O`zbekiston Respublikasi mintaqalari
|
Oylar va sanalar, maqbul ekish maddatlari
|
1
|
Qoraqalpog`iston Respublikasi
|
1.IX.-1.X.
|
2
|
Andijon viloyati
|
15.IX.-20.X.
|
3
|
Buxoro viloyati
|
15.IX.-20.X.
|
4
|
Jizzax viloyati
|
15.IX.-20.X.
|
5
|
Qashqadaryo viloyati
|
15.IX.-20.X.
|
6
|
Namangan viloyati
|
15.IX.-20.X.
|
7
|
Navoyi viloyati
|
15.IX.-20.X.
|
8
|
Samarqand viloyati
|
15.IX.-20.X.
|
9
|
Sirdaryo viloyati
|
15.IX.-20.X.
|
10
|
Surxondaryo viloyati
|
15.IX.-20.X.
|
11
|
Toshkent viloyati
|
15.IX.-20.X.
|
12
|
Farg`ona viloyati
|
15.IX.-20.X.
|
13
|
Xorazm viloyati
|
1.IX.-1.X.
| Ekish meyorlarini belgilash
Ekish meyori urug` unuvchanligi hamda 1000 dona don vaznini hisobga olgan xolda belgilanadi.
Ekish muddatiga qarab:
Erta muddatlarda gektariga 4,0 mln unuvchan urug` ya`ni 200 kg. hisobida belgilanadi.
O`rta muddatlardagektariga 4,5 mln unuvchan urug` ya`ni 220 kg. hisobida belgilanadi.
Kechki muddatlarda gektariga 5,0 mln unuvchan urug` ya`ni 240 kg. hisobida belgilanadi.
- G`o`za qator orasiga ekishda urug` sarfi 10-15 foizga oshiriladi.
Dunyoda paxtachilik bilan shug`ullanuvchi mamlakatlar anchani tashkil etadi. O`zbekiston esa ularning orasida eng shimoliy mintaqada joylashgan. Shunday bo`lsa-da, mamlakatimiz oq oltin yetishtirish bo`yicha jahonda oltinchi, uni eksport qilish bo`yicha esa ikkinchi o`rinda turadi.
Ochig`i, bu maqomga erishish va uni barqaror saqlab turish bugungi raqobat tobora keskinlashib borayotgan bir sharoitda oson emas. Mazkur jarayonda, tabiiyki, respublikamizda paxtachilik tarmog`ini yanada rivojlantirish maqsadida tizimli islohotlar izchil amalga oshirilayotgani, xususan, dehqon va fermerlar mehnati munosib qadrlanayotgani muvaffaqiyatlar omili bo`layotir. Shu bilan birga, yurtimizda paxtachilik bo`yicha boy tajriba to`plangani, fermerlar hukumatimiz tomonidan qo`llab-quvvatlanayotgani, ularning samarali mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani tufayli, tabiat injiqliklariga qaramay, har yili mo`l va sifatli hosil olishga erishilayotganini alohida ta`kidlab o`tish kerak.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqlim va tuproq sharoitiga mos tezpishar hamda serhosil, qishloq xo`jaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklarga chidamli o`nlab yangi g`o`za navlari yaratildi. Xususan, bugungi kunda asosiy maydonlarda S-6524, Buxoro-6, Buxoro-8, Buxoro-102, Besh qahramon, Sulton, Porloq-2, Namangan-77, An-Boyovut-2 singari shunday xususiyatlarga ega paxta yetishtirilmoqda. Ularning tolasi sanoatbopligi esa o`zbek paxtasining mavqei yanada yuksalishini ta`minlamoqda. Gap shundaki, tolamizning oppoq rangi, pishiqligi, mikroneyr ko`rsatkichlari ustunligiga xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baho berilgan. Jahon to`qimachilarining O`zbekistonga intilishi, tolamizni sotib olishga katta umid bog`lashining sababi shunda. Qolaversa, an`anaviy o`tkazib kelinayotgan Xalqaro O`zbekiston paxta yarmarkasi ana shu masalalarning ro`yobga chiqishi yo`lida jahon paxta bozorining muhim voqeasiga aylanib bormoqda. Buni yarmarkaning ochilish marosimida so`zga chiqqan paxta bo`yicha xalqaro maslahat qo`mitasining ijrochi direktori T.Taunsend, «Cotton Outlook» xalqaro agentligi bosh muharriri R.Batler, Xitoy paxta uyushmasining vitse-prezidenti Sh.Jianvey, «Cotton Vangladesh» xalqaro agentligining bosh muharriri K.Axsan, «Dubai Multi Commodites Center» ijrochi direktori D.Rutlej va boshqalar alohida e`tirof etishdi. Quvonarlisi, ular tomonidan mamlakatimiz nafaqat sifatli paxta yetishtiruvchi, balki xom-ashyoni kafolatli ravishda yetkazib beruvchi ishonchli hamkor sifatida tan olindi.
Paxtachilik sohasidagi agrotexnik tadbirlarni (bu tadbirlar asosan, ishlab chiqarish va bozor infratuzilma subyektlari tomonidan amalga oshiriladi) o`z muddatida bajarilmasligi yoki ayrim resurslarni belgilangan meyorlarda berilmasligi natijasida mumkin bo`ladigan nobudgarchiliklar miqdori hisob- kitoblarini keltirish mumkin, ya`ni:
chigit ekishni o`z muddatida o`tkazilmasligi, g`o`zaning kech unib chiqishi hosildorlikni o`rtacha 3,4 s/ga gacha;
sho`rlangan maydonlarning sho`rini yuvmaslik yoki sifatsiz sho`r yuvish 9,0 s/ga gacha;
nam saqlash uchun boronalashni o`tkazilmasligi o`rtacha 3,4 s/ga gacha;
chigit ekishdan oldin tuproqning yumshatilmasligi o`rtacha 2,8 s/ga gacha;
chigit ekishdan oldin mola bilan tekislamaslik esa 1,6 s/ga gacha;
umumiy chigit ekishdan oldin maydondagi kesaklarni maydalab tuproqni ekishga tayyorlamaslik o`rtacha 8,8 s/ga gacha;
chigit ekishdan oldin mineral o`g`itlarni bermaslik 2,5 s/ga gacha;
chigitni agrotexnik talablar asosida sifatli tayyorlamaslik 1,3 s/ga gacha;
barcha turdagi mineral o`g`itlar berishni 1 iyulgacha tugatmaslik 10,3 s/ga gacha;
yagonani kechikib o`tkazish yoki chigitni qayta ekish hosildorlikni 2,2 s/ga gacha kamayishiga sabab bo`ladi;
begona o`tlar to`liq tozalansa, hosildorlik 3,6 s/ga gacha;
paxta maydonlarini har 3 yilda joriy tekislash o`rtacha 6,6 s/ga gacha;
har gektar maydonga 12 tonna organik o`g`itlarni berish hosildorlikni o`rtacha 2,1 s/ga gacha oshiradi.
Hisob-kitoblardan ko`rinib turibdiki, paxtachilik umuman qishloq xo`jaligi mahsulotlari hosildorligini oshirish, eng avvalo, fermer xo`jaliklariga infratuzilma subyektlarining samarali xizmat ko`rsatishi va ta`minot korxonalari tomonidan moddiy resurslarni o`z vaqtida yetkazib berilishiga bog`liq.
Davlatning g`alla mustaqilligi siyosati
G`alla yetishtirish – qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining asosini tashkil etadi. G`alla aholining non, makaron mahsulotlariga, non mahsulotlariga bo`lgan talablarini qondiribgina qolmasdan, shuningdek, sut, go`sht, tuxum va boshqa mahsulotlarning ishlab chiqarilishini ham belgilaydi. Chunki, u hayvonlar va parrandalarni ham muhim ozuqa bilan ta`minlaydi. G`alla oziq- ovqat, kimyo, yengil sanoatning qator tarmoqlari uchun xom-ashyo bo`lib xizmat qiladi. U davlat non mahsulotlari resurslarini yaratish va yangilashda ham zarur, bundan tashqari muhim eksport mahsuloti hamdir.
G`allani barqaror yetishtirish ilg`or texnologiyalarni joriy etmasdan, intensifikatsiyaning sifat jihatdan mehnat, moddiy va energiya resurslaridan, zamonaviy o`simliklarning biologik jihatdan hosildor navlarini asoslangan, hosildorlik salohiyatiga asoslangan sifat jihatdan yangi darajalariga o`tmay turib, erishib bo`lmaydi.
Non mahsulotlari tayyorlashda bug`doy (g`alla) tarkibidagi shira, uning sifati, miqdori o`ta muhim ahamiyatga ega. G`alla naturasi g`allaning 1 kg massasida aniqlanadigan tegirmon jihozlari partiyasining muhim sifat ko`rsatkichlari hisoblanadi. Bug`doy doni 720 grammdan yuqori naturada yuqori texnologik xossaga ega bo`ladi. Bu miqdordan past bo`lsa, don maydalanganda (tegirmonda) uncha yuqori sifatli bo`lmagan va kutilganidan kam un beradi. Donning shiraligi 50-60% bo`lishi kerak.G`alla ishlab chiqarish iqtisodiy ko`rsatkichlari samaradorligi quyidagicha: g`alla ekinlarining hosildorligi, mehnat unumdorligi, mahsulot birligi tannarxi va hokazo.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan g`alla mustaqilligiga erishish vazifasi qo`yildi va bu vazifa sharaf bilan uddalandi (3-rasm).
3-rasm. Don mustaqiligigacha xorijdan xarid qilingan don,
ming tonna
4-rasm. Dunyo bo`yicha 2013 yilda bug`doy yetishtiruvchi asosiy davlatlarda hosildorlik, t/ga
Qishloq xo`jaligida resurs tejovchi texnologiyalarning joriy etilishi va boshqa agroinnovatsion chora-tadbirlar hisobiga g`alla hosildorligi yildan-yilga ortib bormoqda (4-rasm).
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, Jahonda va O`zbekistonda g`alla mustaqilligiga erishilgandan keyingi yillarda g`alla ishlab chiqarish tez sur`atlar bilan rivojlandi (4-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |