxona xizmatini taklif etish orqali 90 million AQSH dollari miqdorida foyda olishga erishgan.

Qishloq xo`jaligida ilmiy-texnik jarayoni iqtisodiy samaradorligining asosiy ko`rsatkichlari quyidagilar: 1 ga yer maydonidan yalpi qishloq xo`jaligi mahsuloti ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi, fond daromadlari, mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi.

Dehqonchilik sohasiga kiritilgan yangiliklar hilma-xilligini tahlil qilish va umumlashtirish natijasida innovatsion rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari klassifikatsiyasi aniqlanib olindi (5–rasm).



O`SIMLIKCHILIK SOHASINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO`NALISHLARI



TEXNOLOGIK
Resurstejovchi

Texnologiyalarni

o`zlashtirish

Tuproqqa sifatli ishlov berish va ekinlarni parvarishlar tizimini takomillashtirish

Qishloq xo`jaligi ekinlarini begona o`tlardan, zararkunan-dalardan va kasallik-lardan himoyalash tizi-mini takomillashtirish

Sug`orishning ilg`or usullari joriy etish
Yuqori reproduktiv , yangi texnologiyalarga ta’sirchan mahalliy-lashtirilgan urug`larni qo`llash

TEXNIK
Texnik ta’minot tizimini takomillashtirish

Ko`p funksiyali (universal) kombinatsiyalashgan mashina va uskunalarnni qo`llash


Unumdorligi yuqori bo`lgan ixcham energiya tejovchi mobil mashinalarni yaratish
Qishloq xo`jaligi texnik tizimlarini boshqarishni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish
Ixtisoslashuvdan kelib chiqqan holda hududlarda optimal texnik va mexa- nizatsiyalash servis mar- kazlarini tashkil etish

SELEKSION-GENETIK
O`simliklarning genetik imko-niyatlarini oshirish
Urug`lik navlarini yangilab turish va samarali urug`larga almashtirish tizimini yo`lga qo`yish



Kasallik, zarar-kunanda va begona o`tlarga chidamli, hosildorligi yuqori bo`lgan har bir hududga mos bo`lgan yangi navlarni yaratish



Seleksiyada biokimyo, fiziologiya va genetika sohasidagi ishlanmalardan foydalanish



Boshqarish tizimini tako-millashtirish

Innovatsion kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish



Innovatsion fao-liyat va FTTni davlat tomonidan tartibga solish va qo`llab - quvvatlash
Innovatsion infratuzilmani tashkil qilish va rivojlantirish
Ishlab chiqarishga innovasiyalar transferti mexanizmini ishlab chiqish va o`zlashtirish
Innovatsion

TASHKILIY-IQTISODIY VA IJTIMOIY

Ijtimoiy infratuzilma va ishchilarning mehnat sharoit- larini takomil- lashtirish
O`simlikchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ixtisos- lashtirish, integra- siyalashtirish va kooperatsiyalashtirish jarayonlarini takomillashtirish


Mehnatni tashkil etish, mehnatga haq to‘lash va mehnatni

rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish



Mehnat sharoitlarini yaxshilash

Tovar mahsulotlarini sotish kanallarini takomillashtirish
Ishlab chiqarish va realizatsiya birlashmalarni shakllantirish

Ishlab chqqarish faoliyatini diversifikatsiyalashtirish
5-rasm. O`simlikchilik sohasini innovatsion rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari

loyihalarni investitsiyalar bilan ta`minlash
Asosiy tushunchalar va xulosa

O`simlikchilik – qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan biri bo`lib, o`z ichiga dalachilikda ekinlarni yetishtirish, paxtachilik, g`allachilik, kartoshkachilik, sabzavotchilik, bog`dorchilik, mevachilik, bog`dorchilik va shu kabilarni oladi. Odam undan oziq-ovqat mahsulotlari, yengil va oziq-ovqat sanoati qayta ishlash uchun xom-ashyo, chorvachilik esa ozuqa oladi.

Dehqonchilik tizimi – bu tuproq unumdorligini oshirishga, o`simlikchilik mahsulotlarining yer maydoni, birligidan mehnat sarfini va mahsulot birligiga mablag` va mehnat sarflarini kamaytirib, mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish maqsadida tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoyalashga yo`naltirilgan tashkiliy va agrotexnik tadbirlar majmuidir.

Dehqonchilik tizimining asosiy elementlari –almashlab ekish tizimlari, mashinalar tizimi, o`g`itlar tizimi, urug`chilik tizimi, o`simliklarni himoya qilish tizimi, melioratsiya tadbirlari tizimi (sug`orish, quritish, kimyoviy melioratsiya va boshqalar), suv va shamol eroziyasiga qarshi kurash bo`yicha tadbirlar tizimi, dalani himoyalash, ixota daraxtlarini yaratish.

G`alla yetishtirish – qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining asosini tashkil etadi va g`alla aholining non, makaron mahsulotlariga, non mahsulotlariga bo`lgan talablarini qondiribgina qolmasdan, shuningdek, sut, go`sht, tuxum va boshqa mahsulotlarning ishlab chiqarilishini ham belgilaydi. Chunki u hayvonlar va parrandalarni ham muhim ozuqa bilan ta`minlaydi.

O`simlikchilikdagi ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT) – bu tarmoqlarni eng kam sarf bilan yuqori sifatli mahsulotlarni maksimal miqdorda olishga yo`naltirilgan fan, texnika va texnologiyaning uzluksiz va o`zaro aloqadorlikda rivojlanishiga asoslangan doimiy sifat jihatdan takomillashuvini reja asosida amalga oshiruvchi jarayondir.

Xulosa qilib aytganda, O`zbekistonda qishloq xo`jaligi tarmoqlari ichida o`simlikchilik eng muhim tarmoqlardan biridir. O`simlikchilik tarmog`ini rivojlantirish, eng so`nggi texnologiyalarni qo`llash, innovatsion yangiliklarni olib kirish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biridir.


O`simlikchilikni rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotini sezilarli darajada oshiradi. Mamlakatimiz eksport salohiyati ortadi va O`zbekistonning rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan rivojlangan mamlakatlar qatoriga o`tishi tezlashadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak // Xalq so`zi. 2017. 16 yanvar.

2. Mirziyoyev Sh.M. Rizq-ro`zimiz bunyodkori bo`lgan qishloq xo`jaligi xodimlari mehnatini ulug`lash, soha rivojini yangi bosqichga ko`tarish – asosiy vazifamizdir // Xalq so`zi. 2017. 10.12.

3. Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Xalq so`zi // 2017. 22.12.



4. Abdurahmonov Q.X. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk shakllarining rivojlanib borishi. T.: Fan, 2002. 144.

5. AllaxverdiyevA.I. Razvitiye form koopreatsii v agrarnom sektore APK. M.: Ekonomika, 2003. 253.

6. Abdullayev A.A., Aybeshov X.A. Fermer xo`jaligi iqtisodi. T.: Aloqachi, 2008. 172.

7. Abdug`aniyev A., Abdug`aniyev A.A. Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti:

Darslik. T.: O`zbekistan Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg`armasi, 2011, 244.



8. A.SH. Bekmurodov va bosh. Qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlar va fermerlik harakatlari. T.: TDIU, 2006, 59.

9. Berkinov B.B., Tashmatov R.X. O`zbekistonda fermer xo`jaliklariga xizmat ko`rsatuvchi infratuzilmalarni rivojlantirish yo`nalishlari. O`quv qo`llanma. T.: TDIU, 2007. 44.

9. Емеяaнова М.А. Экономика села: Учебник. М.: ИНФРА, 2010, 506 с.

10. Jo`rayev F. Qishloq xo`jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish. T.: Istiqlol, 2004, 344.

11. Zokirov O., Pardayev A. Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti: Darslik. T.: O`AJBNT, 2003, 456.

12. Ismoilov A., Murtazayev O. Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti. Darslik. – T.: Moliya, 2005, 268.



Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish