Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechi.
Rasmdan ko‘rinadiki, pechning har ikkala yon tomonining tepasidan, aynan qiyalikka, xomashyo yuklanadi. Shuningdek, yuklatish xampa yonidan, asosan, texnologik kislorod yoki goh siqilgan havo (yoki aralashmasi) ham qiyalikni qizitish uchun purkaladi. O‘rtacha 200–240 m2 maydondagi pechlarga har ikkala tomondan o‘rtacha 16 tadan 32 tagacha yuklatish xampalari hamda ularga gaz va kislorod purkash uchun yondirgich qurilmalar o‘rnatilgan bo‘ladi.
Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechining minorali pechni, biroz bo‘lsa-da, texnologiyadan siqib chiqarishining asosiy sabablaridan biri mis rudalarini flotatsiya usuli bilan boyitishning har tomonlama taraqqiyotidir.
Minorali pechlarda, yallig‘ qaytaruvchi pechlardan farqli ravishda, mis boyitmalarini qayta ishlash imkoni yo‘q.
XX asrning 80–90-yillariga kelib, yallig‘ qaytaruvchi pechda umumiy mis eritish ko‘rsatkichi dunyo miqyosida 80% dan 50 – 60%ga tushib qoldi. Buning asosiy sabablaridan biri avtogen jarayonlarining keng ko‘lamda sanoatda ishlatilishidir.
Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati boshqa zavodlardan o‘zining ikki xil jarayon bilan ishlayotganligi, ikkita eritish agregatining mavjudligi bilan farq qiladi. Bular yallig‘ qaytaruvchi eritish va kislorodli-mash’alli eritish pechlaridir. Quyidagi jadvalda Olmaliq mis eritish zavodidagi eritish pechlarining ayrim taqqoslovchi ko‘rsatkichlari keltirilgan.
Olmaliq mis eritish zavodidagi eritish pechlarining ayrim taqqoslovchi ko‘rsatkichlari [15, 16, 17]
t/r
|
Ko‘rsatkichlar nomi
|
O‘lchov birligi
|
Yallig‘ qaytaruvchi pechda eritish
|
KME pechda eritish
|
Farqi
|
1.
|
Shixta bo‘yicha solishtirma unumdorlik
|
t/m2
|
5 – 6
|
10 –12
|
5 –7
|
2.
|
Shteyn tarkibidagi mis miqdori
|
%
|
22 – 28
|
40 – 50
|
2 barobar
|
3.
|
Misning shteynga o‘tish miqdori
|
%
|
97
|
97
|
–
|
4.
|
Oltingugurtning texnologik gazdan olinish miqdori
|
%
|
28
|
92
|
–
|
Quyidagi rasmda Olmaliq mis eritish zavodida ishlayotgan kislorodli- mash’alli eritish pechining yon tomondan ko‘rinishi tasvirlangan. O‘tga chidamli, olovbardosh g‘ishtlar bilan qadalgan, devorlari oralig‘ida suvli quvurlar, ya’ni kessonlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular pech devorlarining chidamliligini saqlaydi. O‘rtacha 0,5 % gacha quritilgan kukunsimon xomashyo texnologik kislorod yordamida pechga purkaladi.
Bu har ikkala eritish agregatiga tasnif hamda izoh berishdan oldin, MDH mamlakatlarida va boshqa mis ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda turgan davlatlarda eng zamonaviy, yuqori ko‘rsatkichlar bilan ishlayotgan va butun dunyoda o‘zining texnik-iqtisodiy afzalliklari bilan ajralib turadigan eritish dastgohlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |