Anod pechi yoniga o‘rnatilgan bo‘lib, suyuq eritmani aylanma “karusel” qolip orqali quyish agregati.
Pechning hajmi 200–250 t bo‘lsa, quyish mashinasining ishlab chiqish unumdorligi bir soatda 40 t tashkil qiladi va quyish davri 5–6 soatga cho‘ziladi.
Quyidagi rasmda qoliplarga quyib qattiq holda olingan anodli mis ko‘rsatilgan. Bo‘yi 1 m gacha, og‘irligi esa 350 kg gacha bo‘lgan ushbu mis qotishmasining tarkibida 99,8 % gacha mis bo‘ladi.
Anod pechidan olingan qattiq holdagi misli anod qotishmasining umumiy ko‘rinishi.
TEXNOLOGIK HISOBOTLAR
Xomakimisniolovlitozalashasosan mis tarkibidagi zarra moddalarni yo‘qotish va keyingi misni elektrolitik tozalash uchun ma’lum bir o‘lchamli anodlarga qo‘yiladi. Olovli tozalash jarayonida yo‘qotilishi lozim bo‘lgan asosiy zarra elementlarga temir, oltingugirt, va kislorod kiradi. Olovli tozalash jarayoniga xomaki mis suyuq va qattiq ko‘rinishlarda keladi. Xomaki mis ko‘rinishi suyuq bo‘lgan xollarda qo‘zg‘aluvchan anod pechlari qo‘llaniladi. Qattiq mislarni tozalash uchun esa qo‘zg‘almas anod pechlaridan foydalaniladi. Biz yuqorida takidlagan ikki xil anod pechlarida xam olovli tozalash davriy xisoblanadi.
Material balansni hisoblash
450 tonna og‘irlikli xomaki misni olovli tozalash jarayonining material balansini tuzish kerak bo‘ladi. Konvertirdan chiqayotgan xomaki mis suyuq xolatda anod pechiga qo‘yiladi. Xomaki misda misning miqdori 99,2% tashkil etadi. Amaliyotda aniqlangan ma’lumotlarga asosan qo‘yidagi ko‘rsatgichlarni qabul qilamiz. Bu jarayonga suyuq xomaki misdan tashqari, xomaki misning massasiga nisbatan 18% elektroliz sexida hosil bo‘lgan tarkibida 9.6 % mis mavjud skraplar qo‘shiladi. Shрular bilan birgalikda 0.8 % brak anodlarda eski qoliplarni anodli eritish pechiga yuklanadi. SHlakning chiqishi 1,5%. Gazlar bilan yo‘qoladigan mis miqdori 0,1% Сu. Olingan 3t metalldan qoliplar tayyorlanadi. Olovli tozalash jarayonida hosil bo‘ladigan shlak tarkibida 45% Сu bo‘ladi. anodalarda esa 99,6% Сu, 0,8 % ni tashkil etadi. YAroqli anod tarkibidagi misni miqdorini aniqlaymiz:
450∙0,996 +450∙0,08∙0,996 +3∙0,996 = 454,773 t.
Olovli eritishga keladigan massa 454.773 = X — 0,015X — 0,001
X =461,699 t.
Bunga asosan eritishga kelayotgan xomaki mis massasini X1 va anod skraplarining massasini qo‘yidagi tenglama orqali topamiz.
461,699 = 0,992 X1 + 0,18∙0,996 X1 + 0,996.
Bu erda xomaki mis massasi X1 = 393,3329 t, Anod skrapining massasi esa 393,3329 ∙ 0,18 = 70,799 t. Eritish natijasida chiqayotgan anod shlakining miqdori:
461,699∙0,015 : 0,45 = 15,389 t.
Xisoblashlardan olingan qiymatlarni pastdagi jadvalga kiritamiz.
Xomaki mislarni olovli tozalash jarayonining material balansi
Balans tuzish
|
Jami
|
Ulardagi mis
|
Balans tuzish
|
Jami
|
Ulardagi mis
|
YUklandi:
|
|
|
Olindi:
|
|
|
Xomaki mis
|
393,3329
|
390,186
|
Anod
|
450
|
446,4
|
anod skrapi
|
70,799
|
70,51
|
Yаroqsiz anod va skrap
|
1
|
0,996
|
yaroqsiz anod
va skrap
|
1
|
0,996
|
Qolip
|
3
|
2,987
|
SHlak
|
15,39
|
6,925
|
Gazlar bilan yo‘qolishi
|
—
|
0,2
|
Do'stlaringiz bilan baham: |