Venesuela sanoati Mamlakat valyuta tushumlarining 90% dan koʻprogʻini neft sanoati taʼminlaydi. Neftni qayta ishlovchi 12 zavod yiliga salkam 80 mln. tonna neftni qayta ishlaydi. Shuningdek tabiiy gaz, yuqori sifatli temir rudasi, boksit, marganes, nikel, oltin, olmos, toshkoʻmir ham qazib olinadi. Yiliga 61 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi (yarmidan koʻpi GES larda). Kimyo va neft kimyosi sanoati, avtomobilsozlik, qora metallurgiya rivojlangan. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, charmpoyabzal, qogʻoz, sement sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Karakas, Marakaybo, Valensiya, Marakay, Puerto-Kabelo, La-Guayra.
Venesuela sanoatiga oid rasmlar
Do'stlaringiz bilan baham: |